tgoop.com/abdullatifxon_anvarxonov/230
Last Update:
Soʻngi 1-2 kunda Rossiya (va qisman Belorussiya)dan Toshkent (va qisman Samarqand, Fargʻona, Buxoro)ga kelgan mutaxassislarni oʻrganib chiqdim.
IT sohasi haqida gapirmayman. Undan tashqari xalqaro kompaniyalarda tajriba orttirgan 10-15 yillik ish stajiga ega moliyachilar, iqtisodchilar, biznes tahlilchilar, shifokorlar, stomatologlar, biologlar, rejissiorlar, boshlovchilar, sanoat muhandislari, quruvchilar, arxitektorlar, reklama agentlari, konchilik muhandislaridan tortib, poyabzal ustalarigacha bor. Xullas, yuqori malakali, dahshat kadrlar kelyapti.
Shuningdek, aksari fan nomzodlari yoki fan doktorlari, ancha muncha ilmiy ishlarni qilgan mutaxassislar.
Nafaqat ruslar balki tatar, boshqird kabi qardoshlarimiz ham bor.
Kelayotganlarga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish, olib qolish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish kerak.
Bular sohalarga yangi havo olib kiradi. Bizni mahalliy kadrlar ham jahon tajribasidagi ishlarni oʻrganishadi. Oʻzi, Rossiya darajasiga yetib olsak ham ancha plyus boʻladi.
Oldimizga oltinlar kelganda olib qololmasak, "koʻr" boʻlamiz.
BY Abdullatifxon Anvarxonov
Share with your friend now:
tgoop.com/abdullatifxon_anvarxonov/230