tgoop.com/abbosbek_software_engineer/31
Last Update:
Har bir insonda shaxsiy fikr bo'lishi kerak deb hisoblayman. Va shu fikrni boshqalar ham hurmat qilishi kerak. Kimdir o'zi istamagan narsaga yo'q deyishi, va yoki ma'qul bo'lsa qabul qilishi kerak.
Shu yerida lekin degan joyi bor-da. Shaxsiy fikr ekan deb bo'lar-bo'lmas, uzog'i o'ylanmagan fikrlarga tayanib olmaslik kerak. Bu bilan nima demoqchiman, hozirgi ma'lumotlar almashinuvi o'z cho'qqisiga chiqqan paytda, ma'lumotlarni saralay olish, va foydalisini terish ham bir san'at bo'lib qoldi nazarimda. Biror kim chiqib 9 ta yaxshi fikr aytdiyu, ichida bitta yomonroq, balki inson omili, balki rejalashtirilgan, balki yana qandaydir maqsadni ko'zlab, g'ayrioddiy fikrni ham biriktirib ketdi deylik. Shu joyida biroz o'ylash kerak deb hisoblayman. SIzga manfaati yetadiganini olib qolganini shunchaki e'tiborsiz qoldiring.
E'tibor shunday narsa - u nimaga yoki kimga qaratilsa o'sadi. Shunday ekan keraklisiga e'tibor qarating. Imkon qadar befoyda narsalardan uzoqroq bo'ling.
#fikrlar
@abbosbek_software_engineer
BY Abbosbek Bahodirovich | Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/abbosbek_software_engineer/31