Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XTV

Tadbirkorlik – iqtisodiyot tayanchi

Xonqa tumanidagi "Mebel sanoat zonasi"da 30 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari uy, ofis, mehmonxona, restoran, savdo va ijtimoiy muassasalar uchun mebellar ishlab chiqaradi. Ushbu mebel mahsulotlari nafaqat ichki bozorimizga, balki xorijga ham chiqarishni rejalashtirishmoqda.

Batafsil: Youtube orqali ko'rish

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#bilasizmi
#yer_soligi

🔳 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasi hisoblanadi.

▪️ Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning yoki shaharning sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi.

▪️Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

▪️Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#yer_soligi

📌Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

1️⃣ jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;

2️⃣ yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;

3️⃣ jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;

4️⃣ xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5️⃣ meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;

6️⃣ qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;

7️⃣ tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

🇺🇿Farovon hayot, kuchli davlat va zamonaviy jamiyat – bu har birimiz xohlaydigan istak va talablar.

“Bunday hayotni kim quradi?” degan savol tug‘iladi.
Javob esa juda oddiy: biz o‘zimiz!

Biz kutgan barcha yaxshiliklar o‘zimizdan boshlanadi.

Vijdonan to‘langan soliq — bu faqat majburiyat emas, balki kelajakka qo‘yilgan investitsiya:

🏗 qulay va zamonaviy infratuzilma;
📚 sifatli taʼlim;
🩺 yaxshi tibbiy xizma va kuchli ijtimoiy himoya;
🌈 xavfsiz va tinch hayot.

Shuning uchun ham farovon kelajak — boshqalardan emas, avvalo o‘zimizdan boshlanadi.

Hammasi o‘zimizdan boshlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda
idoralararo hamkorlikning yangi bosqichi

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha komissiyaning
6-oktyabrdagi majlisida berilgan topshiriqqa asosan Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Soliq qoʻmitasi va Departament rahbariyati, ularning hududiy organlari boshliqlari, shuningdek, Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha komissiya aʼzolari boʻlgan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda asosiy eʼtibor yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, jumladan xufiyona aylanma ulushi yuqori qurilish, xizmat koʻrsatish, savdo, turizm, transport, dam olish maskanlari, tibbiy xizmatlar, ish oʻrinlari va ish haqi jamgʻarmasini yashirish bilan bogʻliq mavjud muammolar tahlili hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarni belgilashga qaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vaqtida qabul qilgan qarorlari hamda sohaga keng tatbiq etilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, EHF, ONKM, raqamli markirovka, MXIK, elektron yuk xati, keng jamoatchilikni jalb qilish orqali ragʻbatlantirish institutlarining (keshbek) joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini sohalarga qarab 10-20 foizgacha “soya”dan chiqarishga xizmat qilganligi eʼtirof etildi.

Mazkur yoʻnalishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlardagi korxonalarning tovar aylanmasi 42 foizga oshib, 737 trln.soʻmga yetgan, 26,8 mingta korxona tovar aylanmasi 2 baravarga oʻsib, 189 trln.soʻmni tashkil etgan. Oʻtgan yili tovar aylanmasi boʻlmagan 24,3 mingta korxona bu yil 93,4 trln.soʻm aylanmani amalga oshirganligi qayd etildi.

Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida joriy yilning 9 oyida davlat byudjetiga 158,7 trln soʻmlik soliq tushumlari taʼminlandi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga yoki 23,8 trln soʻmga koʻpdir. Shu bilan birga hududlar soliq tushumlari 9 oyda 27 foizga, III chorakda 30 foizga oʻsgan. Eng yuqori oʻsish surʼatlari Navoiy (86%), Fargʻona (39%), Sirdaryo (32%) vilotyalari hamda Toshkent shahrida (33%) qayd etildi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar, korxonabay va mahallabay ishlash institutlari samaradorligi hamda soliq bazasini kengaytirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, prokuratura organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan III chorakda hududlarda foyda soligʻi tushumi – 54 foizga va QQS - 28 foizga oʻsganligi bildirildi.

Yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori baholanib kelingan umumiy ovqatlanish sohasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xaridini elektron amalga oshirish va QQSni keshbek sifatida qaytarish instituti joriy etilishi QQS tushumini 44 foizga oshirishda muhim omil boʻldi.

Yigʻilishda shuningdek, yashirin ish oʻrinlari va ish haqi jamgʻarmasini legallashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Xususan, hududlardagi 14,5 mingta korxonada ishchilari soni 2 va undan ortiq koʻpayib, 255 mingtani tashkil etgan, oʻtgan yili umuman ishchi koʻrsatmagan 17,8 mingta korxona 96,1 mingta ishchisini hisobotida aks ettirgan. Bundan tashqari 24,1 mingta korxonada ish haqi fondi 2 va undan ortiq marotabaga koʻpayib, 8,6 trln.soʻmni tashkil etgan, oʻtgan yili umuman ishchi haqi hisoblamagan 17,1 mingta korxonada 1,9 trln.soʻm ish haqi hisoblanishi taʼminlangan.

Muhokama natijalari bilan yashirin iqtisodiyotni soyadan chiqarishda tovar va xizmatlar hisobini yuritish, elektron savdoni kengayishida ichki ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan nazorat mexanizmlarini takomilashtirish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda ragʻbatlantirish institutlarini yanada takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasida sinovdan oʻtkazilgan yangi instrumentlarni amaliyotga kiritish, ayrim sohalarda standart va me’yorlarni qayta koʻrib chiqish zarurati boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#lozim_darajada_ehtiyotkorlik

O'z biznesingizni nomaqbul hamkorlardan asrang!

Soliq to‘lovchilar o'z kontragentlarini tanlashda lozim darajada ehtiyotkor bo'lishlari zarur.

Biznes hamkorlarning ishonchliligini norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 7 522 ta subyektlar roʻyxati keltirilgan Soliq qoʻmitasi sayti orqali tekshirish mumkin. Ushbu ro'yxati muntazam ravishda yangilanib boriladi.

Joriy yilning o‘zida faoliyatida shubhali holatlar kuzatilgan va naqdlashtirish faoliyati bilan shug‘ullangan 902 ta subyekt aniqlangan.

Faqatgina ishonchli tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik o'rnatish, norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritgan subyektlar bilan moliyaviy aloqada bo‘lmaslik — bu tadbirkorlik subyektining ishbilarmonlik obro‘yi asosidir.

Kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda:

✔️Moliyaviy hisobotlarni so‘rash va tekshirish. Hisobotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish holatlari shubha uyg‘otishi lozim — ishonchli tadbirkorlik subyektlari o‘zining moliyaviy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yashirmaydi;

✔️Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sahifasida reestrida mavjudligini tekshirish;

✔️Subyektning ko‘rsatilgan manzilda hamda ofis va omborlarning mavjudligiga ishonch hosil qilish;

✔️Onlayn tahlil o'tkazish: kontragentning ijtimoiy tarmoqda mavjudligi, ular to‘g‘risidagi mulohazalar va reytingi hamda faoliyati haqidagi boshqa mavjud ma’lumotlarni olish.

Agar kontragentda norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritganlik holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari ayrim operatsiyalarni eʼtiborga olmaslikka hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini oʻzgartirishga haqli.

Bunday subyektlar bilan hamkorlik qilish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida qaralishi mumkin.

Ishonchli hamkorlarni tanlash soliq tekshiruvlarining oldini olish va biznesning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
__________
#должная_осмотрительность

Берегите свой бизнес от недобросовестных контрагентов!

Налогоплательщики обязаны проявлять должную осмотрительность при выборе контрагентов.

Проверить надежность деловых партнеров можно через сайт Налогового комитета, где размещен перечень 7 522 субъектов, ведущих неофициальную экономическую деятельность и совершающих сомнительные операции. Этот перечень регулярно обновляется.

Только в текущем году выявлено 902 субъекта, которые осуществляли подозрительные операции, которые не соответствуют их действительному экономическому содержанию.

Сотрудничество только с надёжными партнёрами и отказ от финансовых отношений с предприятиями, действующими не в рамках закона — это основа деловой репутации бизнеса.

При проверке контрагентов рекомендуется:

✔️запрашивать и проверять финансовую отчётность. Отсутствие отчётов или предоставление недостоверных данных должно вызывать настороженность — добросовестные субъекты предпринимательства не скрывают информацию о своей деятельности;

✔️проверять наличие или отсутствие субъекта в реестре на сайте Налогового комитета;

✔️убедиться в фактическом наличии субъекта по заявленному адресу, наличии офиса и складских помещений;

✔️проводить онлайн-анализ: изучать присутствие контрагента в социальных сетях, отзывы, рейтинг и другую доступную информацию о его деятельности.

Если у контрагента выявлена неформальная экономическая деятельность, налоговые органы вправе не принимать во внимание отдельные операции и корректировать сумму подлежащих уплате налогов.

Сотрудничество с такими субъектами может рассматриваться как уклонение от уплаты налогов.

Выбор надёжных партнёров помогает предотвратить налоговые проверки и обеспечить стабильное развитие бизнеса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_yer_soligʻi

Xushovoz xonanda "Nihol" mukofoti sovrindori
Murodbek Qilichev: mol-mulk va yer soliqlarimni
Soliq mobil ilovasi orqali to'ladim.

Aziz vatandoshlar, sizga ham mol-mulk va yer soliqlaringizni mobil ilova orqali to'lashni tavsiya qilaman!

#shunday_bolishi_mumkinmi?

1 kilogramm go‘sht va bodring 10 million so‘mdan – xatolikmi yoki soxta bitim?

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2023-yil mart oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida tashkil etilgan “Graf” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 10 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur korxona uzoq vaqt faoliyat yuritmagan bo‘lsa-da, 2025-yil oktabr oyining 6–10-sanalari oralig‘ida ishchi kuchiga ega bo‘lmasdan, egaligida yoki ijarada hech qanday mulk va transport vositalari bo‘lmagan holda 38,5 mlrd so‘m (shundan QQS – 4,1 mlrd so‘m) miqdorida turli tovarlar hamda transport va logistika xizmatlari bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Rasmiylashtirilgan EHFlarda 1 kg go‘sht, 1 kg bodring, 1 dona izolenta yoki 1 dona podshipnikning har biri 10 mln so‘mdan realizatsiya qilinganligi ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
_____________
#разве_такое_возможно?

Мясо и огурцы по цене 10 млн сумов за килограмм: ошибка или фиктивная сделка?

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в марте 2023 года было создано ООО «Graf» (название изменено) с уставным фондом в размере 10 млн сумов, зарегистрированное с целью осуществления оптовой торговли.

Несмотря на то, что предприятие длительное время не осуществляло деятельность, в период с 6 по 10 октября 2025 года оно, не имея рабочей силы, имущества или транспортных средств ни в собственности, ни в аренде, оформило электронные счета-фактуры (ЭСФ) на 38,5 млрд сумов, из которых 4,1 млрд сумов НДС, по различным товарам, а также транспортным и логистическим услугам.

При этом в оформленных ЭСФ указаны завышенные цены — например, 1 кг мяса, 1 кг огурцов, 1 рулон изоленты или 1 подшипник были реализованы по цене 10 млн сумов за единицу.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Sanoat korxonalariga qoʻshimcha soliq imtiyozlari belgilanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
👉PQ-295-son, 4.10.2025-yil.

Unga asosan, 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

🔹mazkur qarorda nazarda tutilgan sanoat korxonalarining ishchilarini tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlari har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanishi belgilanmoqda.
Bunda ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi kerak.

🔹o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanilishi belgilanmoqda.

❗️Mazkur o‘zgarishlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/10/17 21:39:13
Back to Top
HTML Embed Code: