Telegram Web
#korrupsiyani_birga_yengamiz

📍 Yangiariq tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiya va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, barcha xodimlar ichki mehnat tartibi hamda odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya etishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.


📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlarga elektron to‘lov tizimlaridagi yangiliklar tushuntirilmoqda

Xorazm viloyati soliq boshqarmasida aholiga gaz va neft mahsulotlarini sotuvchi yuridik shaxslar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi “Elektron toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalaninishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 117-sonli qarori haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2025-yil 1-iyuldan boshlab aholiga xizmat koʻrsatuvchi, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda elektron toʻlov tizimlariga ulanishi hamda toʻlovlarni ular orqali amalga oshirishi belgilangan. Fiskal belgili elektron chek xaridorga mablagʻlarni oluvchi koʻrsatilgan holda xaridorning mobil ilovasiga, abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga yoxud xaridorning shaxsiy kabinetiga yuborishi kerakligi ta'kidlandi.

Batafsil

Telegram
| Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 9-oktabr

oktabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 460-moddasi 6-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 октября 2025 года - последний день

за октябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
👉ч.6 ст.460 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmat uchun P2P orqali to‘lash noqonuniy hisoblanadi

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari
(bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart!

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#soliq_siyosati_2025 #yigim

2025-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#налоговая_политика_2025 #cбор

Предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Ustav jamg‘armasi atigi 100 ming so‘mni tashkil etgan korxona milliardlab so‘mlik EHFlar rasmiylashtirgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2025-yil iyun oyida chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Mega” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 100 ming so‘mni tashkil etib, 2025-yil sentabr-oktabr oylarida ishchilarga ega bo‘lmay, egaligida yoki ijarada mulki, transport vositalari bo‘lmasdan 14,3 mlrd so‘m (QQS — 1,5 mlrd so‘m) miqdorida har xil turdagi tovarlar bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Bunda, rasmiylashtirilgan EHFlarda 1 000 tonna ko‘mir realizatsiya qilingani qayd etilgan bo‘lishiga qaramay, elektron tovar-transport yuk xatlari rasmiylashtirilmagan. Bu esa tovarlarning haqiqiy aylanma harakati yuzasidan shubha uyg'otadi.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
_________
#разве_такое_возможно?

Предприятие с уставным фондом всего в 100 тысяч сумов оформило ЭСФ на миллиарды

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в июне 2025 года для осуществления розничной торговли было создано ООО «Мега» (название изменено) с уставным фондом в размере 100 тысяч сумов.

Однако в сентябре–октябре 2025 года предприятие, не имея работников, а также имущества или транспортных средств ни в собственности, ни в аренде, оформило электронные счета-фактуры (ЭСФ) по различным видам товаров на общую сумму 14,3 млрд сумов, в том числе 1,5 млрд сумов НДС.

При этом, несмотря на то, что в оформленных ЭСФ отражена реализация 1 000 тонн угля, электронные товаро-транспортные накладные оформлены не были, что ставит под сомнение фактическое движение товаров.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Har bir to‘langan soliq – bu barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-oktabr

sentabr oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi

oktabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 октября 2025 года - последний день

за сентябрь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
👉ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса

за октябрь:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога;
👉ч.6 ст.417 Налогового кодекса

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере
1/12 части годовой суммы налога.
👉ч.1 ст.432 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#kun_raqami

Yuzinchi marketpleys soliq organlari bilan integratsiya qilindi

🗓 Bugun, 10-oktabr kuni Soliq organlari axborot tizimi bilan to‘liq integratsiyalashgan 100-internet do‘kon marketpleyslar davlat reyestriga kiritildi.

Marketpleysni reyestrga kiritish uchun Soliq qo‘mitasiga ariza yuborish zarur.

Mazkur marketpleyslar maʼlumotlar bazasining soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiyalashuvi natijasida 2025-yil boshidan bugungi kunga qadar isteʼmolchilarga umumiy qiymati 18,8 trillion soʻmlik 140 million dona elektron chek taqdim etilgan.
_____________
#цифра_дня

Сотый маркетплейс интегрирован с налоговыми органами

🗓 Сегодня, 10 октября, осуществлена полная интеграция с информационной системой налоговых органов и включен в Государственный реестр маркетплейсов 100-ый интернет-магазин.

Для включения маркетплейса в реестр нужно подать заявление в Налоговый комитет.

Благодаря интеграции базы данных этих маркетплейсов с информационной системой налоговых органов с начала 2025 года и по сегодняшний день потребителям выдано 140 миллионов электронных чеков на общую сумму 18,8 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Issiqxona xoʻjaliklariga qoʻshimcha soliq imtiyozlari belgilanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-181-son, 8.10.2025-yil.

Unga asosan, issiqxona xoʻjaliklari faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanmoqda.
Bunda issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60%ini tashkil etishi shart hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining 2025-yil 1-oktabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan toʻlov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytirilmoqda hamda ushbu soliq qarzi 2029-yilning har choragida teng ulushlarda toʻlanishi belgilanmoqda. Bunda soliq qarzini undirish boʻyicha:
▫️issiqxona xoʻjaliklariga qoʻllangan maʼmuriy va moliyaviy jarimalar hamda barcha hisoblangan penyalar toʻliq hisobdan chiqariladi;
▫️issiqxona xoʻjaliklari bank hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinadi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning issiqxona xoʻjaliklari boʻyicha egaligida boʻlgan yerlar uchun yer soligʻi yer fondi toifasidan qat'iy nazar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalari qoʻllaniladi. Bunda qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarida hisoblangan yer soligʻi summasi 2025-yil yanvardan qayta hisob-kitob qilinadi.

Maʻlumot uchun, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
👉Soliq kodeksi
429-moddasi 4-qism

Kredit majburiyatlari bajarilmagani sababli tijorat banklari balansiga oʻtgan issiqxonalar va garov taʼminotida boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.

Shuningdek, mazkur mulklar tijorat banklari balansiga qabul qilingan vaqtdan yangi tashabbuskorga sotilgunga qadar boʻlgan davr mobaynida yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/11/19 04:46:35
Back to Top
HTML Embed Code: