Telegram Web
#korrupsiyani_birga_yengamiz

📍 Gurlan tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiya va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, barcha xodimlar ichki mehnat tartibi hamda odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya etishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.

📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#bilasizmi

Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.

Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).

Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

Soliq kodeksining 440-moddasi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_solig‘i

☝️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Soliq mobil ilovasi📱yordamida xohlagan manzil va istalgan paytda o'z fuqarolik burchingizni bajaring!

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.

🔳 Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 💸 qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

◽️Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — qirq ikki million so‘mning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

◽️Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Soliq kodeksining 420-moddasi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 8-oktabr

sentabr oyi uchun:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi
👉20.11.2024-yildagi 3577 raqamli nizomning 6-bandi

_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️8 октября 2025 года - последний день

за сентябрь:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме.
👉ч.2 ст.390 Налогового кодекса
👉п.6 Положения, рег. №3577 от 20.11.2024 г.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari berilmoqda


▫️2025-yil 1-noyabrdan raqamli platformalar orqali masofaviy biometriya vositasi yordamida identifikatsiya qilish va mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuborish yoʻli bilan YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkoniyati yaratiladi;

▫️YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun raqamli platformalarda elektron hamyon ochish imkoniyati yaratiladi. Mazkur elektron hamyon tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va daromadlarni qabul qilish, xodimlar, kontragentlar va davlat organlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun moʻljallangan bankda ochilgan hisobvaraqqa tenglashtiriladi.

👉 Batafsil:

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yaroqlilik muddati o‘tgan raqamli markirovkalangan tovarlar savdosi cheklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
👉PQ-296-son, 06.10.2025 y.

Mazkur hujjatga asosan, 2026-yil 1-martdan boshlab mamlakatimizda raqamli markirovkaga ega bo‘lgan tovarlar realizatsiyasi bo'yicha yangi tartib joriy etiladi. Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng bunday tovarlar savdosi raqamli markirovkalash tizimi orqali avtomatik ravishda cheklanadi. Agar yaroqlilik muddati tugagan bo'lsa, onlayn-NKT ushbu mahsulot uchun chekni chop etishga ruxsat bermaydi.
___________
#новое_в_законодательстве

Торговля просроченными товарами с цифровой маркировкой будет ограничена

Принято Постановление Президента "О мерах по организации эффективной защиты прав потребителей".
👉№ПП-296 от 06.10.2025 г.

Согласно документу, с 1 марта 2026 года в стране вводится новый порядок реализации товаров, на которые нанесена цифровая маркировка. После истечения срока годности продажа таких товаров будет автоматически заблокирована системой цифровой маркировки. Если срок годности истёк, онлайн-ККТ не позволит распечатать чек на данный товар.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch
#15_oktabr

Soliq to'lash - har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!


Soliq mobil ilovasida soliqlarni uydan chiqmasdan to‘lang!

Agar siz o‘z mulkingiz uchun to‘lamoqchi bo‘lsangiz:
Face ID-dan o‘ting;
💳soliqlarni toʻliq yoki qisman toʻlang.

Agar ota-onangiz uchun to‘lamoqchi bo‘lsangiz:
🏠soliq turini tanlang;
💳ko‘rsatilgan summani to‘liq to‘lashingiz mumkin.

Hech qanday navbatsiz, ovoragarchiliksiz to'lovni amalga oshiring!

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#raqamlashtirish

Ixtiyoriy soliq to‘lash madaniyati yuksalmoqda

O‘zbekistonda o'z soliq majburiyatlarini vijdonan bajarayotgan soliq to‘lovchilar soni ortib bormoqda.

Joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha ixtiyoriy soliq to‘lash darajasining o‘rtacha ko'rsatkichi 96 foizni tashkil etgan (I chorakda - 94%, II chorakda - 95%).

Soliq madaniyatining yuksalishi ko‘p jihatdan zamonaviy raqamli yechimlarning amaliyotga tatbiq etilishi, soliq hisobotlarini avtomatlashtirish, soliq to‘lovchilar uchun qulay xizmatlar yaratilishi bilan bog‘liq.

Bugungi kunda soliq intizomi — tadbirkorlikning mas’uliyat va shaffoflik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Barcha hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan yuridik shaxslar barqarorlik reytingida tegishli me'zon bo'yicha maksimal — 10 ballni qo'lga kiritadi.

“Soliq” mobil ilovasi ham ixtiyoriy to‘lovlar hajmining oshishiga xizmat qilmoqda. Ushbu ilova jismoniy shaxslarga soliqlar miqdorini tezda aniqlash va onlayn tarzda to‘lash, penyalar hisoblanishining oldini olish imkonini beradi.

Agarda soliqlar o‘z vaqtida to‘lansa, davlatning ijtimoiy va infratuzilma dasturlarini amalga oshirish uchun zarur manba yaratiladi, fuqarolar esa ular to‘layotgan soliqlar jamiyat manfaati yo‘lida sarflanayotganiga ishonch hosil qiladi.
__________
#цифровизация

Культура добровольной уплаты налогов растет

Всё больше налогоплательщиков в Узбекистане осознанно исполняют свои налоговые обязательства.

По итогам трех кварталов текущего года средний показатель добровольной уплаты налогов составил 96%I квартале - 94%, во II квартале - 95%).

Рост налоговой культуры во многом обеспечивается внедрением современных цифровых решений, автоматизацией налоговой отчётности и созданием удобных сервисов для налогоплательщиков.

Сегодня налоговая дисциплина — это показатель ответственности и прозрачности бизнеса. Юридические лица, которые уплачивают все начисленные налоги в установленные сроки, получают максимальные 10 баллов по соответствующему критерию в рейтинге устойчивости.

Способствует росту добровольных платежей и мобильное приложение Soliq. Через него физические лица могут оперативно узнавать сумму налогов и уплачивать их онлайн, избежав пени.

Когда налоги уплачиваются вовремя, государство получает необходимые ресурсы для реализации социальных и инфраструктурных программ, а граждане - уверенность в том, что уплаченные ими налоги направляются на благо общества.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/21 23:37:29
Back to Top
HTML Embed Code: