Telegram Web
Kuz-qish mavsumga tayyorgarlik o‘rganildi

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari U.Sadullayev Xonqa tumani soliq inspeksiyasida boʻlib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va energiya samaradorligiga erishishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Sovuq kunlar boshlanmasidan elektr va tabiiy gaz qurilmalarini taʼmirlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yongʻin xavfsizligi qoidalariga eʼtiborli boʻlish kerakligi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar bo'yicha QQS 1 kunda qaytariladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi qarori bilan "Kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha QQS summasini qaytarish tartibi to‘g‘risida" vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Unga asosan:

2025-yil 1-oktabrdan tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida;

2026-yil 1-yanvardan respublikaning qolgan hududlarida

Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (xizmatlar)ni tegishli miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish belgilandi.

Bunda ushbu xarid bo'yicha QR-kodli chekni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida skanerlash talab etilmaydi.


Ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining* 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.

*1 BHM = 412 000 so‘m

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 20-oktabr 2025-yil III chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Barcha soliq to‘lovchilar III chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

🖇Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:

▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda

Quyidagi hollarda:

▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi

☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi.

👉Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

💼 Tadbirkorlik – bu faqat daromad emas, balki mas’uliyat hamdir.

Tadbirkor to‘lagan har bir soliq nafaqat davlat taraqqiyoti uchun, balki uning o‘z kelajagi, farovon hayoti va yangi imkoniyatlari uchun ham xizmat qiladi.

Vaqtida to‘langan soliq – halollik va ishonchning belgisi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#keshbek

Isteʼmolchilarga 8 oyda 906 mlrd soʻmdan ortiq keshbek qaytarildi


Isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha ragʻbat sifatida joriy qilingan keshbek tizimi nafaqat aholining chek talab qilish madaniyatini oshirish bilan bir qatorda xufiyona iqtisodiyotning oldini olishda muhim instrumentlardan biri boʻlmoqda.

Joriy yilning yanvar - avgust oylarida jami 976,1 mingta xarid cheki boʻyicha aholiga 906,6 mlrd soʻm miqdorida keshbek qaytarib berildi.

Birgina avgust oyida (26-sentabr holatiga) isteʼmolchilarga 121,8 mln chek uchun 99,8 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan.

❗️Amaldagi qonunchilik talablariga koʻra quyidagi holtlarda keshbek hisoblanmasligi belgilangan:

🔹 Tadbirkor tomonidan soliq organlariga soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi yoki 1 mln soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi mavjudligi;
🔹onlayn-NKM chekini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxsning shubhali xaridorlar reyestriga kiritilganligi;
🔹tadbirkor tomonidan hisobotlarda chek maʼlumotlarini toʻliq aks ettirmaslik va notoʻgʻri axborotlar kiritilganligi;
🔹roʻyxatga olingan chek toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning soliq organlarining axborot tizimlariga yuborilmaganligi.

👉VMQ-255, 1-ilova 20-bandi

Mazkur talablarga koʻra avgust oyida 35 mln ta xarid chekiga 38 mlrd soʻmdan ortiq keshbek hisoblanishi rad etilgan.

Keshbek qachon toʻlab beriladi?

Isteʼmolchilarga xarid summasidan 1% keshbek Onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan soʻng toʻlab berilishi belgilangan.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi boʻyicha kunlik oʻzgarishlar real vaqt rejimida inobatga olinib, hisoblangan keshbek summasi tasdiqlanib boradi.

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq mobil ilovasida oson bilib olish mumkin.

Bir oyda qancha keshbek olish mumkin?

Oylik xarid summasidan keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatilgan. Unga koʻra:

1% keshbek - isteʼmolchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 soʻm) oshmagan xaridlari uchun 247 200 soʻm olishi mumkin.

12 % keshbek - “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan isteʼmolchilar bir oyda BHMning 10 baravaridan (4 120 000 soʻm) oshmagan xaridlari uchun 441 428 soʻm olishi mumkin.

👉 PQ-13-son,10.01.2024-y

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 6-oktabr

sentabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi
_______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 октября 2025 года последний день

за сентябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов).
👉ч.2 ст.355 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#xarid_qilish_dalolatnomasi #bu_qiziq

Jismoniy shaxslar elektron xarid dalolatnomalari orqali 4,8 trln so'mlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotdi

1-oktabr holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslar umumiy ovqatlanish korxonalariga 162,5 mlrd so‘mlik, eksportyorlarga esa 4,7 trln so‘mdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotdi.

Yuridik shaxslar xarid jarayonida xarid dalolatnomalarini elektron shaklda rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnomalar tahliliga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalari orasida eng talabgir mahsulotlar mol go‘shti, qo‘y go‘shti, guruch va pomidor bo‘lgan. Eksportda esa asosan shaftoli, uzum, gilos va qurutilgan mevalar talab yuqori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, elektron xarid qilish dalolatnomasini:
💻soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti my3.soliq.uz;
📱Soliq mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin.

👉 Batafsil
_________
#акт_закупки #это_интересно

Физлица реализовали сельхозпродукцию на 4,8 трлн сумов через электронные акты закупки

По состоянию на 1 октября физические лица реализовали предприятиям общепита сельхозпродукцию на сумму 162,5 млрд сумов и экспортерам более 4,7 трлн сумов.

При закупе юрлица оформляют акты закупки в электронной форме. Как показал анализ актов закупки, наиболее востребованной продукцией у предприятий общепита являются говядина, баранина, рис и помидоры. В целях экспорта – это персики, виноград, черешня, сухофрукты.

Напоминаем, оформить электронные акты закупки можно:
💻 в кабинете налогоплательщика my3.soliq.uz;
📱 в мобильном приложении Soliq.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchrashuv #Uza_uz

Xorazmda issiqxonalar faoliyati rivojlanadi

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Sa’dullayev Xorazmda issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


Batafsil: Uza.uz
Youtube orqali ko'rish

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#QQS

QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati tasdiqlandi

2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) sotishda QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi.
👉PF-153-son, 4.09.2025-yil

Prezident farmoniga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi QQSning nol stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxatini tasdiqladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarning takliflariga asosan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
_________
#НДС

Утвержден перечень сельхозпродукции для применения нулевой ставки НДС

С 1 января 2026 года для реализации сельхозпродукции (за исключением хлопка и зерна), выращенной сельскохозяйственными товаропроизводителями, будет применяться нулевая ставка НДС.
👉№УП-153 от 4.09.2025

В соответствии с Указом Президента Министерством сельского хозяйства и Налоговым комитетом утвержден перечень сельхозпродукции, к которой будет применяться нулевая ставка НДС.

Министерством сельского хозяйства по согласованию с Налоговым комитетом в перечень могут вноситься изменения и дополнения на основании предложений Жокарги Кенгеса Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей и субъектов, выращивающих сельхозпродукцию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Qovun 1,5 so‘m, tarvuz esa bir so‘mdan ham arzon – korxona soliqlarni to‘lamasdan milliardlab so‘mlik EHF rasmiylashtirgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom etmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2025-yil avgust oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida tashkil etilgan “Savdo” MChJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 10 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur korxona 2025-yil avgust–sentabr oylarida ishchi kuchisiz, shuningdek, egaligida yoki ijarasida mol-mulk va transport vositlariga ega bo‘lmagan holda, turli xil tovarlar bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 mlrd so‘m (shu jumladan 123,5 mln so‘m QQS) bo‘lgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan.

Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning bahosi ularning bozor qiymatiga mos kelmagan. Masalan, mazkur EHFlarda 127 ming dona qovun har biri 1,5 so‘mdan 16,4 so‘mgacha, 124 ming dona tarvuz esa 0,9 so‘mdan 27 so‘mgacha narxlarda sotilganligi aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
___________
#разве_такое_возможно?

Арбузы по цене меньше сума, а дыни за 1,5 сума - предприятие оформило ЭСФ на миллиарды сумов без уплаты налогов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в августе 2025 года было создано ООО «Savdo» (название изменено) для осуществления оптовой торговой деятельности с уставным фондом в размере 10 млн сумов.

В августе–сентябре 2025 года предприятие, не имея работников, имущества или транспортных средств в собственности либо аренде, оформило электронные счета-фактуры на различные виды товаров на общую сумму 1,2 млрд сумов, в том числе 123,5 млн сумов НДС. При этом стоимость реализуемых товаров не соответствовала их рыночной цене. К примеру, в этих ЭСФ указано, что реализовано 127 тысяч дынь по цене от 1,5 до 16,4 сумов и 124 тысячи арбузов по цене от 0,9 до 27 сумов за штуку.

За всё время деятельности в бюджет совсем не уплачивались налоги и образовалась задолженность.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-180-son, 04.10.2025-yil

Unga asosan, 2026-yil 1-yanvardan quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan holda chet el fuqarolarining daromadari uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi:

🔹50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘laydi;

🔹O‘zbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochadi.

Maxsus soliq rejimi maqomini olgan chet el fuqarolari soliq davri boshlanadigan va tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida 30 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida turar joy ko‘chmas mulk obyektiga ega bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi rezidenti deb e’tirof etiladi.

Mazkur chet el fuqarolari har bir yaqin qarindoshlari uchun 10 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘laganda yaqin qarindoshlariga nisbatan ham bu tartib amal qiladi.

Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi komissiyasining qaroriga asosan taqdim etiladi. Buning uchun chet el fuqarosi maxsus soliq rejimini olish uchun Komissiyaga Soliq qo‘mitasi orqali murojaat qiladi.

Chet el fuqarolarining murojaatlari Komissiya tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi va natijalari bo‘yicha maxsus soliq rejimini taqdim etish yoki uni taqdim etishni rad qilish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Komissiyaning maxsus soliq rejimini taqdim etish bo‘yicha qarorini olgan chet el fuqarolari maxsus vakolatli tijorat bankiga bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjaga kripto-hamyon ochish bo'yicha murojaat qiladi va maxsus yig‘imni to‘laydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/22 20:18:16
Back to Top
HTML Embed Code: