#mulohaza
Kecha yurtimizdagi barcha maktablarda “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari bo’lib o’tdi.
Ushbu kun barcha maktab bitiruvchilari uchun orziqib kutiladigan, ayniqsa bitiruvchilarning butun umr yodida qoladigan, katta hayajon bilan qarshilanadigan hodisadir. Kishi hayotida ta’lim-tarbiya eng muhim bosqich hisoblanadi va ilk katta ta’limni aynan maktab beradi.
Xuddi Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-ma’oniy” devonining “G’aroyib us-sig’ar” – yoshlik g’aroyibotlaridan “Navodir ush-shabob” – yigitlik (yoshlik) nodirliklariga qadam qo’yishga o’xshaydi.
Men ham kecha 3 ta maktabga tashrif buyurdim. Birinchisi o’g’lim 9-sinfni bitirayotgan maktab, ikkinchisi o’zim boshqargan va ta’lim bergan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, uchinchisi o’zim o’qigan maktab. O’zimning ham maktabni bitirganimga 25 yil to’libdi.
Borgan maktablarimda shuni kuzatdimki, shu 25 yillik davr ichida ta’lim tizimimiz katta islohotlarni ko’rdi. Maktab binolari, sharoitlari o’zgardi. Ammo fikrimcha, o’quvchilarning salohiyati baribir eng avvalo o’qituvchining bilimi va beradigan tarbiyasiga bog’liq bo’lib qolaveradi. O’smirlik davrida bola uchun maktab muhiti, ustozning qo’llashi, ilhomlantirishi, tengdoshlarining ta’siri eng katta rol o’ynaydigan jihatlar bo’ladi.
Quyida Gazeta.uzda bir qator jamoatchilik faollarining bitiruvchilarga tilaklari jamlangan, fikrimning davomini shu yerda o’qishingiz mumkin:
https://www.gazeta.uz/uz/2025/05/25/commencement-2025/
Rasmlarda esa kechagi kun kayfiyati!
Gul bozoridagi gullarga navbat va koʻpchilik tomonidan xarid qilinishi kishini quvontirdi.

🔥16❤7❤🔥6 5🕊1
#tabrik
Assalomu alaykum!
Butun musulmon ahliga Qurbon Hayiti ayyomi muborak bo’lsin!
Xalqimiz bugunni o’zgacha kayfiyatda kutib olmoqda, chunki kecha milliy terma jamoamiz shunday ulug’ ayyom arafasida tarixiy natijani qayd etishdi. O’zbek xalqining eng esda qolarli Hayitlaridan bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Shunday ulug’ ayyomda qilgan ibodatlaringiz qabul bo’lsin, tilagan niyatlaringiz amalga oshsin, xonadoningizdan tinchlik va fayz-baraka arimasin. Ilmingiz va molingiz ziyoda, salomatlik va xotirjamlik hamrohingiz bo’lsin.
Yurtimiz tinchligiga ko’z tegmasin!
Yana bir bor barchaga Qurbon Hayiti ayyomi muborak bo’lsin!
@Uzbekxonim

🥰7❤🔥5❤5👍4🕊1
#tavsiya
Yakshanba oqshomingiz uchun o’zim ishtirok etgan oxirgi podkastni tavsiya qilmoqchiman.
Olima Feruza Jumaniyozova bilan tariximizda ko’pchilikka tanish bo’lmagan ayollar haqida suhbatlashgandik.
Shaxsan o’zim uchun maroqli va qiziqarli suhbat bo’lgan.
Taklif uchun Oyina.uz jamoasiga tashakkur.
Buxoroni saqlab qolish uchun arablarga qarshi chiqqan turkiy malika kim edi? 90 ming qo‘shinga boshchilik qilgan xotunni nega yomon ko‘ramiz?
https://youtu.be/v8OvvxStbL8

YouTube
Tarixda To‘marisdan boshqa qahramon ayollarimiz bo‘lmaganmi?
▸Obuna bo‘ling: https://www.youtube.com/channel/UC-ldIOmQ6zSalis9azXTOWA
Buxoroni saqlab qolish uchun arablarga qarshi chiqqan turkiy malika kim? 90 ming qo‘shinga boshchilik qilgan xotunni nega yomon ko‘ramiz? Oyina podkastning bu galgi sonida tarixda…

🔥12👍6🥰4❤2💘1
Forwarded from Shahnoza Soatova blogi
Ҳилола Умарова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг таълимни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди.
Умуман, бугун эълон қилинган тайинловларда Президент Администрацияси раҳбарига тайинланган 6 нафар ўринбосарнинг ярмидан кўпи – 4 нафари аёл киши экани жуда яхши хабар, мен бу ўзгаришларни ёқлайман.
Аввало, 2 нафар мактаб ўқувчисининг онаси, қолаверса, аёллар ва эркаклар тенг ҳуқуқлилигини тарғиб қилувчи фаол сифатида ягона аёл вазир Ҳилола Ўктамовнанинг фаолиятини диққат билан кузатаман. Энг катта ва муаммоли соҳаларимиздан бири бўлган умумтаълимнинг чексиз муаммолари билан курашиб оптимизмини йўқотмаганига тан бераман.
Ҳилола Умаровани жуда кўп танқид қилишади. Лекин у раҳбарлик қилган йиллари бўлган ижобий ўзгаришларни холис тан олиш керак. Масалан:
- Халқаро фан олимпиадаларидаги ютуқларимиз кескин кўпайди: 2019 йилда 29 та медал олинган бўлса, 2024 йилда 128 та медал қўлга киритилди. 2025 йилнинг дастлабки 6 ойида юртимиз ўқувчилари 17 та халқаро олимпиадада 170 та медалга сазовор бўлди. Бугун ҳам 4 та ўқувчимиз кимё бўйича халқаро олимпиадада ғолиб бўлиб (2 та олтин, 2 та кумуш), аввал бўлмаган тарихий натижа қайд этишди.
- Фан олимпиадалари ғолибларини рағбатлантириш ҳам юқори даражага чиқди: миллиардлаб сўм мукофотлар берилди. Булар, аввало, давлат раҳбарининг сиёсий иродаси туфайли, қолаверса, таълим тизими мутасаддиларидан тортиб педагоглар, ўқувчилар ва ота-оналарнинг катта меҳнати натижасидир. Жумладан, вазирнинг ҳам.
- Давлат мактабларига 2023-2024-ўқув йилида 500 нафардан ортиқ хорижлик мутахассислар жалб этилди ва ҳоказо.
Ҳилола Ўктамовнани янги лавозимда таълим учун ва халқ учун манфаатли ташаббуслар билан кўрамиз деган умиддаман.
Янги тайинланган барчага, хусусан, аёлларга омад ва муваффақият тилайман!
@shahnozxon

🥰4💯4💘3😁2✍1
#yakshanba_tavsiya
Vaqti-vaqti bilan bo’lsa-da yakshanba uchun turli mavzudagi podkastlarni tavsiya qilib kelayotgan edim. Bu safargi podkastda o’zim ham ishtirok etganman.
“O‘tkan kunlar” romaniga odatda har bir o’zbek o’qishi kerak bo’lgan kitob, deya ta’rif beriladi. Ushbu podkastga ham men shu ta’rifni qo’llagan bo’lar edim.
Jo’raqori Bo’tako’z – qariyb 100 yoshli o’zbek metsenati. Aynan Qodiriy asarini chop etish uchun Pokistonda bir yil harf teruvchi, yana bir yil noshir bo’lib ishlagan, shuncha harakat, shuncha xarajat evaziga 5000 nusxa kitobni xorijdagi o’zbeklarga tekinga tarqatgan inson.
Bu ziyoli inson haqida ilk tasavvurim Xayriddin Sultonning “Navoiy 30” kitobi orqali uyg’ongan. So’ngra o’zlarining avtobiografik asari “Bo’tako’znoma”ni o’qiganimdan keyin ular bilan yaqindan tanishish istagi uyg’ongandi.
Okeanorti yurtidan har yili O’zbekistonga keladigan Jo’raqori akaning bu yilgi tashrifi so’ngisi ekan. Shu fursatdan foydalanib “Hoshiya podcast” jamoasi bilan bir suhbat tashkillashtirdik. Buni qarangki, 7 kun ichida You Tube’dagi ko’rishlar soni 30 mingga yaqinlashib qoldi.
Bugungi kunda trendda bo’lgan O’zbekistonlik g’oyasining ilk namoyondasi – AQShdagi o’zbek ziyolisining bir asrlik umr yo’li, millat ruhi, xalqparvarlik tuyg’usining ahamiyati haqida tinglamoqchi va ko’rmoqchi bo’lsangiz, yakshanba oqshomingiz uchun shu podkastni tavsiya qilaman.
https://www.youtube.com/watch?v=EYNlIQ--8C4

Amerikadagi 100 yoshli o‘zbek: bobo vatanga nega qaytdi?
#vatan #otkankunlar #yangiruhiyat #amerika #ziyoli #birdamjamiyat #inson
Mehmonlar: Joʻraqori Boʻtakoʻz – 100 yoshli, Amerikada istiqomat qilgan vatandoshimiz;
Hilola Nazirova – manbashunos tarixchi.
Moderatorlar: Shahnoza Soatova – bloger;
Inobat Ahatova…

🔥8❤5💘2🥰1
Forwarded from Uzcosmos
🛰 Uzcosmos va "Yangi O‘zbekiston" universiteti o’rtasida memorandum imzolandi!
➖Kelishuvga ko'ra talabalarni zamonaviy yo‘nalishlarda o‘qitish, ularning bu boradagi g’oya hamda tashabbuslarini qo‘llab – quvvatlab amaliy ko‘nikmalarini oshirish, turli grant dasturlariga jalb etish orqali yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash kabi qator yo'nalishlarda hamkorlik qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/uzspace/news/view/72051
———
🛰Подписан меморандум между Uzcosmos и Университетом Нового Узбекистана!
➖Согласно соглашению, будет осуществляться сотрудничество по ряду направлений, таких как обучение студентов современным профессиям, поддержка их идей и инициатив в этой области, повышение их практических навыков, а также привлечение к грантовым программам, формирующим специалистов нового поколения.
Подробнее: https://gov.uz/ru/uzspace/news/view/72051

👍10❤5🕊2🥰1💘1
Forwarded from NEWUU Students' channel
🎉 Orientation Week has officially started!
🌟 Day 1 is behind us — welcome speeches, new faces, campus vibes, and the first steps into student life at New Uzbekistan University.
🚀 And guess what? This was just the warm-up. Ahead is a whole week full of events, clubs, creativity and new friendships!
💙 Stay tuned — the best part is only starting!

❤6👍4🔥3🥰1