tgoop.com/Uzbekxonim/555
Last Update:
#yakshanba_tavsiya
Vaqti-vaqti bilan bo’lsa-da yakshanba uchun turli mavzudagi podkastlarni tavsiya qilib kelayotgan edim. Bu safargi podkastda o’zim ham ishtirok etganman.
“O‘tkan kunlar” romaniga odatda har bir o’zbek o’qishi kerak bo’lgan kitob, deya ta’rif beriladi. Ushbu podkastga ham men shu ta’rifni qo’llagan bo’lar edim.
Jo’raqori Bo’tako’z – qariyb 100 yoshli o’zbek metsenati. Aynan Qodiriy asarini chop etish uchun Pokistonda bir yil harf teruvchi, yana bir yil noshir bo’lib ishlagan, shuncha harakat, shuncha xarajat evaziga 5000 nusxa kitobni xorijdagi o’zbeklarga tekinga tarqatgan inson.
Bu ziyoli inson haqida ilk tasavvurim Xayriddin Sultonning “Navoiy 30” kitobi orqali uyg’ongan. So’ngra o’zlarining avtobiografik asari “Bo’tako’znoma”ni o’qiganimdan keyin ular bilan yaqindan tanishish istagi uyg’ongandi.
Okeanorti yurtidan har yili O’zbekistonga keladigan Jo’raqori akaning bu yilgi tashrifi so’ngisi ekan. Shu fursatdan foydalanib “Hoshiya podcast” jamoasi bilan bir suhbat tashkillashtirdik. Buni qarangki, 7 kun ichida You Tube’dagi ko’rishlar soni 30 mingga yaqinlashib qoldi.
Bugungi kunda trendda bo’lgan O’zbekistonlik g’oyasining ilk namoyondasi – AQShdagi o’zbek ziyolisining bir asrlik umr yo’li, millat ruhi, xalqparvarlik tuyg’usining ahamiyati haqida tinglamoqchi va ko’rmoqchi bo’lsangiz, yakshanba oqshomingiz uchun shu podkastni tavsiya qilaman.
https://www.youtube.com/watch?v=EYNlIQ--8C4
BY Oʻzbekoyim

Share with your friend now:
tgoop.com/Uzbekxonim/555