Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/Uzbekxonim/-503-504-505-): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Oʻzbekoyim@Uzbekxonim P.505
UZBEKXONIM Telegram 505
#universitet

Kecha juda tig’iz kun bo’ldi. Ertalabdan “Yangi O’zbekiston” universitetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 16-umumta’lim maktabida bo’ldik. Suhbatlashgan o’quvchilarimiz asosan 10-11 sinf bo’lganliklari uchun tabiiyki asosiy mavzu oliy ta’limga kirish, o’z yo’nalishlarini to’g’ri tanlash, imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish bo’ldi. Shu bilan birgalikda, universitetimiz xodimlari o’quvchilar bilan turli interaktiv o’yinlar, suhbatlarni olish borishdi. O’quvchilar va maktab kutubxonasiga 10 dan ortiq turli badiiy adabiyotlar sovg’a qilindi.

Maktabda chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Azim bilan uchrashdik. Ikki ziyoli uchrashganda albatta asosiy mavzu kitobxonlik, mutolaa madaniyati, sifatli tarjima kabi masalalarga boy bo’ladi. So’ngra suhbatimiz davomi “1000 Kitob” loyihasining katta taqdimotiga ulanib ketdi. Bir yil avval ushbu loyihaga saralab olingan 100 ekspertning ichida edim, kecha ana shu loyihaning ilk sarhisobi bo’lib o’tdi. Tadbir tadbirga ulanib ketgani uchun “Wikistipendia” loyihasiga qololmadik.

Xuddi shu kuni, soat 15:00 da Respublika oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining turli yo’nalishlari bo’yicha Final bahslari bo’lishi kerak edi. Bunda “Yangi O’zbekiston” universiteti jamoasi Breyn-ring o’yinining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi bilan finalchilar bo’lishgandi. Men esa soat 16:00 da yetib bora oldim. Ungacha onlayn translyatsiya orqali kuzatib bordim.
Jamoamiz juda yaxshi ishtirok etdi. Hali endi birinchi bitiruvchilarini kuzatayotgan yangi universitet uchun Respublikaning TOP 5 talik reytingiga kirish alohida faxr tuyg’usini uyg’otdi.
Qo’shimchasiga, Shaxsiy o’yin yo’nalishida universitetimiz talabasi Nurbek Xo’jayev faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Ushbu yutuqlar umumiy hisobda 70 million so’mni tashkil qiladi (Breyn-ring uchun 60 million, Shaxsiy o’yin uchun 10 million).

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi 3 yildan beri g’oliblik ostonasidan qaytgan bo’lgan va so’ngida o’zlari ko’zlagan maqsadga erishdi. “Yangi O’zbekiston” universiteti jamoasi esa hali ilk urinishlardayoq yaxshi va esda qolarli natijaga erishgani tahsinga sazovor. Ijod maktabida direktor bo’lgan vaqtlarimda “Abdulla Qodiriy ijod maktabi direktori kubogi” nomli Zakovat intellektual musobaqalari muntazam o’tkazilardi. Kechagi o’yinlardan keyin ham universitetda shunday turnirlarni o’tkazishni niyat qilib qaytdim.

@Uzbekxonim
👍52❤‍🔥1🔥1

tgoop.com/Uzbekxonim/505
Create:
Last Update:

BY Oʻzbekoyim

Share with your friend now:
tgoop.com/Uzbekxonim/505

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Among the requests, the Brazilian electoral Court wanted to know if they could obtain data on the origins of malicious content posted on the platform. According to the TSE, this would enable the authorities to track false content and identify the user responsible for publishing it in the first place. The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Add up to 50 administrators While some crypto traders move toward screaming as a coping mechanism, many mental health experts have argued that “scream therapy” is pseudoscience. Scientific research or no, it obviously feels good.
from us

Telegram Oʻzbekoyim
FROM American