tgoop.com/URDU_PRESSA/64258
Last Update:
Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyatimizning Xazorasp, Bogʻot hamda Gurlan tumanlaridagi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlari hamda fan toʻgaraklari tashkil etilmoqda.
Bugun, 19-iyun kuni UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish maqsadida Xazorasp tumanining “Ishchilar” mahallasida joylashgan 1-son umumtaʼlim maktabi hamda “Oybek” mahallasining 45-son umumta'lim maktabida boʻlib, toʻgarak jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda ushbu maktablarda oʻquvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida sport, turli xil fan toʻgaraklari, “Turon” teatri ,"Yosh kitobxonlar” toʻgaraklari tashkil qilingan.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube