tgoop.com/Taqdir_bitiklari/3248
Last Update:
-Bilasizmi? Agar og‘zingizga lampochkani tiqsangiz qayta chiqara olmaysiz, bu fakt- dedi professor L.Karpov sheriklariga.
-Bo‘lishi mumkin emas, kirgan narsa qayta chiqishi aniq, dedi ikki suhbatdoshi.
Isbot uchun lampochka topishdi va hamrohlaridan biri orqa temiridan ushlab lampochkani og‘ziga soldi.
Qayta chiqarmoqchi edi, lekin hech iloji bo‘lmadi.
Vaqt o‘tgan sayin lampochka og‘zida bo‘lgan sherik qiynala boshladi. Dahshat!
Darrov taksi chaqirib shifoxonaga borishdi.
Kasalxonaga kirishda yosh hamshiraga yo‘liqishdi.
Lampochkali kishining ikki ko‘zi qizarib ovozi ming‘irlardi, buni ko‘rgan hali yosh tajribasiz qiz hushini yo‘qotayozdi. Qo‘li bilan zo‘rg‘a xirurgning xonasini ko‘rsata oldi.
Uchovlon tezda ichkariga kirishdi.
Baxtlariga xirurg tajribali ekan. Lampochka yutgan kishining jag‘ qismini bir-ikki joyidan bosib spazmni bo‘shatdi va lampochkani orqa temiridan ushlab sug‘urib oldi.
Ammo jag‘ qotib qolgan, og‘iz esa katta ochiq holatda qotganicha yopilmasdi...
(Davomi👇)
@Taqdir_bitiklari 📚
BY Taqdir bitiklari

Share with your friend now:
tgoop.com/Taqdir_bitiklari/3248