Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Mevalarni toqalash kerakmi?

Oladigan hosilimizni sifatli qilib yetishtirish maqsadida daraxtlardagi hosil bo‘lgan mevalarining maʼlum bir qismini kamaytirish maqsadida ularda toqalash usuli qo‘llaniladi.

Toqalash usuli qo‘yidagicha bajariladi: agarda meva bandida 4-5 ta meva hosil bo‘lsa, ulardan nimjon, rivojlanish davrida bir-biriga xalaqit beradigan mevalari (dovuchchalari) olib tashlanadi. Bunda mevalar bir-biriga tegib turmasligi kerak. Agarda meva bandida 4-5 ta meva bo‘lsa, ulardan 2 ta mevani qoldirib, 2-3 tasi olib tashlanadi. Ushbu usulni urug‘li mevalilarda (olma, nok, behi) o‘tkazish zarur.

Bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad
agar guldan so‘ng changlangan mevalarni qoldirsak, meva daraxtlarida haddan tashqari ko‘p meva bo‘lib, daraxt ularning yaxshi rivojlanib, sifatli meva bo‘lishi uchun yetarli miqdorda ozuqa moddalarni yetkazib bera olmaydi.

Bog‘larda toqalash usuli
to‘g‘ri tashkil qilinib, o‘z vaqtida bajarilsa, daraxtlardagi mevalar yaxshi rivojlanib, sifatli mahsulot olishga erishiladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahor faslining so‘nggi oyi bo‘lishiga qaramay, havo haroratining keskin isib ketishi kuzatilmoqda. Bu jazirama qishloq xo‘jaligiga, xususan ekinlarga qanday taʼsir qiladi? Ekinlarni nobud qilmasdan qanday saqlab qolish mumkin?

Muhim maʼlumotlar va dehqon, fermer xo‘jaliklariga tavsiyalar sizni qiziqtirsa, unda tomosha qiling.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Chorvachilikning sutchilik tarmog'i jadal rivojlantiriladi


“Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi ishtirokidagi “O'zbekistonning sutchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-172-son, 14.05.2025-y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko'ra, “O'zbekistonning sutchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi 100 ta sut yig'ish punktini tashkil etish;

🔹 865 nafar aholi va dehqon xo'jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSh dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;

📌 Loyihaning ijrosi 2025–2031-yillar etib belgilangan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚜 "Boshqaruvchisiz traktorlar Xitoyda yer hosildor maydonlarini haydayapti

Yaqin kelajakda traktorchilarga ish qolmaydimi deya xavotirga tushish mumkin.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
16-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 19-24° iliq

🌝 Kunduzi 36-41° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:05

🪐Quyosh botishi: 19:39

❗️Quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi: 10 ballga yetadi.

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Mavsum ekini: tarvuz yetishtirish agrotexnikasi

Tarvuz qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsa-da, yurtimiz sharoitida sug‘orib parvarishlash kerak. O‘ta sernam tuproq tarvuzga salbiy taʼsir etadi. Bunda mevadagi qand moddasi kamayadi, po‘sti qalinlashadi, fuzarioz-so‘lish kabi zamburug‘ kasalliklariga chalinadi.
🍉Pishib yetilgan tarvuzlarni tanlab-tanlab olish yo‘li bilan 3-5 marta yig‘ib olinadi. Kechki muddatda ekilgan navlar hosili esa 1 marta yig‘ishtirib olinadi.

Almashlab ekish. Tarvuz turli xil qumlik yerlarda eng yaxshi o‘sadigan polizdir. Kasalliklar yerda paydo bo‘lishini oldini olishda o‘simlikni aylanishiga (sevooborot) rioya qilish va tarvuzni u yerga 7-8 yilda bir marta ekish kerak.

Zararkunandalarga qarshi kurash:
10 sotix maydonga Mospilan 20% n. kuk. (25-30 g) va kasalliklarga qarshi Foliar BT 22,5% em.k. (150 ml), Kurzat R n. kuk. (200-250 g) ѐki 1% li Bordo suyuqligini qo‘llanadi. 60-70 litr suvga tayorlangan aralashma purkaladi. Bu kimyoviy preparatlar mutaxassislar nazoratida qo‘llanadi.
❗️Usta dehqonlarga subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori (317-son, 13.05.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.

📋Nizom Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibini belgilaydi.

✔️Quyidagilar jamg‘arma hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari hisoblanadi:

▪️har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;

▪️usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;

Batafsil o‘qing👉
AGROTAVSIYA

Jazirama issiqda sabzavotlarni saqlab qolish


Sabzavotlarning o‘sishi va rivojlanishi havo-tuproq haroratiga, fotosintez intensivligiga bog‘liq. Harorat 25–35°C gacha ko‘tarilganda fotosintez jarayoni kuchayadi, lekin 40–50°C ga yetganda butunlay to‘xtaydi. Pomidor, qalampir, baqlajon, bodring kabi issiqsevar o‘simliklar uchun 20–30°C harorat eng qulay hisoblanadi, ammo ular o‘ta issiqlikka chidamli emas. Qovun, tarvuz, qovoq, makkajo‘xori va loviya kabi ekinlar esa 30°C da yuqori assimilyatsiyaga erishadi, lekin 40-45°C dan yuqori haroratda o‘sish uchun qulay muhit bo‘lmaydi.

Jazirama issiqlikdan himoya qilish uchun tavsiyalar:

Tunda sug‘orish: O‘simlikni tunda sug‘orish, namlikka bo‘lgan talabni to‘la qondirish.

• Quyosh nuridan himoya qilish: O‘simliklarni quyosh nurlaridan himoya qilish va sun‘iy salqinlik tashkil etish.

Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri vaqtga joylashtirish: Kun isigan davrida chopiq, begona o‘tlardan tozalash kabi tadbirlarni amalga oshirmaslik.

Batafsil o‘qing👉
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go‘zallik yaratish barchamizning qo‘limizdan keladi. Ammo doim ham unga e'tibor qaratmaymiz. Biroq o‘zgalar yaratgan go‘zallikka havas bilan boqamiz. Mana bunday betakrorlik yaratish sizning ham qo‘lingizdan keladi, bir urinib ko‘ring.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
17-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo
biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi
19-24° iliq

🌝 Kunduzi 33-38° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:04

🪐Quyosh botishi: 19:40

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
❗️Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 14-maydan 18-mayga qadar bo‘lgan davrda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar, bog‘dorlar va dehqonlarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda aytilishicha, ushbu kunlarda yuqori harorat va kuchli quyosh taʼsiri tufayli kunduzgi soat 10:00 dan 16:00 gacha dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish tavsiya etilmoqda.

Vazirlikning taʼkidlashicha, bu chora odamlarni issiq o‘tishi, quyosh urishidan himoya qilish hamda mehnat sharoitini xavfsizlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘chirish so‘raldi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🍅 O‘zbekiston 3 oyda 5,9 ming tonna pomidor eksport qildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 6,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 869 tonna pomidor eksport qilgan.


📊 O‘zbekiston 2025-yilning 3 oyida eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar:



🇷🇺 Rossiya – 5 471 tonna



🇰🇬 Qirg‘iz R. – 190 tonna



🇰🇿 Qozog‘iston – 135 tonna



🇦🇪 BAA – 56 tonna



🌐 Boshqa davlatlar – 17 tonna
19-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 1
5-20° iliq

🌝 Kunduzi 28-33° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi:
5:01

🪐Quyosh botishi: 19:42

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Mevalarning erta pishishi hosil sifatiga taʼsir etadimi? (+video)

Bahorgi havo harorati odatdagidan issiq kelishi dalalarimizdagi meva-sabzavotlarning barvaqt uzilishiga, eksport hajmining oshishiga sabab bo‘ldi. Albatta, serquyosh o‘lkamizda pishib yetilgan sarxil meva sabzavotlarimizga jahon bozorlarida doimo talab bor, faqat sifati yuqori, belgilangan standartlar asosida yetishtirilgan bo‘lsa.

Mevalarning barvaqt pishish sabablari va buning oqibatlari haqida mutaxassislar fikrini videoni tomosha qilib bilib oling👉


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik_Oroldengizi

Orol dengizi tubida yuqori sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi


Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Noviskiy
rahbarligida olib borilayotgan tadqiqotda yuqori yashovchanlik ko‘rsatgan istiqbolli o‘simlik turlaridan biri bu Arundo donax bo‘ldi.

Bu gigant qamish turi bo‘lib, tabiatan nam muhitni xush ko‘rsa-da, sho‘rlangan sharoitlarga ham yuqori darajada moslasha olishi bilan tanilgan.

"Natijalar kutilganidan ham yuqori bo‘ldi: o‘simliklarning yashab qolish darajasi 90 foizdan kam emas",
— deydi Noviskiy.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar inson astoydil mehnat qilsa, har qanday imkonsiz bo‘lgan ishning ham javobi kutilganidek, ijobiy bo‘ladi. Qir adirda sholi yetishtirish mumkin deb kim o‘ylabdi, Lekın astoydil qılıngan mehnat besamar ketmaydı, mana isboti.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
20-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi: 15-20° iliq

🌝 Kunduzi: 30-35° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi:
5:00

🪐Quyosh botishi:
19:43

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2025/06/11 23:16:59
Back to Top
HTML Embed Code: