Telegram Web
12-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 15-20° iliq

🌝 Kunduzi 32-37° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi:
5:08

🪐Quyosh botishi:
19:35


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
AGROTAVSIYA

🧄 Sarimsoq o‘g‘itlashda eʼtibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar


🧄Sarimsoq tuproqdagi mineral ozuqa elementlarga talabchan ekindir. Uni to‘g‘ri o‘g‘itlash o‘simlikning rivojlanishi va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Tuproq unumdorligini oshirish uchun yerni haydash paytida har bir gektar  yerga 20-40 tonna chirigan go‘ng, sof holda 100-200 kg azot, 140-160 kg fosfor va 65-75 kg kaliy solish tavsiya qilinadi. 

Bahorda birinchi o‘toqdan keyin ekinni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish juda samaralidir. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va saqlanish sifatini pasaytiradi.

🧄Organik o‘g‘it, fosforning 75 foizi, kaliyning hammasi shudgorlash ostiga, fosforning qolgan qismi (25%) va 30-40 kg azot ekish oldidan solinadi. Azotning qolgan  qismi teng bo‘linib, ikki marta solinadi. Bunda, birinchi o‘toq va yengil chopiqdan keyin, ikkinchisi esa 2-3 haftadan so‘ng oziqlantiriladi.



Telegram | Facebook | Instagram| You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💧Noqonuniy quduq qaziganlik uchun ma‘muriy javobgarlik belgilandi



🚰Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste‘moli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlariga ququdni qonunga xilof ravishda burg‘ilash:

🔹 fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming so‘mdan 5 mln 675 ming so‘mgacha);

🔹 mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

 Bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
🚜 Qishloq xo‘jaligida uglerod saqlash

🌍 Dunyo bo‘yicha tuproqda uglerodni saqlaydigan ilg‘or dehqonchilik amaliyotlari yiliga 1,5 milliard tonna uglerodni tuproqda ushlab qolishi mumkin. Bu esa global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda samarali yechimdir.

🌱 Qanday amaliyotlar tuproqda uglerodni ko‘paytiradi?

- Yerga minimal ishlov berish (kam ishlov berish).

- Organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish.

- Sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etish.

- O‘simlik qoldiqlarini yerda qoldirish.

- Yerni qayta tiklash va daraxtzor qilish.

⚠️ Ba‘zi amaliyotlar organik uglerodni ko‘paytirib, ayni paytda noorganik uglerodni kamaytirishi mumkin. Masalan, mineral o‘g‘itlar va yerlarni o‘rmonga aylantirish.

🏜 Quruq hududlarda sug‘orish orqali kiritilgan kaltsiy va magniy kabi minerallar tuproqda noorganik uglerod hosil qiladi.

💧 Nam iqlimli hududlarda esa o‘g‘itlar va o‘simliklarning o‘sishi noorganik uglerodning tuproqdan yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi.


Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_amaliyot

Bahorda barcha tirik jonzot, jumladan qishda yer ostida qishlaydigan hasharotlar yer yuziga chiqadi. O‘ziga ozuqa g‘amlash maqsadida tinim bilmaydigan chumolining chiqishi esa baʼzan qishloq xo‘jaligiga salbiy taʼsirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, daraxt taglaridagi chumolilar uning hosiliga taʼsirini o‘tkazadi. Ushbu bezarar amaliyot esa bunday talofotning oldini oladi.

Mevali daraxtlarni chumolidan qanday qilib asrash haqida ushbu videorolikdan bilib olishingiz mumkin.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
13-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 17-22° iliq

🌝 Kunduzi
34-39° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:07

🪐Quyosh botishi: 19:36


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Daraxtlardagi "Parsha (qo‘tir)" kasalligi

Shaftolida kasallik novda va barglarni zararlaydi, ammo, haqiqiy zarar mevada. Yomg‘ir yoki shamolda tarqalib mevalarni zararlaydi. Parsha kasalligi yuqqach 15-20 kun o‘tib belgilari paydo bo‘ladi.

Olma va nokda kasallik bilan barglar, mevalar, novdalar, barg bandlari, meva bandi, gul kosa barglari zararlanadi. Kasallikning birinchi tarqalish manbai - kasallik zamburug‘lari qishlab chiqqan barglar.

Kasallangan mevalarda atrofi kumush rang kulrang hoshiya bilan o‘ralgan to‘q zangori rangli dog‘lar hosil bo‘ladi. Namgarchilik ko‘p bo‘lganda dog‘lar sirtida qo‘ng‘ir  rangli duxobasimon g‘uborlar paydo bo‘ladi.

Kurash choralari:
Bog‘larda doimo yukori agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, tuprokning kurib kolishiga yul kuymaslik. Zararlangan novdalarni kirkib, bogdan chikarib tashlash. Bog qator oralarini kuzda shudgorlash, yaxob suvi berish hamda fosforli va kaliy o‘g‘itlar bilan o‘gitlash kabi agrotexnik tadbirlar kasallikni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muammo_yechim

Yer yuzida har soniyada 1,5 gektar yashillik nobud bo‘lmoqda


O‘rmonlar iqlimni muvozanatda ushlab turuvchi, biologik xilma-xillikni saqlovchi muhim ekotizim hisoblanadi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, tabiiy bioxilma-xillikning 80 foizi o‘rmonlarda joylashgan. Daraxtlar yillik karbonad angidrid chiqindisining 30 foizini o‘ziga yutib, atmosfera musaffoligini saqlashda muhim o‘rin tutadi.

Ammo afsuski, bugungi kunda Yer yuzida har soniyada 1,5 gektar yashil qoplama nobud bo‘lmoqda. Bir yilda ikkita Shvetsariya hududiga teng o‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bu esa ekologiyaga, ayniqsa, iqlimga juda katta salbiy taʼsir ko‘rsatadi.    

Batafsil o‘qing👉
🥕 O‘zbekiston eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga sabzi eksport qilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 17,1 ming tonna sabzi eksport qilgan.

📊 O‘zbekiston 2025-yilning 3 oyida sabzi eksport qilgan davlatlar:

🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi — 9 184 tonna;

🇰🇿 Qozog‘iston — 4 700 tonna;

🇷🇺 Rossiya — 3 041 tonna;

🇹🇯 Tojikiston — 60 tonna;

🌐 Boshqa davlatlar — 99 tonna



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bemorning ahvoli yomonlashsa, sog‘ligini tiklash uchun uning vena tomiriga inyeksiya qilinadi va bu unga davo sifatida taʼsir qiladi. Insonlarda bu muolajani amalga oshirish tabiiy holat hisoblanadi. Ammo xitoyliklar holati yomonlashib, quriy boshlagan daraxtga mana shunday inyeksiya usulini qo‘llashdi va daraxtni saqlab qolishga erishishdi. Mana bu haqiqiy vatanparvarlik desa bo‘ladi, shunday emasmi?!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
14-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo
biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 17-22° iliq

🌝 Kunduzi 34-39° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:07

🪐Quyosh botishi: 19:37


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Qaysi ekinlarni yonma-yon ekish mumkin?

1️⃣Makkajo‘xori, no‘xat va qovoq. Makkajo‘xori tuproqni azot bilan to‘yintirib, no‘xat o‘sishiga yordam beradi. Qovoq esa o‘z navbatida, begona o‘tlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.

2️⃣Piyoz va sabzi. Piyoz sabzini  insektisid va fungisid ta‘sirga ega bo‘lgan moddani (allisin) chiqarishi hisobiga zararkunandalardan qutqaradi.

3️⃣Pomidor va rayhon nafaqat salat uchun yaxshi kombinatsiyadir. Bu o‘simliklar bir xil tuproqqa va bir xil sug‘orishga muhtoj. Bundan tashqari, rayhon hidi pomidorlarni zararlovchi shilliqurtlar uchun yoqimsiz sanaladi. Pomidor hosili rayhon butalari yonida pishgan bo‘lsa, juda mazali bo‘ladi.

4️⃣Yashil loviya, bulg‘or qalampiri va baqlajon. Qalampir va baqlajonlar bir xil oilaga tegishli ekanligi ma‘lum va bir xil o‘sish sharoitlarini talab qiladi. Yaqin atrofda o‘sadigan loviya baqlajonni kolorado qo‘ng‘izidan himoya qiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
KUN HIKMATI

Qadimda bir donishmand insonlardan ular uchun eng qadrli, qimmatbaho narsa nimaligini so‘rabdi.


Boy: pul, aqcha

Tabib:
dori

Tikuvchi: mato

Bemor: sog‘lik, umr,— deya javob qaytarishgan ekan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi


Qonun (O‘RQ-1061-son, 05.05.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

⛔️ Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.

✔️ Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

☑️ Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi ko‘zda tutildi.
🥒 3 oyda 1,8 ming tonna bodring eksport qilingan

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 848 tonna bodring eksport qilgan.

O‘zbekiston 2025-yilning 3 oyida eng ko‘p bodring eksport qilgan davlatlar:


Rossiya — 1 263 tonna;

Qirg‘iz Respublikasi — 333 tonna;

Qozog‘iston — 233 tonna;

Boshqa davlatlar — 19 tonna.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_oson

Faqat mehr va harakar bo‘lsa, ushbu bulg‘or qalampirini siz ham xonadoningizda o‘stirib, hosil olasiz. Bir urinib ko‘ring.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
15-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
19-24° iliq

🌝 Kunduzi
36-41° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi:
5:06

🪐Quyosh botishi:
19:38

❗️Quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi: 10 ballga yetadi.

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2025/06/15 11:35:03
Back to Top
HTML Embed Code: