tgoop.com/TIVmatbuot/477
Last Update:
BBCning butun dunyo bo‘ylab yovvoyi tabiat haqidagi keng ko‘lamli filmlar ustida ish olib borayotgan suratga olish guruhi O‘zbekistonga so‘ngi bir yil ichida uchinchi marta tashrif buyurmoqda.
Guruh hozirda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, Orol dengizi tubidagi tabiiy muhitda Trapelus sanguinolentus turiga mansub cho‘l agamalarining hayotini kuzatmoqda.
Filmdan ko‘zlangan maqsad dengiz qurib qolganiga qaramay, uning o‘rnida jonli cho‘l paydo bo‘lganligi, u yerda turli xil yovvoyi hayvonlar hayot kechirayotgani haqida hikoya qilish.
2024 va 2025-yillarda BBCning suratga olish guruhi O‘zbekistonning Navoiy viloyatida bo‘lib, u yerda yovvoyi tabiatda yirik qushqo‘rg‘onlarni va mamlakatimizning biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi sa’y-harakatlarini suratga oldi.
@TIVmatbuot
BY 🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanovning rasmiy kanali

Share with your friend now:
tgoop.com/TIVmatbuot/477