Telegram Web
Hunarli kishi xor bo‘lmas

Angor tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda hunar o‘rganib, tikuvchilik, kasanachilik, ko‘rpa qavish, quroqchilik, bisir qadash, kiyim-kechaklar tikish bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Tumanning 3-sektor hududiga qarashli Qo‘shtegirmon mahallasida yashovchi Duyna momo Valiyeva ham kasanachilik bilan shug‘ullanadi.

-Yoshligimdan tikuvchilik bilan shug‘ullanaman. Hozirgi kunda buyurtmalar asosida ko‘rpa-yostiq tayyorlaymiz. Mahalladagi 30 nafardan ortiq xotin-qizlar bilan birgalikda ishlaymiz. Ko‘rpa, yostiqlarga paxta solamiz va qo‘lda qaviymiz. Albatta, oilasiga qo‘shimcha daromad topish bilan bir qatorda xotin-qizlar hunar ham o‘rganishyapti. Bundan ular mamnun,-deydi Duyna momo Valiyeva.
Bugun Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan Surxondaryoda “Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish masalasida uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Loyihaga ko‘ra qariyb 820 mln so‘m mablag‘ evaziga viloyatimizning 3 ta tumanida har biri 4 sotixdan zamonaviy issiqxona qurish orqali 12 nafar, kasb-hunar va agrobiznesga o‘qitish orqali sertifikatga ega bo‘lgan 25 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Loyiha doirasida afg‘onistonlik xotin-qizlar ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy va boshqa masalalar muhokama qilinib, hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Uchrashuv #XMT #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlash #Surxondaryo_tajribasi

Sherobod tumanidagi sudlarda va FXDYO bo‘limlarida nizolashayotgan va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Oilalarni yarashtirish bo‘yicha muhokamalarda Surxondaryo viloyati viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, viloyat IIB JXX HPB o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Eshimova, Sherobod tuman FIB sudining raisi B.Noraliev , tuman FXDYO bo‘limi mudirasi F.Shermuhammadova Buvijonlar maktabi rahbari R.To‘lakova , tuman Oqila ayollar rahbari R. Xolmirzayeva , tuman hokimining Oila va xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i. Aminova , tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori katta leytenant S.Xudoyqulova ishtirok etishdi.

Ushbu oilaviy yarashtirish muhokamalarida jami 47 dan ortiq oilalar o‘rganilib ushbu oilalarning 14 tasi yarashtirilib 37 nafar bolalarning to‘liq oilada kamol topishi ta’minlandi, 8 ta oilaga yarashish uchun qo‘shimcha vaqt berildi.
2024/05/22 10:45:14
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243