Telegram Web
SURXONDARYODA “YOSH KELIN KUYOVLAR MAKTABI” RAHBARLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 15-sonli bayoniga asosan tashkil etilgan “Yosh kelin kuyovlar maktabi” faoliyatini takomillashtirish, markaz rahbarlariga uslubiy ko‘mak berish maqsadida Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 15 ta tuman (shahar) “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” rahbarlari hamda tuman hokimliklarning Oilaviy, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining hududlarda faoliyat yurituvchi vakillari hamkorligida o‘tkazildi.
Subsidiya asosida 65 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi

🔘 Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi 252-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

Bugun Uzun tumanida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan "Ayollar daftari"da ro’yxatda turuvchi 65 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi topshirildi

▪️Tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan vakillar hamda tuman hokimi o'rinbosarlari ishtirok etib, fuqarolarni tabrikladi hamda berilgan tikuv mashinalaridan samarali foydalanishlari bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo'lga qo‘yish bilan moddiy ahvollarini yaxshilashiga erishishlarini taʼkidlab o‘tdilar.
Ehtiyojmand oilalarga bug‘doy berildi

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida odamlarni rozi qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylangan.
 
Muborak Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bug‘doy berilmoqda.
 
Angor tumanida ham ana shunday xayrli tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova, tuman hokimi Qosim Mardonov, sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
 
100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarga 200 kgdan bug‘doy berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida viloyat Oila va xotin qizlar boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.
2024/06/15 18:48:42
Back to Top
HTML Embed Code: