tgoop.com/Stiv_Jobs/14601
Last Update:
Sulton Sulaymonning o‘limidan oldingi vasiyatlari
Sulton Sulaymon vafotidan oldin Qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini chaqirib, unga uchta istagi bajarilishini buyurgan ekan:
1. Birinchi istagi - o‘sha davrdagi Usmonlilar sulolasining eng yaxshi tabiblari uning tobutini ko‘tarishini vasiyat qilgan;
2. Ikkinchi istagi - uning tobuti ko‘tarilib borilayotgan yo‘l bo‘ylab oltin tanga va qimmatbaho toshlar sochilishi;
3. Uchinchi istagi - qo‘llari tobutidan chiqarilib qo‘yishi va hammaga ko‘rinib turishini so‘ragan.
Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Sultonning bu istaklarini izohlab berishini so‘raganida, u shunday javob beradi:
Odamlar eng ulug‘ tabiblar ham o‘lim oldida ojiz ekanliklarini ko‘rishlari uchun, tabiblar mening tobutimni ko‘tarishsin.
Odamlar bu hayotda orttirgan hamma boyligimiz shu dunyoda hammamizdan qolib ketishini ko‘rishi uchun, mening barcha oltinlarimni tobutim bo‘ylab soching.
Dunyo podshohi bo‘lgan Sulton Sulaymon ham qo‘llari bo‘sh holda narigi dunyoga yo‘l olganini odamlar ko‘rib, xulosa chiqarishi uchun, mening qo‘llarimni chiqarib qo‘ying.
Usmonlilar sulolasi. XVI asr.
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
BY Stiv Jobs
Share with your friend now:
tgoop.com/Stiv_Jobs/14601