Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/Stiv_Jobs/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Stiv Jobs@Stiv_Jobs P.14592
STIV_JOBS Telegram 14592
Xikoya...

Rum shaxriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaxarda mashxur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xoxladi. Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qayerdaligini so‘radi.
Mo‘ysafid unga chevarning do‘koni qayerda ekanligini tushuntirib berdi va
ogoxlantirdi:
- Bolam, u mashxur chevar bo‘lgani bilan, qo‘li egri. Extiyot bo‘l. Mana man deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib
oladi.
- Ex otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan ko‘pini ko‘ribmanmi? Xali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri tug‘ilmagan!
- Bolam u juda moxir o‘g‘rida!
- Otaxon, mendan xech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun raxmat!
Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar
chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan
qimmatbaxo matoni yoydi. Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi. O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari xaqida
gapirardi, turli xil latifalar aytardi.
Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qaxqaxa otib kulardi.
Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi.
Keyingi safar undan xam kulguliroq latifa aytardi. Savdogar kulaverganidan
ko‘zlari yumilib ketar, bu onda chevar matoning yana bir parchasini qirqib olib
yashirar edi. Birdaniga chevar jim bo‘lib o‘z ishini bajarishda davom etdi.
- Ey chevar, juda qiziq latifalar bilar ekansan.
Nega jimib qolding? Davom et . . .
- dedi savdogar.
- Ey savdogar, agar yana bir marta latifa aytsam, senga kiyim tor kelib qoladi . . .
deb javob qaytardi.

Endi sizga bu
qaxramonlarni tanishtiray: Xikoyadagi savdogar bu - siz, men, barcha insonlar.
Mo‘ysafid esa bizga nasixat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, xikoya, ibratli
voqea va xokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaxo matosi
esa, insonning qimmatli vaqtidir. Dunyo shunday, sizga kulgili, ko‘ngil-ochar
narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan “zip” etib
qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi dunyoda. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va o‘zimga nasixat qildim

🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
👍73

tgoop.com/Stiv_Jobs/14592
Create:
Last Update:

BY Stiv Jobs

Share with your friend now:
tgoop.com/Stiv_Jobs/14592

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

1What is Telegram Channels? But a Telegram statement also said: "Any requests related to political censorship or limiting human rights such as the rights to free speech or assembly are not and will not be considered." bank east asia october 20 kowloon "Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. You can invite up to 200 people from your contacts to join your channel as the next step. Select the users you want to add and click “Invite.” You can skip this step altogether.
from us

Telegram Stiv Jobs
FROM American