tgoop.com/SShMirziyoyeva/2901
Last Update:
“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror” darajadan “ijobiy” darajaga yaxshiladi.
Bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonda Prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo‘ldi, bu esa iqtisodiy o‘sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman. Shu ma’noda, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda.
—
Международное агентство S&P Global Ratings улучшило прогноз суверенного кредитного рейтинга Узбекистана с уровня «устойчивый» до «позитивный».
Такая оценка свидетельствует о растущем доверии мирового финансового сообщества к реформам, проводимым в Узбекистане под руководством Президента, и подтверждает правильность избранного курса.
Благодаря усилиям главы государства страна стала более привлекательной для иностранных инвесторов, что содействует экономическому росту и напрямую влияет на повышение качества жизни граждан.
Как руководитель рабочей группы по повышению суверенного кредитного рейтинга страны я отдаю себе отчёт, что любое достижение нужно не только удерживать, но и улучшать. Поэтому впереди большая работа, требующая комплексного подхода и взаимодействия всех заинтересованных сторон.
BY Saida Mirziyoyeva

Share with your friend now:
tgoop.com/SShMirziyoyeva/2901