PHD_SARI_QADAM Telegram 656
🗣️ Professor ilmiy unvoni kimlarga beriladi?

Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga beriladi:

✔️ fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;

✔️ ilmiy unvonga ega bo‘lgan;

✔️ kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;

✔️ kamida bir o‘quv yili davomida ta’lim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida kafedra boshlig‘i o‘rinbosari yoki kafedra boshlig‘i lavozimlarida yoki ushbu lavozimlardan birida bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 stavka o‘quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig‘i), prorektori (direktor o‘rinbosari, boshliq o‘rinbosari), ilmiy kotibi, ta’lim muassasasining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo‘lim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o‘zgarish bo‘lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);

✔️Har bir bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarini taqdim etish huquqiga ega;

✔️ ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan yoki 10 nafar magistratura talabasi va 5 nafar bakalavr ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud davlat stipendiyalari tanlovlari yoki xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan);

✔️ dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 5 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan);

✔️ pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) yoki ta’lim muassasasi o‘quv dasturlariga mos keladigan 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan (o‘quv qo‘llanma yetarli bo‘lmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham o‘quv qo‘llanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan bo‘lishi lozim.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64

tgoop.com/PhD_sari_qadam/656
Create:
Last Update:

BY PhD sari qadam loyihasi

Share with your friend now:
tgoop.com/PhD_sari_qadam/656

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

1What is Telegram Channels? Choose quality over quantity. Remember that one high-quality post is better than five short publications of questionable value. Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! A Hong Kong protester with a petrol bomb. File photo: Dylan Hollingsworth/HKFP. Write your hashtags in the language of your target audience.
from us

Telegram PhD sari qadam loyihasi
FROM American