PANDA_BOOKS Telegram 5489
​​1-May sirli tarixi

​​"Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi"

Bu so'zlar 1887-yil 11-noyabrda Chikagoda 8 soatlik ish kunidagi namoyishda qatnashgani uchun osishga hukm qilingan mahbuslardan biri Avgust Shpisning so'nggi hukm oldi so'nggi so'zlari sifatida yangragandi.

Haymarket maydonidagi miting

1886-yil 1-may kuni bir guruh amerikalik ishchilar o'zlariga ish sharoitlarini yaxshilash va 8 soatlik ish kunini joriy qilishni talab qilib, katta namoyish va mitinglar o'tkazadi. Uning miqyosi kattalashib, salkam 80 mingga yaqin ishchi ish tashlashga qo'shiladi, butun mamlakat bo'ylab esa ish tashlaganlar soni 300 ming kishidan oshib ketadi.

Tabiiyki, hukumat qattiq choralar ko'radi. Chikagodagi namoyishlar politsiya tomonidan shafqatsizlarcha bostiriladi, 6 nafar odam o'ldiriladi, o'nlab kishi jarohatlanadi.

O'sha paytdagi mehnat sharoitlari juda og'ir edi: maoshlar nihoyatda past, ish vaqti esa 12-15 soatni tashkil qilardi. Shuningdek, bolalar mehnatidan foydalanish, ijtimoiy kafolatlar yo'qligi odamlarni nihoyatda og'ir axvolga solib qo'ygandi.

Ertasi kuni politsiya yuzlab "shubhali" odamlarni hibsga oladi. Ushbu operatsiya natijasida namoyishni boshlashda gumon qilinib 8 nafar anarxist sudga tortiladi.

1887-yil 11-noyabrda 4 ta anarxist A.Parson, A.Fisher, J.Engel va A.Shpis osishga hukm qilinadi, Ularni oq xalatda qatl joyiga olib kelishadi. Shunda ham mahbuslar xalqaro ishchilar harakatining madhiyasi bo'lgan "Marselyeza"ni jo'r bo'lib kuylashardi. Mahkumlarni so'nggi bor ko'rib qolmoqchi bo'lgan oila a'zolarini politsiya tomonidan hibsga olinadi. Qatldan oldin, osishga hukm qilinganlardan biri, Avgust Shpis: "Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi", deya baqiradi.

1893-yil 26-iyunda Illinoys gubernatori Jon Piter Altgeld ularni oqlash va yaqinlaridan kechirim so'ralgan rasmiy hujjatga imzo chekadi.

Bu sana bizning tariximizda ham katta iz qoldirgan, chunki Sobiq Ittifoqning butun tarixi davomida 1-May kuni "Ishchilar kuni" deya katta bayram qilib kelingan. Undan tashqari, Shimoliy Koreyada joylashgan, dunyodagi eng yirik stadion hisoblangan majmua ham "1-May" deb ataladi.

@panda_books

tgoop.com/Panda_books/5489
Create:
Last Update:

BY Panda Books

Share with your friend now:
tgoop.com/Panda_books/5489

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Write your hashtags in the language of your target audience. “Hey degen, are you stressed? Just let it all out,” he wrote, along with a link to join the group. In the next window, choose the type of your channel. If you want your channel to be public, you need to develop a link for it. In the screenshot below, it’s ”/catmarketing.” If your selected link is unavailable, you’ll need to suggest another option. Although some crypto traders have moved toward screaming as a coping mechanism, several mental health experts call this therapy a pseudoscience. The crypto community finds its way to engage in one or the other way and share its feelings with other fellow members. Matt Hussey, editorial director at NEAR Protocol also responded to this news with “#meIRL”. Just as you search “Bear Market Screaming” in Telegram, you will see a Pepe frog yelling as the group’s featured image.
from us

Telegram Panda Books
FROM American