ONA_TILI_TEZKOR Telegram 13704
#Ma'ruza

    🗣Tovush oʻzgarish hodisalari👄

Tovush oʻzgarish hodisalari yozuvdagi va ogʻzaki nutqdagi kabi ikki turga boʻlinadi.Yozuvdagi tovush oʻzgarish hodisalari-fonetik hodisa(fuziya hodisasi) deb ataladi.Yozuvdagi tovush oʻzgarish hodisalari uch turga boʻlinadi:
🔹Tovush tushishi;
🔹Tovush ortishi;
🔹Tovush almashinishi.

🔸TOVUSH TUSHISH HODISALARI: soʻz asosiga qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida soʻz asosida yuz beradigan tovush oʻzgarish hodisasi hisoblanadi.
#Masalan:
shahar+i =Shahri  (a tovushi tushib qoldi)
Oʻgʻil+i =oʻgʻli  (i tovushi tushib qoldi)
Men+ning= Mening  (n tovushi tushib qoldi)
Ayir+il  = ayril (i tovushi tushib qoldi)
Oʻrin+la+t =oʻrinlat (i tovushi tushib qoldi
Ogʻiz+aki= ogʻzaki (i tovushi tushib qoldi)
Sen+niki =seniki ( n tovushi tushib qoldi)
Qizil+ar=qizar (i va l tovushi tushib qoldi)
Quvon+a=quvna( o tovushi tushib qoldi).

🔸TOVUSH ORTISHI HODISALARI:
Soʻzga qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida asosda bir tovushning ortib ketish hodisasi.
#Masalan:

Achi+q=achchiq (ch tovushi ortdi)
Isi+q=issiq (s tovushi ortdi)
Shu+day=shunday (n tovushi ortdi)
U+im=unim (n tovushi ortdi)
Bu+im=bunim (n tovushi ortdi)
Obroʻ+im= obroʻyim (y tovushi ortdi)
Parvo+im=parvoyim (y tovushi ortdi)
Had+i=haddi( haddi sigʻmoq-d tovushi ortdi)
Rob+im=Robbim(b tovushi ortdi).

🔸TOVUSH ALMASHINISH HODISALARI-soʻzga qoʻshimcha qoʻshilishi ta'sirida soʻz oʻzagida yoki qoʻshimcha tarkibida tovushning oʻzgarish hodisasi hisoblanadi.Tovush almashinish hodisasi ikki holatda soʻz oʻzagida ham qoʻshimcha tarkibida ham boʻladi.
#Masalan:

Qayna+q=qaynoq (a tovushi o ga almashdi
Quvna+q=quvnoq( a tovushi o ga almashdi)
Oʻqi+v=oʻquv (i tovushi  u ga almashdi)
Son+a=sana (o tovushi a ga almashdi
Suva+q=suvoq (a tovushi o almashdi
Yosh+a=yasha (o tovushi a ga almashdi).
Yurak+im=yuragim(k tovushi g ga almashdi).
🔎Ushbu misollar tarkibida tovush almashinish hodisasi oʻzakda yuz berdi.Endi quyidagi misollarni diqqat bilan kuzatsak,tovush almashinish hodisasi qoʻshimcha tarkibida yuz bergan:
Qishloq+ga=qishloqqa ( ga qoʻshimchasi qa ga almashdi)
Yurak+ga=yurakka (g tovushi  k ga almashdi)
Chiq+guncha=chiqquncha(g tovushi q ga almashdi)
Chiq+gach=chiqqach(g tovushi q ga almashdi)
Chiq+gani=chiqqani(g tovushi q ga almashdi

📌Demak,tovush almashinish hodisalari ham oʻzak , ham qoʻshimcha tarkibida yuz berishi mumkin ekan.
#Diqqat🧐
📌Tovush oʻzgarish hodisalariga uchragan soʻzlar deyilganda har uch holat (tovush tushishi,ortishi,almashinishi) tushuniladi.
📌Tovush oʻzgarishiga uchragan soʻzlar fonetik tamoyil asosida yozilgan soʻzlar sifatida belgilanadi.

Boshqalarga ham ulashing!
Kanalga qoʻshilish👇

🦋@ONA_TILI_TEZKOR

tgoop.com/ONA_TILI_TEZKOR/13704
Create:
Last Update:

BY ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

Share with your friend now:
tgoop.com/ONA_TILI_TEZKOR/13704

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

bank east asia october 20 kowloon Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! It’s easy to create a Telegram channel via desktop app or mobile app (for Android and iOS): Among the requests, the Brazilian electoral Court wanted to know if they could obtain data on the origins of malicious content posted on the platform. According to the TSE, this would enable the authorities to track false content and identify the user responsible for publishing it in the first place. How to Create a Private or Public Channel on Telegram?
from us

Telegram ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU
FROM American