tgoop.com/Nimaga/1304
Last Update:
Nimaga "fast food" inson uchun zararli hisoblanadi?
— Istalgan "fast food" tarmoqlarining maqsadlari bir xil — mazali, arzon, tez tayyor boʻladigan va chiroyli taomlar tayyorlash. Ammo bu roʻyxatda "mijozlar sogʻlomligini taʼminlash" boʻlimi yoʻq! Xoʻsh, fast foodlar nimasi bilan zararli? 🤔
— Meʼyoridan ortiqcha (oʻrtacha 3-4 baravar koʻp) tuz, meʼyoridan ortiqcha shakar (yoki saxaroza), ortiqcha arzon kaloriya, ortiqcha miqdordagi arzon yogʻlar, mahsulotlarning yaroqlilik muddatini oshiruvchi konservantlar — bularning bari inson sogʻligi uchun katta xavf soladigan sabablar hisoblanadi. Agarda siz "fast food"lar isteʼmol qilsangiz, yuqoridagi "zaharlar"ni oʻzingizning tanangizga kirishini taʼminlayapsiz. Maslahatimiz — arzon emas, biroz qimmat boʻlsa ham sogʻlom taomlarni isteʼmol qiling 🥗
P.S. Fast foodlarga (lavash, turli xil burgerlar, sendvichlar, donar, hot dog, pitsa...) bogʻlanib qolgan tanishlaringizga ushbu postni ulashing.
👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
BY NIMAGA?

Share with your friend now:
tgoop.com/Nimaga/1304
