tgoop.com/Nimaga/1223
Last Update:
Nimaga Gift of Legacy piramida deb hisoblanadi?
— Ayni kunlarda "Gift of Legacy" nomli tarmoqli marketingga asoslangan dastur juda koʻp sodda insonlarni oson pul topish orzusi orqali oʻzlariga jalb qilishmoqda. Agarda yodingizda boʻlsa oldinlari shunga oʻxshash Beverlee (BeverOne), Golden Cash nomli dasturlarga ham bir qancha insonlar aldanib qolishgan edi.
— Ushbu tarmoqli marketing dasturlari — moliyaviy piramidaga oʻxshaydi (dastur tashkilotchilari moliyaviy piramida modeli orqali odamlar orasida "pul aylantiradi"). Moliyaviy piramida modeli orqali tashkilotchilar odamlar orasida "pul aylantirishadi". Yana siz 100$ bilan o'yinga kirasiz va o'zingiz bilan yana 8 kishini olib kelishingiz kerak. O'sha olib kelgan 8 kishi o'yinga kirish uchun har biri 100$ dan to'lov qiladi. Siz o'zingizni ishingizni bajardingiz va qo'shilgan 8 kishini pulini siz olib chiqib ketasiz. Bu zanjir uslubda davom etib ketaveradi.
— Dastur oxirida esa juda koʻp odam yutqizadi. Iltimos, sodda boʻlmang va hamma narsaga ham ishonib ketavermang!
P.S. Ushbu post ishonchli manbalar asosida tayyorlandi.
👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
BY NIMAGA?
Share with your friend now:
tgoop.com/Nimaga/1223
