tgoop.com/Mahbubiy_Adabiyot/4554
Last Update:
PAYG'AMBARIMIZ MUHAMMAD SALLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MUBORAK ISMLARI...
Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallamning muborak ismlari juda ko'p bo‘lib, ularning har biri ma'no va fazilat jihatdan buyuklini ifodalaydi. U zotning ismlari hadis va tarixiy manbalarda zikr qilingan.
📜 Muhammad ( محمد )
Ma'nosi: Maqtovga eng loyiq, ko'p maqtalgan.
👉 Bu ism Qur'onning to'rt joyida zikr etilgan.
📜 Ahmad ( أحمد )
Ma'nosi: ENG ko'p hamd qiluvchi yoki eng ko'p maqtaluvchi.
👉 Iso alayhisalom o‘z ummatiga kelajak payg'ambar sifatida shu ism bilan bashorat bergan. ( Saf surasi, oyat )
📜 Mustafo ( مصفى )
Ma'nosi: Tanlangan, saralangan.
👉 Alloh tomonidan payg'ambarlik uchun tanlangan zot.
📜 Habibulloh ( حبيب الله )
Ma'nosi: Allohning sevikli bandasi.
👉 ENG oliy darajadagi sevgi va yaqinlikni bildiradi.
📜 Rasululloh ( رسول الله )
Ma'nosi: Allohning elchisi.
👉 u zotning payg'ambarlik maqomini bildiradi.
📜 Nabiyulloh (نبي الله )
Ma'nosi: Allohning payg'ambari.
👉 Nabiy xabar olib keluvchi demakdir.
📜 Al-Mahi ( الما حي )
Ma'nosi: Kofirlikni yo‘q qiluvchi.
👉 U zotning bilan shirk va johillik yo'qoladi.
📜 Al-Hashir (الحا شر )
Ma'nosi: Odamlar oldida qayta tiriladigan kun uchun to‘planuvchi.
📜 Al-‘Aqib ( العا قب )
Ma'nosi: Oxirgi payg'ambar, unda keyin payg'ambar kelmaydi.
📜 Taha ( طه )
Ma'nosi: Alloh tomonidan berilgan hurmatli laqab.
👉 Qur'ondagi suralardan biri shu ism bilan ataladi.
📜 Yasin ( يس )
Ma'nosi: Ey inson yoki ey Mukarram zot.
👉 Qur'onda Yosin surasi boshida keltirilgan.
📜 Shofi‘ va Mushaffa‘
Ma'nosi: Shafoat qiluvchi va shafoati qabul qilinuvchi.
📜 Amin ( الأمين )
Ma'nosi: Ishonchli, sodiq.
👉 Makkada payg'ambarlikdan oldin shu nom bilan tanilgan.
@Mahbubiy_Adabiyot
BY Mahbubiy Adabiyot
Share with your friend now:
tgoop.com/Mahbubiy_Adabiyot/4554