Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2592 - Telegram Web
Telegram Web
Unicon soft'da qaynoqqina vakansiyalar 🤩

1. Middle/Middle+ Node.js Developer (2.5+ yil tajriba)

2. Middle/Middle+ Angular Developer (2+ yil tajriba)

Oyliklar kelishilgan holda, talablarga mos kelishiga qarab 1000$-4000$ oralig'ida.

#vacancy

@JoshDeveloper
Forwarded from Ping pong dev 🏓
Sardor og'a ham soqqa qilishdan ortib, tennis klubimizga keldi.

Sen qachon kelasan? 🫵

@pingpong_devg'alaba harakatda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aytishlaricha "Claude" yozgan emish bu kodni.

Yaxshi emaaas.... 🤨

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ping pong dev 🏓
Diqqat, yangilik! 🔥

Endilikda siz o'z kompaniyangiz xodimlarini bo'sh vaqtini samarali o'tkazish va "team building" qilish uchun, bizning "Ping pong dev" klubimizda ichki turnirlar o'tkazishingiz mumkin 🏆

Bizga bog'lanish uchun:
📞 94 994 47 07

#announcement

@pingpong_dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Binary data structures qachon ishlatilinishi va farqlarini bilasizmi?

Masalan, ArrayBuffer, Uint16Array, Int8Array...
Anonymous Poll
26%
Ha
52%
Yo'q
23%
Man JS'chi emasman (oddiy baxtli odamman)
Bugun kompaniyamiz xodimlari bilan "Ping pong dev"da team building qildik 🏓

#teamBuilding

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
It's dead 💀

O'zi vaqti ham kelgan edi...)

#noComment

@JoshDeveloper
Bizni sohamiz chuqur diqqatni talab qiladigan soha. O'rganishda ham, ishlashda ham.

Youtube'da shu mavzuda ajoyib kontentlar seriasini davomi chiqibdi. "Must watch" video ekan.

#tavsiya

@JoshDeveloper
Josh*Developer
Bizni sohamiz chuqur diqqatni talab qiladigan soha. O'rganishda ham, ishlashda ham. Youtube'da shu mavzuda ajoyib kontentlar seriasini davomi chiqibdi. "Must watch" video ekan. #tavsiya @JoshDeveloper
Challenge

Ushbu videoni ko'rganlar(ko'rmagan bo'lsangiz ham) bo'lsa, o'zi eng oxirgi ko'rgan yoki tomosha qilgan bachkana vaynerlarni xoh biriga xoh hammasiga spam berib, block qilamiz. Unday tarmoqlarni ishlatmaydiganlarga esa respect🫡

Kommentga "screenshot" tashlashni o'zim boshlab beraman.

#challenge

@JoshDeveloper
Tunda ishlash zararmi? 👨‍💻

Ko'pchilik yosh dasturchilar ijtimoiy tarmoqlarda tunda ishlash maroqli jarayon degan noto'g'ri targ'iblarga uchib, o'zlaridan "night owl" yasab olishyapti.

Bu masalada bitta maslahat bera olaman.
Tungi vaqt dam olish vaqti.
Biz borgan sari to'g'ri yaratilgan qonunlarga zid harakat qilyapmiz. Natijasini esa vaqt o'tishi bilan hamma o'zi ko'rishni boshlaydi va boshlayapti.

Shu sabab, sog'lom turmush tarziga qayting. "Tinchlik bo'ladi tunda, shu sabab ishlayman" - desangiz, tongda ham tinchlik bo'ladi.)
Kechasi ishlagandan, erta yotib, erta bilan turib ishlagan yaxshiroq.

Mening fikrim shu. Ammo, o'zim bunga qanchalik amal qila olyapman?
Buyog'i kompaniyalar ishchilari vaqtini samarali boshqarish masalasi...
Umid qilamanki bu og'riqli mavzuni O'zbek kompaniyalari ham yaqin orada tushunib yetadi.

#thoughts #nightWorking

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Rasman: Oʻzbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ramazon oyida Frontint.uz kursimiz to'liq 50% chegirmada sotiladi, Xudo xohlasa.

Olish niyati borlar bemalol @FrontintAdmin ga bog'lanishi mumkin.

#frontint

@JoshDeveloper
Web workers

Intervyularda kandidatlardan Web worker'larni tilga olmasdan, ularni ishlatishga mos holatlarda nima qilishlarini so'rayman. Ko'pchilik topa olmaydi.

Ularni ishlatishga mos holatlardan bu "Thread blocking operation"lar, masalan juda katta sikllar yoki rasm/videolar ustidagi amallar, og'ir "convertion"lar va hokazo.

"Web worker"larni ishlatish haqida batafsil ushbu ingliz tilidagi maqoladan topishingiz mumkin.

#javascript

@JoshDeveloper
Yurish — muhimroq!

Istalgan sohada hamma darrov natijaga erishishni(yugurib ketishni) xohlaydi.
Ammo, kamchilik bir qoidani biladi.

Consistency is key.

Yugurishni qo'ying, asosiysi siz shu yo'lda yuring. Bir kun yugurganlardan ham o'tib ketasiz. Davomiy bir yo'lda yurgan inson, shu yo'lda yugurib, charchab qolgan insondan yoki harxil yo'lda yurib ko'rayotgan insondan yaxshiroq.

Muhimi — yurish!

#thoughts

(Bir e'lonni reklama qilishni iltimos qilishgan edi, shuni post kommentidan topib olasiz 😉)

@JoshDeveloper
Forwarded from Janob Panda
TypeScript Go tilida qayta tug‘ilmoqda! Microsoftdan kutilmagan syurpriz!

Microsoft TypeScript kompilyatorini Go tilida qayta yozishga qaror qildi va bu IT olamida katta shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda! Nima uchun?

1. Tezlik - 10x oshadi!


TypeScript hozir JavaScript va TypeScript ning o'zida yozilgan, ammo katta loyihalarda bu Microsoft uchun qimmatga tushyapti. Masalan, VS Code sekin ishga tushadi, build jarayonlari esa cho‘zilib ketadi. Sababi, VS Code ham TS, JS da yozilgan (hozirgi yangi chiqayotgan AI ga asoslangan editorlarning 90% qismi ham VS Code ustiga qurilgan). Microsoft esa Go orqali bu muammoni yechmoqchi: Go’ning yengil tabiati va tez kompilyatsiyasi tufayli TypeScript 10 baravar tezroq ishlaydi. Dasturchi sifatida IDE ni ochib, bir soniyada ishlashni boshlashni xohlamaysizmi?

2. JavaScript dunyosiga moslik - Go C# dan ustun!


TypeScript JS ekotizimining yuragi. Go esa sodda sintaksisi va JS’ga o‘xshash tuzilishi bilan JS/TS dunyosiga C# ga qaraganda ancha yaqin. C# esa .NET runtime’ga bog‘liq va og‘irroq - uni har bir platformaga moslashtirish murakkab. Go esa bitta binary faylga aylanadi va Linux, Mac, Windows - hamma joyda bir zumda ishlaydi. JS dasturchilari uchun Go ni o‘rganish oson, C# esa "boshqa dunyo” dek tuyuladi.

3. Portlash oson - vaqt tejaladi!

Go bilan TypeScript’ni qator-ma-qator ko‘chirish mumkin, chunki uning xotira boshqaruvi (garbage collection) va soddaligi hozirgi mavjud kodni qayta yozishni osonlashtiradi. Agar C# tanlansa, .NET integratsiyasi va murakkab refactoring yillar talab qilardi. Go esa hozirgi semantikani saqlab, tez natija beradi. Aslida, Microsoft Rustni ham ko'rib chiqdi, ammo uni o‘rganish qiyinligi va qayta yozishdagi qiyinchiliklar uni bu tanlovlar safidan chiqardi.

4. C# ning darajasi pasaymaydi - bu strategik qadam!

“C# ni nima qilamiz?” deb xavotirlanmang. Microsoft C# ni Azure, korporativ dasturlar va boshqa sohalarda rivojlantirishda davom etyapti. Bu qaror C# ga xiyonat emas, balki TypeScript’ning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos yechim. Go bilan Microsoft nafaqat tezlik, balki JS hamjamiyatining ham ishonchini qozonmoqchi. Shu bilan birgalikda, bu yangilik C# haqida emas, TypeScript haqida. Microsoft MVP sifatida shuni ayta olamanki, Microsoftning C# bo'yicha ham zo'r yangiliklari bor ...

Dasturchilar, nima deysiz?

Endi TypeScript bilan editor va dasturlaringiz uchadi, Siz qanday fikrdasiz?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
IT blogger'lar o'rtasida stol tennisdan chempionat qilmaymizmi? 🌚

#taklif

@JoshDeveloper
Udemy'da korporativ ishlatish uchun akkount olganlar bormi?

"ITransition"da bitta akkount orqali kirardik hammamiz. Bunday yo'li hali ham bormi? Narxi va qanday olsa bo'larkin?
Rasmiy saytida bunday uslubini tabiiyki ko'rmadim.

Biladiganlarni kommentga chorlayman)

#udemy

@JoshDeveloper
Josh*Developer
Udemy'da korporativ ishlatish uchun akkount olganlar bormi? "ITransition"da bitta akkount orqali kirardik hammamiz. Bunday yo'li hali ham bormi? Narxi va qanday olsa bo'larkin? Rasmiy saytida bunday uslubini tabiiyki ko'rmadim. Biladiganlarni kommentga…
Yiliga kamida 800$ atrofida ekan, korporativ akkount olish. Hamma kurslar "free trial"da 14 kunga tekin ekan. Hozir ochib ko'ryapman.

Boshqa device'lardan ham kirib ko'rdim. Aftidan "Restrictions' yo'q. Ammo, "Terms and policies"da unday emas ekan...)

#udemy

@JoshDeveloper
2025/07/03 08:58:44
Back to Top
HTML Embed Code: