tgoop.com/JoshDeveloper/2877
Last Update:
Tepadagi "Poll"ni nega yubordim?
Keling mavzudan tashqari bo'lsa ham, ochiqchasiga gaplashaylik.
O'zimizda yo'q bo'lgan narsalarni o'ylayverib, bor narsalarimizdan lazzatlanmay qo'ydik a? Shunday emasmi? Uyi bor odam, mashina olsam baxtliroq bo'lardim deydi, oilasi bor odam uyim bo'lsa baxtli bo'lardim deydi... Xullas o'zimizda yo'q narsalar bizni baxtli qiladi deb o'ylayveramiz. Tan oling, ichingizdan o'tadi-ku?!
Tepadagi postga qarang, sizda bor narsalarni ko'pchilik "Menda yo'q va xohlayman" deb bosgan. Siz esa ularda bor narsalarni bosgansiz.
Keling, birinchi bo'lib o'zimizda bor narsalar uchun Xudoga shukur aytaylik va qadrlaylik. So'ng, yo'q narsalarni erishsa bo'ladiganlariga maqsad qo'yib intilamiz, erishsa bo'lmaydiganlariga esa.... hech yo'q qolganlar qadriga yetishiga chaqiramiz.
P.s: Agar tepadagilarni hammasi yo'q bo'lsa, boshqa ne'matlar bor 'poll'ga sig'magan, masalan shu postni o'qiy olishingiz))
#offtopic
@JoshDeveloper
BY Josh*Developer
Share with your friend now:
tgoop.com/JoshDeveloper/2877