tgoop.com/JoshDeveloper/2871
Last Update:
JS/Frontend devs lives matter!
Ko'p joylarda Frontend yo'nalishini biroz pastroq darajada deb o'ylaydiganlarni uchrataman, go'yoki Frontend'da og'ir, muhim va qiyin vazifalar yo'qdek.
Aslida esa Frontend dasturchini ishi shunchaki UI yaratish emas, balki:
— Loyiha tez ishlashini (Performance),
— Tez ochilishini (Initial load optimization),
— Hamma platformalar mos tushishini (Cross-platform compatibility),
— Turli ekranlarga mos tushishi (Responsiveness)
— Barcha toifadagi foydalanuvchilar ishlata olishini (Accessibility & UX),
— Xavfsiz bo'lishini (Security),
— Xatosiz bo'lishini (Testing & debugging),
— Kod sifatini yaxshi ushlashni (Maintainability)
va hokazolarni o'z ichiga oladi.
Aniq ayta olaman Frontend'dagi qilinadigan vazifalar boshqa yo'nalishlardan ko'p bo'lsa ko'pdirki, kam emas.
Agar siz 🫵 Frontend'ni oson sanayotgan bo'lsangiz, yo yaxshi dasturchi emassiz yoki Frontend'da chuqurroq ishlab ko'rmagansiz.
Postni barcha dasturchi tanishlaringizga yuboring 🌚
#frontend
@JoshDeveloper
BY Josh*Developer

Share with your friend now:
tgoop.com/JoshDeveloper/2871