tgoop.com/JoshDeveloper/2810
Last Update:
Tajriba yoki startup?
Linkedin'da bir postni o'qib qoldim.
Ma'nosi:
"19 yoshimda ishimni tashlab, boshqalarni emas, o'zimni orzuyimni qurishni tanladim."
(startup quraman deyapti post muallifi, tushunmaganlarga)
Shuni o'qib post yozgim keldi. O'zim bu borada qanday fikrdaman?
Bunday yosh paytdan startup qurishga qiziqish yaxshi, lekin fikrimcha birinchi boshqa joylarda ishlab, tajriba orttirish eng muhimi. Uyerdagi boshqaruv, kamchiliklar, biznes yechimlar, moliyaviy tomonlarini bir o'rganib, o'z yo'nalishida mutaxassis bo'lgan yaxshimi deb o'ylayman.
Lekin maqsad startup bo'lsa, juda ko'p ishlab yuborish ham bo'lmaydi. Chunki, yosh o'tgan sari tavakkal qilish qobiliyati kamayib boradi.
Demak, me'yorni bilish kerak. Tajribasiz holatda startup quraman deb chiranishlik biroz xato. Eng kamida bozordagi raqobatchilar yeb qo'yishadi.
Yosh dasturchilarga tavsiyam tajribani birinchi resurs deb baholang. Eng qimmatli resurs.
P.s: Ish topilmasa, tajriba uchun ham startup qilsangiz bo'ladi. Postda yosh dasturchilarga birinchi biror yo'nalishda tajriba olishni o'rniga startup quraman deyish haqida gap ketyapti.
#thoughts
@JoshDeveloper
BY Josh*Developer
Share with your friend now:
tgoop.com/JoshDeveloper/2810