tgoop.com/JoshDeveloper/1301
Last Update:
Xafa bo'lmang. (Yohud to'g'ri savol bering)
Dasturchi sifatida internetda ko'p insonlar bilan aloqada bo'lamiz, savollar so'raymiz. Hozir aytmoqchi bo'lgan narsam, shu savol so'raganingizda kutgan javobni olmasangiz, yoki umuman javob olmasangiz xafa bo'lmang.
Oxirgi kunlar o'zimda shu narsa ko'p bo'lyapti. Ko'pchilik yozadi, aytarlik yaxshi javob berolmayman ba'zida. Chunki, ba'zan oilaviy muommolar bilan telegramga kirgan bo'laman, ba'zan 2-3 daqiqaga kirgan bo'laman, ba'zan ishdagi yoki ko'chadagi muommolar bilan kirib qolaman. Kirsam, katta bir savol kelgan bo'lsa, javob berish ko'p vaqtni oladi. Shu holatda biroz xafa qilib qo'yganlarim ham bo'ldi.
Shu sabab bularni yozyapman. Insonlar hardoim ham birxil bo'la olmaydi. Vaqti ham hardoim bemalol emas.
Savollarni iloji boricha qisqa va lo'nda bering. Savol bersam bo'ladimi deb kutish shart emas. Kimgadir savol bermoqchi bo'lsangiz 99% holatda savol berishingizga ruhsat beradi. Siz esa vaqtni ketkazmasdan savolni yozib yuboravering. Savol ham tushunarli, ham qisqa bo'lsin. Savolingizga savol bilan murojaat qilinadigan bo'lsa, demak to'liq yaxshi savol emas.
O'zgalarni va o'zingizni vaqtingizni qadrlang va o'zgalarni to'g'ri tushuning.
@JoshDeveloper
BY Josh*Developer
Share with your friend now:
tgoop.com/JoshDeveloper/1301
