tgoop.com/Informatika/6864
Last Update:
Bitta texnik namuna beraman
Android va iOS tizimlarida ruxsatsiz kamera ishlatilishi
Modifikatsiyalangan APK yoki injeksiyalangan mobil ilova foydalanuvchi sezmagan holda kamera va mikrofonni faollashtirishi mumkin.
Misol: CameraManager API’si orqali kamera ochiladi, SurfaceTexture bilan video yoziladi, MediaRecorder bilan saqlanadi yoki uzatiladi.
Permissions oldindan berilgan bo‘lsa (yoki foydalanuvchi ilgari "Allow" bosgan bo‘lsa), yana qayta so‘ralmaydi.
Masofadan ishga tushirish (Remote Triggering)
Android’ga o‘rnatilgan orqa fonda ishlaydigan xizmat (background service) yordamida:
Camera cam = Camera.open();
cam.takePicture(null, null, pictureCallback);
iOS’da bu murakkabroq, lekin *jailbreak qilingan qurilmalarda yoki qurilma ekspluatatsiya qilingan bo‘lsa, bu ish ham bajariladi.
*Jailbreak - bu iPhone yoki boshqa qurilmalarning operatsion tizimini (iOS, Android va h.k.) ishlab chiqaruvchi cheklovlaridan xalos qilish, ya’ni qurilmani to‘liq boshqarish imkonini beruvchi jarayon. Bu orqali foydalanuvchi ruxsat etilmagan ilovalarni o‘rnatishi yoki tizim sozlamalarini o‘zgartirishi mumkin.
© Nurmuhammad Nursaidov
BY Informatika va AT
Share with your friend now:
tgoop.com/Informatika/6864