tgoop.com/Informatika/6831
Last Update:
Keyingi josus dastur - FinSpy!
FinFisher (FinSpy) - bu juda xavfli va professional josus dastur bo‘lib, uni Germaniyaning Gamma Group kompaniyasi ishlab chiqadi. Asosan davlat va maxsus xizmatlar uchun sotiladi. Pegasusdan ustunlik tarafi, barcha operatsion tizimlarda jumladan, Android, iPhone (iOS), Windows, Mac va Linux qurilmalariga yashirincha o‘rnashib oladi. Narxi o‘n minglab, ba’zan yuz minglab dollar bo‘lishi mumkin.
Dastur o‘zini yashiradi, foydalanuvchiga ko‘rinmaydi, antiviruslar ko‘pincha aniqlay olmaydi. Kamera, mikrofon, joylashuv, xabarlar, fayllar va messenjerlardagi ma’lumotlarni masofadan o‘g‘irlaydi. Oddiy odam o‘zi o‘rnata olmaydi, odatda faqat professional eksploit va zaifliklar orqali tizimga kiradi. FinFisher qurilmada borligini oddiy foydalanuvchi sezmaydi.
So‘nggi yillarda FinFisher texnologiyasi yanada xavfli bo‘lib, Kaspersky tadqiqotiga ko‘ra, u Windows, macOS va Linux qurilmalariga to‘rt bosqichli yashirinlik (obfuskatsiya) va hatto UEFI bootkit (tizim yuklanish bosqichida) orqali ham o‘rnatilishi mumkin. Bu, hatto operatsion tizimni to‘liq qayta o‘rnatishda ham spyware omon qolishini ta’minlaydi. Dastur oldin faqat nishonga olingan maxsus qurilmalarga o‘rnatiladi va serverga ulanishdan oldin “aniqlash vositalaridan qochish”ni tekshiradi.
Xavfsizlik uchun qurilmani va operatsion tizimni doim yangilab yurish, faqat ishonchli dastur va havolalardan foydalanish, shubhali fayllarga hech qachon kirmaslik tavsiya etiladi.
© Nurmuhammad Nursaidov
BY Informatika va AT
Share with your friend now:
tgoop.com/Informatika/6831