tgoop.com/Informatika/6824
Last Update:
Sun’iy intellekt bizni nodon qilmaydi, aksincha, bizni yanada zukko qiladi. U bizni to‘g‘ri savol qo‘yish zarurati bilan yuzlashtiradi. Sun’iy intellekt biz nimani istayotganimizni bilmaydi - shuning uchun har bir so‘rov uchun aniq savol ishlab chiqish nihoyatda muhim. Bu esa ko‘pincha o‘ylaganimizdan ko‘ra murakkabroq bo‘ladi.
Kerakli savolni to‘g‘ri, aniq va maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish uchun chuqur fikr yuritish talab etiladi. Keyin esa, sun’iy intellekt bergan javobdan muammoni hal qilishda foydalanish mumkin. Bu fikrlash jarayonini talab qiladi, va aynan shu jarayonda sun’iy intellekt bizga o‘z muammolarimizni aniqroq ifoda etishga va yechimlarni maqsadli qo‘llashga yordam beradi.
Sun’iy intellektdan to‘g‘ri va samarali foydalanish oddiy ish emas - bu muayyan bilim va mehnatni talab qiladi.
©Nurmuhammad Nursaidov
@XizmatlarAI
BY Informatika va AT
Share with your friend now:
tgoop.com/Informatika/6824