tgoop.com/Informatika/5895
Last Update:
Hozirgi urushlar jumladan dron urushlari. O’zbekistonda hatto rasm olish dronlarni fuqaroviy maqsadlarda ishlatilishga yo’l qo’yilmasligi, menimcha, milliy xavfsizligimiz uchun katta muammo.
O’rta asrlarda Xtoyliklar “porox” ya’ni miltiqdorini birinchi bo’lib o’ylab topishgan, lekin “ichki siyosat masalasi” deb uni qo’llashni taqiqlashgan. G’arbliklar esa poroxni ancha kech o’zlashtirishgan, lekin Xitoyni bosib olishayotganda aynan texnologik ustunliklari - poroxli qurollarni qo’llashda Xitoydan ancha o’tib ketishgani uchun g’alaba qilishgan.
Bizni kimdir bosib oladi demoqchi emasman, lekin ixtiyoriy mamlakatda yuzlab mingta odam yuzlab xil dronlardan foydalana olsa, o’sha mamlakatni xavfsizligi darajasi yuqoriroq bo’ladi. Biz bu texnologiyadan foydalanishga qo’ymasligimiz jiddiy masala. Masalan mobil telefonlaridan juda kichik guruh foydalana olsa, u ham milliy xavfsizlik masalasi degan bo’lar edim, chunki hozirgi urushlarda, kommunikatsiya muhim. Dronlar ham shunday masala. Ko’proq odam foydalanishi - yaxshiroq.
Bir iqtibos:
Ukrainaliklar kelayotgan rus dronlarini aniqlash uchun mikrofonlarga ulangan 180 sm uzunlikdagi ustunlarga 8000 ta uyali aloqa telefonini mamlakat bo'ylab o'rnatdilar.
O’sha uskunalar 84ta dan 84ta hujum qilayorgan dronlarni aniqladilar va ulardan 80 tasini havo mudofaasi qurollari bilan otib tashlashdi.
Uskuna narxi: $500
--General Jeyms Hecker, AQSh havo kuchlari qo'mondoni, Yevropa
BY Informatika va AT

Share with your friend now:
tgoop.com/Informatika/5895