tgoop.com/Informatika/5819
Last Update:
🇬🇧 2024-yilda Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash istagidagi nomzodlar 17-fevral soat 9:00 dan 18:00 gacha “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
❗️Nomzodlar uchun muhim ma'lumotlar:
1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo'lish.
2. 2024-yil iyun-dekabr oylarida ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
3. 2023-yil 10-11-noyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarga ushbu tanlovda qatnashish tavsiya etilmaydi.
4. Ro'yxatdan o'tishda @gmail.com bilan yakunlanuvchi elektron pochta va +998 bilan boshlanuvchi xalqaro telefon kodi bilan raqamlarini ko‘rsatish (Mobiuz mijozlari uchun foydalanishda uzilishlar bo'lyotgani sababli boshqa provayderlar orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi), xorijga chiqish pasporti bo‘lishi va barcha ma’lumotlar ushbu pasportdagidek lotin harflarida kiritlishi shart (aks holda nomzod keyingi bosqichga qo‘yilmaydi).
☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 yoki 1282 qisqa raqami