tgoop.com/Informatika/5709
Last Update:
Ausbildung o’zi nima va u qanday dastur?
“Ausbildung” dasturi bu – ma’lum kasbga yo’naltirilgan, nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o’rgatish uchun Germaniya mehnat vazirligi tomonidan tashkil etilgan dastur hisoblanadi.
Dasturda kimlar qatnasha oladi ?
Ushbu dasturning o’ziga xos xususiyat va imkoniyatlaridan biri shuki, dasturda qaysi davlatdan bo’lishingiz, jinsingiz, mavqeyingiz ahamiyat kasb etmaydi. Dasturda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan barcha qatnasha oladi.
Dastur talablari qanday ?
Dasturda qatnashib Germaniyaga ketguncha 18 yoshga to’lgan bo’lish ;
Kamida maktab, kollej, litsey yoki Oliy ta’lim muassasasini tugatgan va diplom/shahodatnomaga ega bo’lish ;
Nemis tilini kamida A2+ va B1 darajada bilish va til sertifikatiga ega bo’lish ;
Muayyan kasbga bo’lgan qiziqish va motivatsiya ;
Jamoada ishlay olish ;
Dasturda nimalar bo’ladi ?
Dastur qatnashuvchisi tanlagan kasbiga ko’ra muayyan firmada kasbni amaliyot o’tagan holda o’rganadi. Amaliyot haftada 3-4 kun bo’lib o’tadi. Amaliy mashg’ulotlardan tashqari, kasb bo’yicha nazariy bilimlarni haftada 2-3 kun kasb maktabida o’rganadi.
Nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni mukammal o’rganish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.
Kasb maktabi uchun ketadigan o’quv xarajatlari dasturda amaliyot o’tayotgan korxona tomonidan to’liq qoplab beriladi.
Dastur nima bera oladi ?
Dastur qatnashchilari muayyan kasbni nazariya va amaliyotni umumlashtirgan holda kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib chiqishadi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatganlar diplom olish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Bitiruvchilarning 70-80 % qismi o’sha firmada yoki shu sohada doimiy ishga joylashishadi.
Dastur davomidagi amaliyot uchun 800-1300 yevro miqdorida oylik haq to’lanadi. Oylik ish haqi har yili 150 yevro atrofida oshirib boriladi.
Bitiruvchilar Germaniyada kasb mutaxassisi bo’lib chiqish va doimiy ishlash imkoniyatini qo’lga kiritishadi.
Diplom orqali kasb mutaxassisi sifatida nafaqat Germaniyada, balki butun dunyoda ishlash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
👉 @Informatika
BY Informatika va AT
Share with your friend now:
tgoop.com/Informatika/5709