Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 365-sonli “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kambag‘al oilalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining to‘garak xarajatlarining 80 % gacha qismi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

❗️ 7–11 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

Darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) tashkil etiladi;
To‘garak xizmatlari faqat davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida taklif etiladi;
Oylik to‘lov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

❗️ 12–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, o‘zbek, rus tillari va adabiyoti bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi;

Oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

❗️ 15–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha to‘garaklar;
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

Axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishidagi to‘garaklar;
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 4 baravarigacha.

🖋 O‘quvchi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda to‘garak xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasidagi shartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi.

😲 To‘garaklar 9 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
👥 Har bir o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki to‘garakni tanlashi mumkin.

💵 To‘lovlar va davomat haqidagi ma’lumotlar kelajak.uzedu.uz elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram-kanalida AUDIO-CHAT!

👮‍♂️ Ekspert — Dilnoza Husanova, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

😲 Mavzu: "Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar himoyasi: yangicha yondashuvlar"

🎙 Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
Bolalarni oilaviy muhitda tarbiyalashni ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlar
Vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari
Oilaviy bolalar uylarini tashkil etish
Psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar

🖋 Agar sizda shu mavzuga oid savollar bo‘lsa, oldindan @IHMA_savollar manziliga yozib yuborasiz — savollaringizga efirda javob beriladi!

🖋 10-oktabr kuni
😲 soat 16:00 da

💿 Barchani ushbu qiziqarli muloqotda kutamiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Faol hayotga qadam” dasturi — yangi imkoniyatlar sari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PQ–171-son qaroriga muvofiq, Joriy yilning 1-iyundan “Faol hayotga qadam” dasturi amalga oshirildi.

Dastur doirasida 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etildi:

uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam
uy sharoitida qarab turish
tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
kunduzgi qatnov asosida qarab turish
shaxsiy yordamchi xizmati

🔮 Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati
Bu xizmat orqali shaxsning jismoniy va ruhiy imkoniyatlari tiklanadi,
asoratli kasalliklar oldini olinadi, oila a’zolari esa parvarish ko‘nikmalariga o‘rgatiladi.

Xizmatdan reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda insult yoki jarohat olgan 18 yoshdan katta fuqarolar foydalanishi mumkin.

❗️ Asosiy maqsadlar:

hayot sifatini yaxshilash
mustaqillikni oshirish
jamiyatga moslashuvni ta’minlash
nogironlik oqibatlarini yengillashtirish
psixologik qo‘llab-quvvatlash

🎅 “Faol hayotga qadam” — insonparvarlik va sog‘lom hayot sari qadam!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

🎙 "Oltin voha" radiosining "Qadr" eshittirishida yo'lga qo'yilgan yangi xizmatlar haqida sо‘z boradi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qizimga 2.0" media-loyihasing ilk ishtirokchisini kutib oling!

#Qizimga

UMIDJON NASULLAYEV:
SEN MENI NAFAQAT QIZIM, BALKI TUYG'ULARIM, HAYOTIM VA BAXTIMSAN…


Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu media-loyiha orqali, qizlar uchun adolatli va xavfsiz dunyo yaratish yo‘lida otalarning qizlar hayotidagi rolini qanchalik muhim ekanini yana bir bor eslatmoqchi.

Bu loyiha 11-Oktabr Xalqaro qizlar kuniga bag’ishlanadi. Bizga qo'shiling! Befarq bo'lmang.

Siz ham bu media-loyihada ishtirok etishni xohlasanggiz, qizingizga yo'llayotgan maktubingizni @qizimga_bot botiga yo'llashingiz hamda ijtimoiy tarmoqlarda Agentlik sahifalarini belgilagan holda joylashtirishingiz mumkin bo'ladi.

#Qizimga #OtaVaQizi

***********************

Встречайте первого участника медиа-проекта "Для дочери 2.0"!

#ДляДочери

УМИДЖОН НАСУЛЛАЕВ:
ТЫ НЕ ПРОСТО МОЯ ДОЧЬ, ТЫ - МОИ ЧУВСТВА, МОЯ ЖИЗНЬ И МОЕ СЧАСТЬЕ...


Национальное агентство социальной защиты с помощью этого медиа-проекта хочет еще раз напомнить о важности роли отцов в жизни девочек на пути к созданию справедливого и безопасного мира для них.

Этот проект посвящается Международному дню девочек, который отмечается 11 октября. Присоединяйтесь! Не оставайтесь равнодушными.

Если вы также хотите принять участие в этом медиапроекте, вы можете отправить письмо, адресованное вашей дочери, боту @qizimga_bot, а также разместить его на страницах Агентства в социальных сетях, отметив страницы Агентства.

#ДляДочери #ОтецИДочь

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla ayollari uchun tikuvchilik va marketing bo‘yicha trening o‘tkazildi

🤝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida, Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida “Tikuvchilikda zamonaviy dizayn va marketing orqali biznesni rivojlantirish” mavzusida trening tashkil etildi.

👥 Treningga Shahrisabz va Gʻuzor tumanidan 30 dan ortiq “Kambag‘allik reyestri” da turgan va nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olindi.

Maqsad: Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, daromadlarini oshirish hamda marketing ko‘nikmalarini mustahkamlash.


💻 Ishtirokchilarga:

Mahsulot g‘oyasini ishlab chiqish;

Tikuv va pardozlash texnikasi;

Ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot usullari;

Narx belgilash va qadoqlash strategiyasi bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#adaptiv_sport

📅 Misrning Qohira shahri para pauerlifting bo'yicha o'smirlar (U-18) va yoshlar (U-21) o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

👥 27 ta mamlakatdan jami 120 nafar sportchilar qatnashgan ushbu nufuzli musobaqada har ikki yosh toifasidagi terma jamoamiz ishtirok etib, yakunda umumiy hisobda 27 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

🥉 Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan qashqadaryolik, Og‘abek Asadullayev 72 kg vazn toifasi bo'yicha Jahon chempionatining kumush medali sohibi bo'ldi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6
Sizlar uchun foydali ma’lumotlarni jamladik! Ushbu ma’lumotlar haqida to‘liq axborot olish uchun o‘zingizga kerakli matn ustiga bosing!

↗️ Jami ommaviy axborot vositalarida Agentlik faoliyatiga oid 32 ta televideniye, 16 tasi radio, 130 tasi onlayn media va 13 tasi gazetada e’lon qilindi. Umumiy qamrov 17 millionni tashkil qiladi. Quyida ularning aksariyati bilan tanishishingiz mumkin.

❗️ Mahalliy OAV

UzA: Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganidan keyin murojaatlar soni kamaydi.

Uz: “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

podrobno: Государство выплатило миллиарды сумов пособий на погребение

UzA: Вакилларимиз "Соғлом ва фаол узоқ умр" мавзусидаги II Халқаро форумда иштирок этди

UzDaily: Государство выплатило семьям в Узбекистане 22,3 млрд сумов на организацию похорон в сентябре

Uz: Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olishi, mehnat qilishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

Uz: ИЖТИМОИЙ АДОЛАТЛИ ЖАМИЯТ

Uz24: Ortga qaytmas islohotlar

Yuz. uz: Россияда қаровсиз қолган олти нафар вояга етмаган болалар Ўзбекистонга қайтарилди

Repost: Из России в Узбекистан вернули шесть детей, оставшихся без попечения родителей

❗️ Xalqaro OAV


Всем ли годится китайский опыт?

Первый в Узбекистане Центр адаптивной физкультуры и спорта позволит готовить до 150 специалистов в год

❗️ Ijtimoiy xodimning bir kuni media loyiha


Ijtimoiy xodim nafaqat ko'makchi balki, har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining sirdoshi hamdir.

❗️ 2 yil 2million taqdir media loyiha


Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tufayli fuqarolar jamiyatda o’z o’rnini topmoqda

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊👍
Inklyuziv
ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 365-sonli “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kambag‘al oilalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining to‘garak xarajatlarining 80 % gacha qismi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

❗️ 7–11 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

Darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) tashkil etiladi;
To‘garak xizmatlari faqat davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida taklif etiladi;
Oylik to‘lov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

❗️ 12–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, o‘zbek, rus tillari va adabiyoti bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi;

Oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

❗️ 15–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha to‘garaklar;
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

Axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishidagi to‘garaklar;
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 4 baravarigacha.

🖋 O‘quvchi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda to‘garak xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasidagi shartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi.

😲 To‘garaklar 9 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
👥 Har bir o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki to‘garakni tanlashi mumkin.

💵 To‘lovlar va davomat haqidagi ma’lumotlar kelajak.uzedu.uz elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironlik belgilashda yagona standartlar hamda raqamlashtirilgan tizim ishga tushdi. Endi murojaatlar mahalla darajasida qabul qilinadi.

Fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida "Inson" markazi, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali va oilaviy shifokorlar orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Avval, bemorlar faqat tuman markaziy poliklinikalarning vrachlik-maslahat komissiyalariga "qatnab" murojaat qilgan. Bu oson bo‘lmagan. Chunki Respublikadagi 720 ta mahalla tuman markazidan 30 kmdan uzoq bo‘lgan masofada joylashgan. Ular nogironlik belgilatish uchun bir necha bor tuman markaziga borishga majbur bo‘lgan.


Yangi raqamlashtirilgan standartlar nogironlik belgilatish jarayonida inson omilini kamaytiradi va ortiqcha qog‘ozbozlikka barham beradi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” respublika tanlovini E’LON QILADI

Tanlovning maqsadi — Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish.

Tanlov ishtirokchilari —Nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
:

1. Namunaviy shaklda ariza
2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilgan eng samarali bitta loyihaning batafsil tasnifi (taqdimot).
3. Loyihani samarali amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilish muddatlari — 2025 yil 15-oktyabrdan 2025-yil 15-noyabr kuniga qadar.

G‘oliblarni mukofotlash tartibi
1-o‘rin uchun - BHMning 100 baravari,
2-o‘rin uchun - BHMning 70 baravari,
3-o‘rin uchun - BHMning 50 baravari.

Tanlov ishtirokchisi tomonidan hujjatlar yuboriladigan manzillar —ihma@exat.uz
Telefon raqam —71-239-59-24

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖋 “Navqiron” gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ijtimoiy himoya” tizimida yangi standart!

❗️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning farzandlariga ko‘rsatiladigan reabilitatsiya xizmatlari bo‘yicha milliy standart ishlab chiqildi.

🖋 Yangi hujjat:
jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va psixologik xizmatlar tartibini belgilaydi;
xizmatlarning sifati, davriyligi va tarkibi bo‘yicha aniq talablarni o‘rnatadi;
jabrlanganlarni himoya qilish, xavfsizlik, teng imkoniyat va maxfiylik tamoyillariga asoslanadi.

🤝 Rehabilitatsiya markazlari yordami:
vaqtincha boshpana;
tibbiy va psixologik yordam;
huquqiy ko‘mak va hujjatlarni tiklash;
ishga joylashish, ta’lim olishda yordam;
kasbga o‘rgatish xizmati;
bolalar uchun ta’lim va parvarish imkoniyatlari.

Har bir jabrlangan ayol va bola o‘zini xavfsiz, himoyalangan va qo‘llab-quvvatlangan his etishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/15 19:54:58
Back to Top
HTML Embed Code: