Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qizimga2.0 media-loyihasi
💚 Yuragimning bir parchasi — jonim qizim...
Sen — dunyodagi eng kuchli qizsan. “Saraton” deb ataluvchi og‘ir dardni yengayotganingni ko‘rib, sabr va hayotning haqiqiy qadrini o‘rgandik.
Sen bor joyda nur, mehr va umid bor. Ilohim, umr yo‘ling uzun, rizqing mo‘l bo‘lsin.
👮♂️ “Qizim — hayotimning bezagi”
Turdiboyev Umrzoq,
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani
❗️ 2025-yil 23-sentabr kuni bizning oilamizga qiz farzand — Aziza tug‘ildi.
Shifokorlar “qiz” deganlarida, quvonchimdan tilla do‘koniga yugurib bordim. Chunki ayolim menga eng katta sovg‘ani — qizimni berdi.
🖋 “Har safar kechqurun ishdan qaytsam, qizim tinchlanadi. Dadasining charchaganini sezadi-da, uyquga ketadi.
Men endi tushundim — qiz farzand otaning suyanchi, yuragining eng nozik joyi.
Qizim albatta o‘qiydi, hunarli, mustaqil va kuchli ayol bo‘lib ulg‘ayadi.”
❗️ “Erkaklarga aytmoqchiman: iltimos, qizlarga hurmat bilan qaranglar. Ularni aldamanglar, ularning ishonchini suiiste’mol qilmanglar. Qizlar — mehr va ishonch timsoli.”
***********************
Bu loyiha 11-Oktabr Xalqaro qizlar kuniga bag’ishlanadi. Bizga qo'shiling! Befarq bo'lmang.
Siz ham bu media-loyihada ishtirok etishni xohlasanggiz, qizingizga yo'llayotgan maktubingizni @qizimga_bot botiga yo'llashingiz hamda ijtimoiy tarmoqlarda Agentlik sahifalarini belgilagan holda joylashtirishingiz mumkin bo'ladi.
#Qizimga #OtaVaQizi
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Sen — dunyodagi eng kuchli qizsan. “Saraton” deb ataluvchi og‘ir dardni yengayotganingni ko‘rib, sabr va hayotning haqiqiy qadrini o‘rgandik.
Sen bor joyda nur, mehr va umid bor. Ilohim, umr yo‘ling uzun, rizqing mo‘l bo‘lsin.
Turdiboyev Umrzoq,
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani
Shifokorlar “qiz” deganlarida, quvonchimdan tilla do‘koniga yugurib bordim. Chunki ayolim menga eng katta sovg‘ani — qizimni berdi.
Men endi tushundim — qiz farzand otaning suyanchi, yuragining eng nozik joyi.
Qizim albatta o‘qiydi, hunarli, mustaqil va kuchli ayol bo‘lib ulg‘ayadi.”
***********************
Bu loyiha 11-Oktabr Xalqaro qizlar kuniga bag’ishlanadi. Bizga qo'shiling! Befarq bo'lmang.
Siz ham bu media-loyihada ishtirok etishni xohlasanggiz, qizingizga yo'llayotgan maktubingizni @qizimga_bot botiga yo'llashingiz hamda ijtimoiy tarmoqlarda Agentlik sahifalarini belgilagan holda joylashtirishingiz mumkin bo'ladi.
#Qizimga #OtaVaQizi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teleloyiha
ANONS: Insondan —insongacha: ijtimoiy xodim bilan bir kun
“Insondan insongacha” nomli maxsus teleloyiha navbatdagi sonida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Shahrisabz, Qarshi, Koson tumanlarida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodim bir kunlik xizmat faoliyati haqida so'z boradi.
Ko‘rsatuvda fuqarolarning mavjud ijtimoiy dasturlardan qoniqishi va takliflari, so‘nggi islohotlarning amaliy natijalari hamda ko‘rilayotgan choralarning jamiyat farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uzviy tarzda yoritiladi.
🎬 Ko'rsatuv tez kunda efirga uzatiladi.

👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Fayzli kun" musiqiy dam olish dasturining mehmoni Nishon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Gulzora Ergasheva.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Forwarded from Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
17-oktyabr – Butun jahon kambag‘allikka qarshi kurashish kuni
❗️ Bugun yurtimizda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilib, insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Kambag‘allikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. “Kambag‘al oilalar reyestri” ishga tushurildi. Shu kunga qadar 667 mingdan ortiq oila kiritildi.
↗️ Bu shunchaki raqamlar emas — har bir taqdirning ortida yordam va yangi imkoniyatlar olgan haqiqiy oilalar, bolalar, keksalar va nogironligi bo'lgan insonlar turibdi.
Shu boradagi islohotlarning, insonlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni yorituvchi filmni tomosha qiling.
Biz har kuni — har bir inson hayoti yaxshilanishi, manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va har bir oila farovonligi yo‘lida mehnat qilishda davom etamiz.
Telegram | Х
Facebook | Instagram
1992-yil 22-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 47-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyaga binoan, har yili 17-oktyabr Xalqaro kambag‘allikni tugatish uchun kurash kuni sifatida nishonlanadi.
Shu boradagi islohotlarning, insonlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni yorituvchi filmni tomosha qiling.
Biz har kuni — har bir inson hayoti yaxshilanishi, manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va har bir oila farovonligi yo‘lida mehnat qilishda davom etamiz.
Telegram | Х
Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
2 YIL 2 MILLION TAQDIR
Ikki yil – ikki million taqdir - bu yuz minglab insonlarning orzusi va umidi bilan to‘qilgan tarixdir. Ortida ikki yillik mehnat, qat’iyat va eng muhimi — insonga bo‘lgan ishonch yotadi.
Ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar — bu oddiy…

👏4
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram-kanalida AUDIO-CHAT!
👮♂️ Ekspert — BEXZODBEK ABDUHAKIMOV — Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi
😲 Mavzu: NOGIRONLIKNI BELGILASHNING RAQAMLASHTIRILGAN TIZIMI
🎙 Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
✅ Nega yangi tartib joriy qilindi va avvalgi tizimdagi muammolar nimalardan iborat edi?
✅ Elektron tizim qanday ishlaydi va fuqarolar qanday bosqichlardan o‘tadi?
✅ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va oila shifokorlarining roli qanday?
✅ Qaysi kasalliklar bo‘yicha majburiy davolanish talabi bekor qilindi?
✅ Nogironlikni muddatsiz belgilash mezonlari qanday soddalashtirildi?
✅ Raqamlashtirish korrupsiyani qanday kamaytiradi?
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
🇺🇿🤝🇮🇹 O‘zbekiston va Italiya ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Rim shahrida Italiya mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri xonim Marina Elvira Kalderone bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Suhbat davomida milliy va mintaqaviy darajadagi ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildik. Jumladan, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tajriba almashish, aholining zaif qatlamlarini faollashtirish dasturlari, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish va ijtimoiy xodimlar salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdik.
Alohida e’tibor Italiya tajribasiga — inklyuziv bandlik, kasbiy tayyorgarlik hamda uchinchi sektorning ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishdagi ishtirokiga qaratildi.
Shuningdek, hamkorlik to‘g‘risida doiraviy hujjat imzolash imkoniyati ham ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ijtimoiy sohadagi aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv konstruktiv va samimiy ruhda o‘tdi. Bu muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

🔥2👏2👍1
#adaptiv_sport
👫 Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalari bo'lib o'tdi.
🟢 Unda viloyatdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufida bo'lgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati o'quvchilari ishtirok etdi.
🏃 Mazkur musobaqa sport bilan shug'ullanuvchi eng sara o'quvchilarni aniqlab berdi va yakunda ishtirokchilar musobaqaning respublika bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Bilasizmi?
Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi masalalarni hal qilishda 10 yoshga to‘lgan bolaning roziligi talab qilinadi:
➖ familiyasi, ismi va ota ismini o‘zgartirishda;
➖ ota-onalik huquqining tiklanishida;
➖ bolani farzandlikka olishda;
➖ farzandlikka olishni bekor qilishda;
➖ bolani oilaga tarbiyaga berishda.
📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi masalalarni hal qilishda 10 yoshga to‘lgan bolaning roziligi talab qilinadi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
🇺🇿🤝🇮🇹 O‘zbekiston va Italiya nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida
Rim shahrida Italiya nogironlar masalalari bo‘yicha vaziri xonim Alessandra Lokatelli bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, bandlikni oshirish, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirish, adaptiv sportni rivojlantirish hamda to‘siqsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, nogironlar masalalari bo‘yicha Milliy harakat dasturlarini ishlab chiqish jarayonida tajriba almashish, qo‘shma o‘zbek-italiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish va hamkorlik to‘g‘risida doiraviy hujjat imzolash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv o‘zaro tushunish va samimiy hamkorlik ruhida o‘tdi. Ushbu muloqot O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ijtimoiy himoya va inklyuziya sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

👍3
#infografika
Qashqadaryoda yanvar-sentyabr oylari davomida 2 385 nafar nogironligi bo'lgan bolalar ta'lim va tarbiyaga qamrab olindi (foto)