Plastikdan dorilar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi
Edinburg universitetidan olimlar Escherichia coli bakteriyasi yordamida plastik (PET)dan parasetamol (asetaminofen) ishlab chiqarishga muvaffaq bo'lishdi.
Ular teriftalik kislotasini olib, shu bakteriya orqali parasetamolga aylantirgan. Bu jarayon 24 soatdan kam vaqt oladi va 90–92 % samaradorlikka ega
Bu texnologiya hozircha ilmiy-eksperimental bosqichda va industrial miqyosda ishlab chiqishga tayyor emas. Ammo kelajakda bu usul plastikni qimmatli dorilarga aylantirish imkonini beradi va bu atrof-muhitga foydali bo‘lishi mumkin.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

⚡️Olimlar yangi «Gvada-manfiy» qon guruhini aniqlashdi, u sayyorada faqat bitta odamda mavjud.
Yangi qon guruhi Karib dengizidagi Gvadelupa orolida yashovchi ayolda operatsiya oldidan standart testlar topshirilganida tasodifan topildi. Ma’lum bo’lishicha, noyob genetik mutatsiya tufayli uning qonida ilgari fanga ma’lum bo’lmagan antitelalar paydo bo’lgan, shuning uchun u faqat o’ziga donor bo’lishi mumkin.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlarga og’riqni his qilishni o’rgatishdi: Kembrij olimlari teginishni his qiladigan sun’iy terini yaratishdi.
Buning uchun ko’plab sensorlar o’rnatilgan yupqa gidrogel plyonkadan foydalanishdi. Neyron tarmoqqa har bir ta’sir turini tanib olishni o’rgatish uchun unga tegishdi, yoqishdi va kesishdi.
Ushbu texnologiya yordamida odamning teginish hissini tiklaydigan protezlar yoki teginishni his qila oladigan robotlar yasash osonroq bo’ladi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Buning uchun ko’plab sensorlar o’rnatilgan yupqa gidrogel plyonkadan foydalanishdi. Neyron tarmoqqa har bir ta’sir turini tanib olishni o’rgatish uchun unga tegishdi, yoqishdi va kesishdi.
Ushbu texnologiya yordamida odamning teginish hissini tiklaydigan protezlar yoki teginishni his qila oladigan robotlar yasash osonroq bo’ladi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink miya implantlari endi fikr kuchi bilan nafaqat o’yinlar o‘ynashga, balki robot qo’llarni boshqarishga ham imkon beradi.
Sinovlar davomida shol bo’lgan odam faqat harakatlarni o’ylab, robot qo’lni boshqarib flomaster bilan yuk mashinasini chizishga muvaffaq bo’ldi, kelajakda uning chipini kibernetik protezlar va robotlarga ulash mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari, Ilon Mask 2026-yilda ko’rish qobiliyatini tiklaydigan birinchi chipni implantatsiya qilishni, 2028-yilda esa depressiya va boshqa ruhiy kasalliklarni davolashni boshlashga va’da berdi.

🥛 Pasterizatsiya nima?
Pasterizatsiya — bu sut, sharbat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini muayyan haroratda qisqa vaqt isitib, ichidagi xavfli mikroblarni o‘ldirish usulidir.
📆 Bu usulga 1860-yillarda fransuz olimi Lui Paster asos solgan. U sharob va pivo tez buzilishini o‘rganar ekan, mikroorganizmlarni issiqlik bilan zararsizlantirish mumkinligini isbotladi.
▪️Kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni (masalan, Salmonella, E. coli, Listeria) yo‘q qilish
▪️Mahsulotning saqlanish muddatini uzaytirish
▪️Oziq-ovqatning ta’mi, rangi va qiymatini saqlab qolish
🔥Turlari
▪️Oddiy pastеrizatsiya
63°C da 30 daqiqa
▪️Tez pastеrizatsiya
72°C da 15 soniya
Sut sanoatida aynan shu usul keng qo‘llanadi
▪️Ultra pastеrizatsiya
135°C da 2–5 soniya
Mahsulot 6–9 oy buzilmay turadi
⚡️Eslatma: Pasterizatsiya sterilizatsiya emas! Ya’ni, u hamma mikroblarni emas, faqat xavfli va faol ko‘payuvchi turlarini yo‘q qiladi. Shuning uchun pastеrizatsiyalangan mahsulotlar ham sovitkichda saqlanishi kerak.

👍2❤1
Toronto, 1922 yil.
Shahar kasalxonalaridan birida umrining so‘ngi lahzalarini yashayotgan bolalar yotardi. Ular diabetning og‘ir shakli — ketoasidozdan aziyat chekar, shifokorlarda ham, ota-onalarda ham hech qanday umid qolmagan edi. Palata qo‘rqinchli qabristonga o‘xshardi: har bir to‘shakda — o‘lim bilan kurashayotgan bola, yonlarida — ko‘z yoshini to‘xtata olmayotgan ota-onalar.
Ana shunday kunlarning birida palata eshigi ochilib, universitetdan kelgan bir necha olim kirib keldi. Ular yonlarida yangi, avval hech kim eshitmagan preparat — insulinning tozalangan ekstraktini olib kelishgandi. Shifokorlar navbatma-navbat bolalarga ushbu suyuqlikni yuborishni boshlashdi. Ular oxirgi bolaga ukol qilguncha, ilk ukol qilingan bola jonlanib, ko‘zlarini ochdi. Insulin - shu tariqa bemorlar hayotiga kirib keldi.

🔥3❤2
Birinchi antibiotik qanday paydo bo‘lgan?
1928-yilda Aleksandr Fleming laboratoriyasidagi tartibsizlik orasida, stafilokokk o‘sayotgan Petri (zamburug‘lar, bakteriya kabilar o‘stiriladigan idish) idishi ichida mog‘orsimon zamburug‘lar guruhi paydo bo‘lganini ko‘rib qoldi. Guruh atrofidagi stafilokokk shaffof rangda edi. Bu uning hujayralari o‘lganidan darak berardi. Olim o‘ylay-o‘ylay, hujayralarni parchalaydigan penitsillin moddasini ajratib chiqardi, aynan shu modda birinchi antibiotik sifatida tarixga kirdi.
Shu tariqa olimning laboratoriyasida o‘sgan tasodifiy zamburug‘lar millionlab hayotlarning haloskoriga aylandi.

👍2
Dorixona narkomaniyasi yosharib boryapti: bemorlar ro‘yxatida 10 yoshli bola ham bor
O‘zbekistonda «dorixona narkomaniyasi» yosharib boryapti. 5 mingga yaqin odam narkologik bemorlar dispanser hisobida tursa, ular orasida 10 yoshli bola ham bor. Bu haqda Respublika bosh narkologi Zarifjon Ashurov ma’lumot berdi.
Mutaxassisga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurashda tanani davolashdan tashqari, psixologik muammolarni hal qilishga va ijtimoiylashuvga ahamiyat qaratish zarur. Chunki, Ashurovning ta’kidlashicha, yoshlarning aksariyati giyohvandlikka psixologik muammolar sabab berilyapti.
«Hozir giyohvandlik yo‘liga kirib qolish, asosan, ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq. Yoshlar bilan suhbatlashganimizda, aksariyati psixologik muammolarni sabab qilib ko‘rsatadi. „Yaqinlarim meni eshitmaydi“, „fikrim bilan hech kimning ishi yo‘q“, kabi sabablarni keltiradi», — dedi u.

👨⚕️ Amerikalik shifokor robotni masofaviy boshqarib bemorning o’simtasini olib tashlashga muvaffaq bo’ldi.
Bu «kontinentlar aro robotli jarrohlik» texnologiyalari sinovida birinchi bemor edi. Shifokor Florida'da bo’lgan, bemor esa Afrikada, operatsiya robot yordamida amalga oshirilgan.
Jarrohning aytishicha, kelajakda bunday favqulodda operatsiyalar to’g’ri tez yordam mashinasida kasalxonaga ketayotgan paytda amalga oshirilishi mumkin.

❤1🔥1
👨⚕️Virtual shifokor haqiqiylardan o’zib ketdi.
MAI-DxO yangi neyron tarmog’i shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxis qo’ymoqda. Microsoft GPT, Gemini, Claude, Llama va Grok'dan tashkil topgan «kengash»ni tashkil qildi — ular birgalikda simptomlarni, testlarni tahlil qilishadi va o’zaro maslahatlashib aniq tashxisni qo’yishadi.
Sinov 304 ta murakkab tibbiy holat bo’yicha o’tkazildi. SI 80% hollarda to’g’ri tashxis qo’ygan, shifokorlar esa atigi 20% hollarda.
Ushbu neyrotarmoqning ommaviy versiyasi yaqinda chiqariladi.

❗️Magistraturaga qabul boshlandi
2025–2026 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistraturasiga hujjat qabul qilish boshlandi.
🗓 Arizalar my.edu.uz orqali 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Tanlovda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.

🔥2
Google sun’iy intellekt — AlphaFold yordamida yaratilgan yangi rakka qarshi dori vositasini klinik sinovdan o‘tkazishni boshladi
Bu sun’iy intellekt nafaqat oqsillarning shaklini aniq bashorat qila oladi, balki ularning DNK, RNK, ionlar, antitelalar va dori molekulalari bilan o‘zaro ta’sirini ham modellashtira oladi. Tuzuvchilarning ishonch bildirishicha, ushbu texnologiya barcha turdagi kasalliklarni davolashga yordam berishi mumkin
AlphaFold avval boshqa dorilarni yaratishda ham samara ko‘rsatgan edi, ammo bu — uning rakka qarshi birinchi klinik sinovi hisoblanadi.

🕰️ Olimlar «qarish soati»ni yaratishdi: endi miyani atigi bitta MRT'si yordamida qancha umr qolganini taxminan aniqlash mumkin.
Buning uchun miya tasviri DunedinPACNI modeliga yuklanadi, u qarish tezligini 315 mezon asosida baholaydi va yoshga bog’liq kasalliklarni yaqin yillarda rivojlanish ehtimolini aniqlaydi.
Ya’ni yurak xuruji yoki demensiyani ularning alomatlari paydo bo’lishidan oldin aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa kasalliklarni inson salomatligiga xavf tug’dirmasidan oldini olish imkonini beradi.

❤3
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat qildi
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat yo‘lladi. U korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turganini ta’kidladi va bu bo‘yicha murojaat uchun qisqa raqam va Telegram bot qoldirdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri soha xodimlari va fuqarolarga murojaat qilib, tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi.
Vazir murojaatida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga barham berish, byurokratik to‘siqlar va inson omiliga bog‘liq muammolarni bartaraf etish yo‘lida keng ko‘lamli choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu jarayonda jamoatchilik faolligi va fuqarolarning ko‘magi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qayd etilishicha, hali hanuz ayrim tibbiyot muassasalarida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turibdi. Bu esa islohotlar samaradorligiga putur yetkazmoqda, fuqarolarning tibbiyotga va mutaxassislarga bo‘lgan ishonchini zaiflashtirmoqda.
Murojaatda vazirlik tizimda ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish maqsadida bir qator tashkiliy-amaliy ishlarni boshlab yuborgani qayd etilgan.
Jumladan:
- DMED nomli Yagona tibbiyot axborot tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan;
- sohaga oid byudjet mablag‘larining sarflanishi va korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha «Situatsion markaz» tashkil etilgan;
- tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish jarayonlari raqamlashtirilgan, tajriba tarzida Buxoro viloyatida sinov loyihasi boshlangan;
- rahbar kadrlarga zamonaviy menejment, hisobchilarga esa moliyaviy bilimlar bo‘yicha o‘quvlar yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, vazir korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga duch kelgan fuqarolarni 1203 qisqa raqami, ssvantikor_bot Telegram boti va [email protected] elektron manzili orqali SSVga murojaat qilishga chaqirdi.
«Fikr va takliflaringiz biz uchun muhim. Har bir murojaat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi va zarur choralar ko‘riladi», — deya ta’kidladi vazir.
Manba: gazeta.uz

Forwarded from MAQSUD MUXTOR
"Qizil imperiya" olimlar va ilmli insonlar yurti deb bilmagan, paxta yetishtiruvchi qoloq bir vassal sifatida qaragan. Bu ham yetmagandek 80-yillarda "O'zbek ishi" yoki "Paxta ishi" degan baloni xalqimiz boshiga soldi. Paxta qulligi qanchadan-qancha o'quvchi va talabalarni ta'limdan kamida har yili 4 oyga mosuvo qildi.
Quyida Kun.uz jamoasi tomonidan "Paxta qulligiga" atab tayyorlangan hujjatli filmni ko'rishingiz mumkin.
Ko'ring va xulosa qiling.
https://youtu.be/dLAP56Ra9kE?si=OfyE-_xnF3UMRpSA
@Maqsud_Muxtor

❤1
Ambidekstriya nima?
Ambidekstriya - ikki qo‘lda bir xil faoliyat olib borish qobilyati bo‘lib, tug‘ma yoki hayoti davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda bitta qo‘l yetakchi bo‘lmaydi.
Bunday odamlar biror harakatni o‘ng va chap qo‘lda bir xil tezlik, aniqlik va kuchda bajara oladi.
Bunday odamlarda ikkala yarim sharlar bir xilda ishlaydi va ular shuning hisobiga istalgan kasb yaxshi egallay olishlari mumkin.
Yaponlar bekorga boshlang‘ich sinfdan ikki qo‘lda yozishga o‘rgatishmaydi. Shuning uchun ularda olimlar juda ko‘p.

⚠️ Ot dumi sindromi (cauda equina sindromi) — bu favqulodda nevrologik holat bo‘lib, orqa miya sohasidagi bosim yoki shikastlanish natijasida asab ildizlari ishdan chiqadi.
Belgilari:
🔹 Belning kuchli og‘rig‘i
🔹 Son, dumba yoki oyoqlarda uvishish, karaxtlik
🔹 Oyoqlarda kuchsizlik
🔹 Siydikni ushlab turolmaslik yoki hojat chiqarolmaslik
🔹 Jinsiy funksiyaning buzilishi
🔹 "Egar" shaklidagi dumba sohasida hissiyot yo‘qolishi
🛑 Eslatma: Bu alomatlar paydo bo‘lsa, kechiktirmasdan shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling! Tezkor jarrohlik aralashuvi ko‘p hollarda asab funksiyasini saqlab qolishga yordam beradi.

#kun_hikmati
«Tirikchilik haqidagi o‘ylar shifokorni
bemor va tibbiyotdan chalg‘itmasligi uchun u qimmat otda yurishi, qimmat uzuk taqishi, yaxshi uyda yashashi kerak».
Abu Ali ibn Sino - zamonaviy tibbiyot otasi.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi deyarli barcha muammolar yechimini bundan ming oldin Ibn Sino bobomiz bir so‘z bilan aytib o‘tganlar. Qarangki 1000 yil o‘tsa ham, mohiyat hali ham o‘sha-o‘sha!