Telegram Web
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
Rahmat aytganlar tirik qoladimi?

Ba'zan futuristik xayollar miyamni chulg'ab oladi. Chuqur o'yga tolaman. Deyarli har kuni ko'pchiligimiz sun'iy intellekt xizmatidan foydalanamiz. Unga savollar beramiz, gibli uslubida rasmlar tayyorlatamiz trenddan qolmay deb albatta.

Lekin sun'iy intellekt bilan hamma har xil munosabat qiladi. Masalan, ba'zi odamlar unga siz deb murojaat qiladi va biror bir natija olgandan keyin xuddi odamga aytgandek rahmat aytadi. Ba'zi odamlar esa uni sansiraydi, yaxshi mahsulot yoki natija olsa ham rahmat aytmaydi.

Robotlar asrida yashayapmiz, har kuni yangi robotning taqdimot haqidagi xabarlarni o'qiymiz. Vaqti kelsa ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmasak kerak.

Oradan vaqtlar o'tib sun'iy intellekt robotlar boshqaruvini o'z qo'liga olsa va odamlar nazoratidan chiqib ketsa nima bo'ladi? Ular taftishni boshlab yubormasmikan? Yomon munosabat qilganlar og'ir jazolar bilan jazolanmasmikan?

Shunda rahmat aytganlar tirik qoladimi...

Maqsud Muxtor. Toshkent. 7-aprel

@Maqsud_Muxtor
🔥2
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nimaga aynan kechqurun uyqumiz keladi yoki qorung‘u xonada tezroq uyquga ketamiz?

Buning asosiy sababi epifiz(g‘urrasimon bez)da ishlab chiqariladigan melatonin gormonidir. Gormonning asosiy vazifalaridan biri - davriy uyqu yuzaga keltirishdir. Gormonning qondagi miqdori kechqurun kundugiga nisbatan 30 barobar ko‘p bo‘ladi, ya’ni yorug‘likka bog‘liq holda kechki payt ishlab chiqarilishi ko‘payadi. Tungi soat 2:00 da maksimum miqdorga yetadi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍2
⚡️14 yoshlik maktab o’quvchisi yurak xastaliklarini 7 soniyada aniqlaydigan dastur yaratdi.

Hindistonlik Siddhart Nandyala SI ishlab chiqish bo’yicha rasmiy sertifikatlangan eng yosh mutaxassis hisoblanadi. Uning dasturi 15 000 kishida sinovdan o’tkazildi va natija 96% hollarda to’g’ri bo’ldi.

Sun'iy intellekt asri boshlandi. Endi bolalarga tug'ilganidan sun'iy intellektni o'rgatamiz shekilli.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
⚡️Reels va Shorts'larni ko’rishni to’xtatamiz. Olimlar qisqa videolar haqiqiy qaramlikka olib kelishi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini isbotlashdi.

Asosiy alomatlar: uyqu buzilishi, depressiya, diqqatning pasayishi va xotira buzilishini o’z ichiga oladi. Ha, tezkor kontent shunchalik zararli.

Eng qizig’i, buni odat qilib olganlar asosan o’smirlar emas, balki 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan odamlardir.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍4
🧠 Ilon Mask'ning Neuralink kompaniyasi miyaga chiplarni implant qilish uchun butun dunyo bo’ylab arizalarni qabul qilishni boshladi.

Ilgari ko’ngillilar faqat AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyadan qidirilar edi, hozir esa mamlakat rol o’ynamaydi, ammo muhim shart mavjud — odamda tetraplegiya (tananing ko’p qismining falaji) bo’lishi kerak.

Hozirgacha Neuralink chiplari uchta bemorga o’rnatilgan va ularning barchasi fikr kuchi bilan kompyuterlarni boshqara olishadi!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍1
⚡️AQSh'da dunyodagi eng kichik yurak stimulyatori yaratildi: uni shprits yordamida kiritish mumkin, ishlashi uchun energiyani esa tananing biologik suyuqligidan oladi.

Texnologiya birinchi navbatda, operatsiyadan keyin vaqtinchalik elektr stimulyatsiyasini talab qiladigan yurak nuqsoni bilan tug’ilgan bolalar uchun ishlab chiqilgan.

Uni olib tashlash ham shart emas, vaqt o’tishi bilan organizmda to’liq so’rilib ketadi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐺 Amerikaning Colossal startapi bundan 12 000 yil oldin yo’q bo’lib ketgan dahshatli bo’rilarni «tiriltirdi».

Olimlar oddiy kulrang bo’rilarning genetik kodini qadimgi bo’rilarning (dire wolves) DNK'siga o’xshatish uchun o’zgartirishdi va keyin tahrirlangan tuxumlarni surrogat onaga joylashtirishdi. Natijada uchta bo’ri tug’ildi — ikkita o’g’il va bir qiz. Ular allaqachon oddiy kulrang bo’rilarning bolalaridan 20-25% kattaroqdir.

Kelajakda ular xuddi shunday yo’l bilan dodo qushlarini va mamontlarni ham «tiriltirishni» rejalashtirishgan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍2
🦠 Saraton va viruslarga qarshi yangi inqilobiy vaksina ishlab chiqildi. U immunitetni 150 barobar kuchaytira oladi.

• Xitoylik olimlar tarixdagi eng kuchli SABER vaksinasini ixtiro qilishdi.
• U antigenlarni immun hujayralarining ilgari erishish imkoni bo’lmagan muhim hududlariga yetkazib beradi.
• SABER sichqonlarda sinovdan o’tkazilganida ulardagi barcha melanomani butunlay yo’q qildi!
• Vaksina kiritilgan sichqonlarda COVID-19 ga qarshi immunitet, uni olmagan sichqonlarga qaraganda 150 marta kuchliroq bo’lgan.
• Vaksinani odamlarda sinovlari yaqin orada o’tkazilishi kutilyapti.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍3
Intellektual yumor muxlislari diqqatiga!

Stand-up janiri bizda unchalik ommalashmagan. Lekin stand-up nimaligini sifatli yumor ixlosmandlari yaxshi bilishadi. Bachkanalikdan xoli intellektual yumorni faqatgina shu maydondan topishingiz mumkin.

Abbos Serobov men bilgan yosh stendaperlar ichida eng yaxshisi, uning ayniqsa mana shu hazili juda ma'qul kelgan.

Agar siz intellektual yumorning shinavandasi bo'lsangiz, sizga Abbos Serobovning 2-mayda bo'lib o'tadigan "Epizod" nomli stand-up konsertini tavsiya qilaman. Ishonamanki maroqli dam olasiz.

Chiptalarni quyidagi havola orqali sotib olishingiz mumkin: https://www.tgoop.com/sahnastandup_bot?start=67e80b18b3e41_uz

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempioni!

Baraka yigitlar! Ota-onangizga rahmat!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
OQ LIBOS

Inson bu dunyoga kelib, ko'z ochgan chog'i boshida turgan oq libosli odamni ko'radi.
Inson bu dunyoni tark etib, ko'z yumayotgan chog'i boshida turgan oq libosli odamni ko'radi.
Doktorlarga ta'zim qiling!

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O'tkir Hoshimov

Kanalga ulanish:👉@Maqsud_Muxtor
👍5
Yangi tashkil etiladigan poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar bo‘ladi. Oilaviy shifokor va hamshira malaka sertifikati olsa, yana shuncha ustama to‘lanadi.

“Bir so‘z bilan aytganda, oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz. Bu orqali biz shunchaki oylikni emas – inson qadrini oshirgan bo‘lamiz. Lekin, natija ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
⚡️Olimlar insonni ko’rish qobiliyatini operatsiya va lazerlarsiz tiklashni o’rganishdi — Janubiy Koreyalik biologlar ko’z to’r pardasining nerv hujayralari regeneratsiyasini ishga tushiruvchi preparatni yaratishdi.

— Hamma gap ko’zning tiklanishiga to’sqinlik qiluvchi Prox1 oqsilida. Yangi preparat shu oqsilni bloklaydi va ko’zning regenerativ mexanizmlarini faollashtiradi.

— Preparat allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Prox1 bloklanishi ta’siri 6 oy yoki undan ko’proq vaqt saqlanib qoldi.
Odamlarda klinik sinovlar 2028-yilda boshlanadi.


Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
Jahon chempionati muborak bo'lsin azizlar
🔥1
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Hayitlik uchun futbolchilarimizga katta rahmat!

Kanalimiz👉 @Maqsud_Muxtor
🔥2
🐍 “Ilon yutgan bemor”

Qadimda bir bemorning qorni shishib ketgan. Tabib uni ilon yutib yuborgan deb hisoblaydi va ilonni chiqarish uchun bemorni hushsiz holga keltirib og‘ziga issiq sut to‘kadi. Go‘yoki ilon sutni ko'rib chiqib keladi...

🐍 Kamninaning kinoyasi: Haqiqiy ilon ichkarida emas, balki tashqarida edi. Bemorlarni aldov orqali davolash va pulini olishga urinish qadim zamonlardan beri mavjud. Sodda bo'lmang!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men futbolni emas, 1000KITOBdagi darsni tanladim.

10-iyun kuni hamma futbol ko'rayotganda men darsda edim.
Shu kuni 1000KITOBda muharrirlar maktabining birinchi darsi bo'lib o'tdi. Darsni loyiha kontent-menejeri, jurnalist, filolog hamda bloger Eldar Asanov o'tib berdilar. Ajoyib dars bo'ldi, ilmiy matn va Ilmiy-ommabop matn bilan bog'liq ko'plab bilimlarni oldik.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
⚡️Odamlar filmlardagi kabi tez regeneratsiya qilish qobilyatiga ega bo’lishlari mumkin — olimlar allaqachon ilg’or texnologiya ustida ishlashmoqda va bunda aksolotllar yordam bermoqda.

• Aksolotllarda uzilgan oyoq-qo’llarning o‘sishiga mas'ul bo’lgan elementlar — retinol kislota va shox geni topildi. Retinol kislota suyaklar, bo’g’imlar va mushaklarning qayta o’sishi uchun javobgardir.

• Ma'lum bo’lishicha, nazariy jihatdan bu genlarni odamlarga ham o’tkazish mumkin. Buning uchun bizda barcha kerakli hujayralar mavjud — bunday regeneratsiya ustida tadqiqotlar allaqachon boshlangan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Teri va derma so‘zlari o‘zakdoshmi?

Yunoncha δέρμα "teri" so‘zi δέρω "shilib olmoq" fe’liga borib taqaladi (ruscha "drat, deret"). Ya’ni dastavval shilib olingan hayvon terisi nazarda tutilgan.

Bu so‘z prahind-yevropacha *derǝ- "shilib olmoq" fe’liga borib taqaladi. Tanish tuyulmayaptimi?

O‘zimizning "teri" ham qadimda qaysi bir hind-yevropa tilidan o‘tgan. Eroniy tillardan bo‘lsa kerak — avestacha dereto‌- "shilmoq" degani. Demak, eski shakli ham deri bo‘lgan, keyin anlautdagi d yumshab, t'ga aylangan.

Manba: @AsanovEldar

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
🔥3😁1
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
🔰 Yoshlar haqidagi stereotiplar

Ko‘p eshitamiz: “Bekorchi hammasi, tarmoqdan bosh ko‘tarmaydi, faqat pulni o‘ylaydi bular…” degan gaplarni.

Ammo ishonavering — bular stereotiplar, xolos.

📚 Rasmda ko‘rayotganingiz yoshlar — bilimli, dunyoqarashi keng, har qanday mavzuda chuqur fikr yurita oladigan, hatto murakkab ilmiy masalalarda ham qat’iy pozitsiyasiga ega.

🎓 Hozir muharrirlik bo‘yicha intensiv kursda ta’lim olayapti. Bu esa bitta haqiqatni isbotlaydi: ertaga o‘zbek muharrirligi nafaqat yashaydi, balki rivojlanadi.

Yoshlar – bizning kuchimiz, umidimiz va kelajagimiz!

© Beruniy Alimov

Kanalimiz👉 @Maqsud_Muxtor
👍3
2025/10/04 06:39:58
Back to Top
HTML Embed Code: