tgoop.com/Dr_Muxtorov/1252
Create:
Last Update:
Last Update:
Toshkent davlat tibbiyot universitetining hindistonlik talabasi samolyotda parvoz vaqtida inson hayotini saqlab qoldi
2025-yil 29-iyul kuni Toshkent-Dehli yo‘nalishidagi aviareysida parvoz vaqtida tobi qochgan yo‘lovchiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida tahsil olaytogan hindistonlik talaba — Mohamed Aneyes birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoldi.
“Toshkentdan Dehliga uchayotganda samolyotda “Agar bortda shifokor yoki tibbiyot xodimi bo‘lsa, iltimos, ekipajga xabar bering” degan e’lon berildi. Shu payt men: “Ha, men shifokorman, yordam bera olaman”, dedim. Bemor 48 yoshli ayol kishi boʻlib, u juda bezovta edi, qattiq xavotirga tushgan. Men bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini tekshirganimda yurak urishi tezlashgani, ya’ni taxikardiya xuruji kechayotganini aniqladim. Darxol bemorga karotid massajini qilishga kirishdim va taxminan 10-15 soniyadan so‘ng u o‘zini yaxshiroq his qila boshladi. Samolyot Dehliga qo‘ngach bemorni shifokorlarga topshirdik” - deydi universitet talabasi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
BY Doctor Muxtorov
Share with your friend now:
tgoop.com/Dr_Muxtorov/1252