tgoop.com/DrAlgorithm/907
Create:
Last Update:
Last Update:
Ta’limdagi o‘zgarishlar yaxshi-mi?
Bizning ta’lim tizimi haqida ko‘p gaplar bo‘lmoqda. Yangi o‘zgarishlar kiritilmoqda. Menga bu aysbergni eslatvordi.
So‘nggi 30 yilda ta’limda kamida 5 ta katta o‘zgarish bo‘ldi. Va "negadir" hammasi muvaffaqiyatli emas. Rejalashtirilgan demoqchi bo‘laman, lekin uyushtirilganga o‘xshaydi.
Kitob muqovasi sotuvchi oshiradi, lekin mag‘zi kabi ko‘p emas.
Ta’limda o‘qitish manbalari (darslik, qo‘llanma kabi) ustida ishlamas ekanmiz, yangi bino qursak ham, yillar sonini sanasak ham natija yaxshilashmaydi.
Bir vaqtlar ta’limda yurganim uchun hozir ham ko‘p kuzatib turaman. Yaxshi tavsiya berayotgan ustozlar bor. Negadir eshitgimiz kelmaydi. Ota-onalar ham eshitmaydi. Vaholanki....
Muammo ustozlarda emas. Muammo ularga qo‘yilgan talablarda.
* Alifbo almashdi.
* Baholash tizimi 4 marta almashdi. (Ball, baho, ball+, Ball Pro Max)
* Maktab turi almashdi. (Bog‘cha, boshlang‘ich, katta sinf, kollej, litsey, gimnaziya)
* Universitetni aytmasa ham bo‘ladi. (Oliy ma’lumot, Tugallanmagan "chala" oliy, Oliy (magistr), Nomzod+Doktor -> PhD, keyin DSc, Akademiklar esa, rahmatli bo‘lib ketishdi)
Sizning ham asabingiz buzildimi?
- Muammoni hamma biladi, yechimdan gapir, yechimdan, - deysizmi?
20 yil avval chet davlatidagi ta’lim vazirligida bo‘lgan edim. Malaka oshirish maqsadida borgan edim. Biz uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan juda ko‘p foydali ma’lumotlar olganman.
Ta’lim vazirligi ichida har bir fan bo‘yicha kafedralar bor. Matematika, fizika, tarix, Ingliz tili va boshqalar.
Har bir kafedra o‘zining faniga ixtisoslashgan. U yerda maktabda dars berib, natijaga erishgan ustozlar ishlaydi. Chekka hududdan bo‘lsa ham markazga ko‘chirib o‘tkazishadi. 3-4 yillik shartnoma tuziladi. Keyin yana maktabiga qaytib ketadi.
Vazirlikda yaqin yashaydigan odam emas, fanni yaxshi biladigan ustoz ishlashi kerak.
Har yili yangi kitob chiqadi. Har yili!
- Darslik kitobi, o‘quvchi uchun.
- Dars berish qo‘llanma kitobi, dars beruvchi ustoz uchun.
- Imtihon savollari, yil davomida olinadigan barcha katta va kichik imtihon, so‘rovnoma, olimpiadalar.
- Tarqatma materiallar, veb saytlar, multimedia va boshqalar.
Kitob yozish qiyin. Chiroyli kitob chiqarish yanada qiyin.
Shu sababli vazirlik ichida:
- Dizaynerlar ishlaydi. Ustozlar bergan kitobni dizayn qilishadi.
- Nashriyoti bor. Barcha kitoblar shu yerda chop etiladi.
Faraz qiling, fizika kafedrasi kitob tayyorladi. Dizaynerlar uni dizayn qiladi. Nashriyot 1-2 dona rosmana kitob chop etadi. Keyin fizika ustozlari kitobni tekshirib, xatolari ustida ishlashadi.
Masalan, "A nuqtadan, B nuqtaga obyekt 120km/soat tezligida yo‘lga chiqdi...."
Dizayner olmaxon chizib qo‘ydi. Fizika ustoz uni poyezdga almashtiradi.
Til kafedrasi yiliga o‘nlab kitoblarni o‘z tiliga tarjima qildiradi. Tashqi tarjimonlardan foydalanadi.
Bu tizimda kimga maza?
- Vazirlikdagi fan ustoziga. O‘zini fanidan maza qilib kitob yozadi.
- Maktab o‘qituvchisiga. Material tayyor, qanday dars o‘tish tayyor, imtihon savollari tayyor, tarqatma material va uy ishi ham tayyor. Dam olib dars o‘tadi. Charchab emas.
- Vazirlik va rahbarlarga ham yaxshi. Rostdan ham ta’lim sifati oshadi.
Xulosam
Bizga o‘qitish manbalarini yasab beradigan ustozlar kerak. Ularga yaxshi sharoit yasab berish kerak. 100 kishiga yaxshi sharoit tayyorlasak, ular 10,000 ta maktab, 100,000 o‘qituvchi uchun tayyor qo‘llanma beradi. Shunda biz ta’limni rivojlanishiga hissa qo‘lgan bo‘lamiz.
Xorij tajribasini o‘rganaylik, o‘zimizning fidoyi ustozlarimizni hamkorlikka chaqiraylik, ta’limni rivojlantirish osonroq bo‘ladi.
Nasib qilsa, aynan shu 100 ta ustoz 40-50 mln dan oylik oladi.
Kuningiz xayrli o‘tsin. Ta’limdagi o‘zgarish (reformalar) uning rostdan ham rivojlanishiga hissa qo‘shsin.
17.09.2025 London
@DrAlgorithm
BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tgoop.com/DrAlgorithm/907