tgoop.com/DrAlgorithm/889
Create:
Last Update:
Last Update:
Hujjat
Dastur ishlab chiqishda High-level design va Low-level design degan tushuncha bor. Ammo ko‘pincha biz to‘g‘ridan to‘g‘ri dastur yozishga o‘tib ketamiz. Design bo‘ladimi, requirement gathering bo‘ladimi, - bizga farqi yo‘q. Axir natija kod bo‘ladi-ku, baribir, - deb shartta kod yozib ketamiz.
Sababi nima ekan? - deb o‘ylab qarasam. Bizga kod yozish oson bo‘lgani uchun ekan. Kod kerakmi, kerak emasmi, ertaga tashlab yuboramanmi? - umuman farqi yo‘q.
Kod, kod, kod...
Lekin biroz tashqariga chiqib qaralsa, biz sevgan kodlash ishning 15% qismi bo‘lishini bilib qolamiz. Shunday, atigi 15%. Unda qolgan 85% qayerga ketadi?
O‘tgan safar talablarni o‘rganish (requirement gathering) haqida yozgan edim. U juda ko‘p ishni hal qiladi. Mijozning talablarini bilmasdan turib, ishni boshlab bo‘lmaydi. Birovning uyiga kelgan usta akalar: Sizga katta zal, 2 ta yotoqxona, yuvinish xonasi qurib beraman, - demaydi-ku.
Matematiklar aytganidek: Vazifaning berilishini tushunish, masala yechimining yarmi, - deb.
- Demak, talablarni bilib oldik, endi kodlashga o‘tib ketamizmi?
- Yo‘q!
- Nima uchun?
- Endi qanday qilib qilishni yozib chiqamiz.
Hujjat
Har bir kelishuv hujjat shakliga kelishi kerak.
Biz hujjat yozishni yoqtirmasligimiz mumkin. Lekin aynan vaqtida yozib qo‘yilgan hujjat bizni va biznesni salbiy holatlardan qutqarib qoladi. Chunki og‘zaki kelishuv ertaga o‘zgarib qoladi. Keyin o‘tiramiz:
- San nima deganding?
- Man nima degandim?
kabi.
Dastur ishlab chiqar ekansiz, doim hujjat yuriting. Shart emas hamma narsani yozib olib, keyin kodga o‘tish. Hujjat ham tirik narsa, vaqti o‘tishi bilan ko‘payib boradi. To‘ldirib boriladi. Lekin mavjud bo‘lishi kerak.
Har bir majlis vaqtida, biror yangi imkoniyat (feature)ni muhokama qilish vaqtida yozib boring. O‘zi hujjat yig‘ilib qoladi.
Rasm: Kembrij (Cambridge) universiteti markaziy kutubxonasi yo‘lagi.
Kuningiz xayli o‘tsin.
11.08.2025 London
@DrAlgorithm
BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tgoop.com/DrAlgorithm/889