Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3766 - Telegram Web
Telegram Web
O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi

Technovation Girls — O‘zbekistondagi eng yirik qizlar uchun mo‘ljallangan STEM dasturidir. Tanlovning final bosqichida 88 ta IT-loyiha taqdim etildi. Jamiyat uchun muhim ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan loyihalar mukofotlandi. Tanlovning texnologik hamkori — Yandex Uzbekistan.

Ko‘plab loyihalar sun’iy intellekt asosida yaratilgan
Dastur 12 hafta davom etdi va u dasturlash, UX-dizayn va biznes modellar bo‘yicha ta’limni qamrab oldi
Eng yaxshi jamoalar O‘zbekiston nomidan tanlovning xalqaro bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Bunday tashabbuslar qizlar o‘rtasida STEM qobiliyatlarini rivojlantirish va raqamli madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
18👍365😡2
⚡️Yaponlar barcha uchun mos keladigan sun’iy qonni yaratishdi — uni bemorning qon guruhidan qat’iy nazar quyish mumkin.

Sun’iy qon donorning muddati o’tgan qonidan gemoglobinni olish orqali ishlab chiqariladi. Gemoglobin himoya qobig’iga joylashtiriladi va unda antigenlari bo’lmagani sabab qon guruhi ham bo’lmagan barqaror va xavfsiz eritrotsitlar hosil qiladi.

Bunday qonni uy haroratida 2 yil saqlash mumkin, bu favqulodda inson hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

📟 DigiTech
23104👏58🤯26👍24🔥9🤝4💯3🎄3
⚡️Telegram katta yangilanishni chiqardi. Nimalar o’zgardi:

— ovozli xabarlarni kesish qo’shildi: buning uchun pauzaga qo’yib, kerakli joyini belgilash kifoya;

— suratlarni yuqori sifatda jo’natish: galereyadan rasmni tanlab, pastki qismida HD'ni belgilang;

— kanallar adminiga takliflarni yozish: administratorlar uning bepul yoki pullikligini belgilashi mumkin (har bir xabar uchun 10 000 stars'gacha);

— shuningdek, so’rovnomalardagi tanlov variantlari soni 10 dan 12 tagacha oshirildi.

📟 DigiTech
69👍45👏11🔥93🫡3🤯2😢1💯1
📚 Anthropic sun’iy intellekt bilan ishlash bo’yicha bepul kursni chiqardi — «AI Fluency» neyron tarmoqlardan foydalanish ko’nikmalaringizni maksimal darajada oshirishga yordam beradi.

Kurs tuzilishi:
• Promptlarni to’g’ri tuzish, yechimlarni qidirish va neyrotarmoqdan maksimal yaxshi natijani olish;

• Neyron tarmoqlarni o’z ishingizga integratsiya qilish;

• Kurs yakunida neyrotarmoqlardan maksimal unumli foydalanish uchun o’z «SI strategiyangizni» tuzishni o’rganasiz.


👉 Kurs ingliz tilida, o’rganish uchun havola.

📟 DigiTech
👍2812💯2🫡2🔥1
🧠 Olimlarning aniqlashlaricha, yarim tunda yoki kechroq uxlash odati kognitiv qobiliyatlarni pasayishiga olib keladi.

10 yillik tadqiqot davomida 23 800 ga yaqin ishtirokchi kognitiv testlardan o’tishdi. Tahlillarga ko’ra, yarim tundan keyin uxlashga yotadigan odamlarning miyasi o’z vaqtida uxlaydiganlarga qaraganda tezroq qariydi.

Bunga sabab, kechki payt tez-tez zararli mahsulotlarni iste'mol qilish va umuman kamroq harakatlanishdir. Kognitiv qobiliyatlarning pasayishiga yo’l qo’ymaslik uchun mutaxassislar to’g’ri kun tartibini o’rnatishni maslahat berishadi.

📟 DigiTech
👍6618🤯12💯6🫡5🔥4👏3😁3😢3
⚡️Startap uchun cheksiz g’oyalar: tadbirkor Greg Ayzenberg har kuni yangi biznes g’oyalarni generatsiya qiladigan Ideabrowser saytini ishga tushirdi.

Platforma talab, ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar va foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Biznes-reja raqobatni, xavflarni va loyihaning umumiy murakkabligini hisobga olib tuziladi.

👉 Sayt havolasi.

📟 DigiTech
45👍214🔥4👏1💯1
🚘 Volvo tana shakli va avariyalarga moslashuvchi «yangi avlod xavfsizlik kamari»ni yaratdi.

Texnologiya balandlik, og’irlik va o’rindiq holatini hisobga oladigan ko’plab datchiklar asosida ishlaydi, to’qnashuv sodir bo’lganda esa jarohatlar xavfini minimallashtirish uchun tanani ushlab turishga qancha kuch sarflanishi kerakligini bir zumda hisoblab chiqadi. Bunday kamarlar Volvo avtomobillarida 2026-yildan boshlab paydo bo’ladi.

Aytgancha, avtomobillardagi hozirgi kamarlarni ham Volvo muhandislari ixtiro qilishgan.

📟 DigiTech
👏9121👍19🔥10🤯4🫡31💯1
🧱 Nvidia g’isht sotishni boshladi (deyarli)

Turli sotuvchilardan takliflar to’plangan Nvidia Marketplace platformasida antiqa lot paydo bo’ldi: 0$ ga GeForce RTX 4040 BRICK Edition.

Yangi mahsulot 8 GB videoxotira bilan jihozlangan, lekin u qayerga o’rnatilgani noma'lum — bu nom ostida video karta emas, oddiy g'isht taklif etilmoqda. Barcha g’ishtlar allaqachon sotilib ketgan.

📟 DigiTech
😁10610👍7👏51🔥1😢1💯1
🎥 Los-Anjelesda «Matritsa» filmining maxsus qayta namoyishi bo’lib o’tmoqda.

Namoyish Las-Vegasdagi Sphere'ga o’xshash immersiv Cosm xonasida bo’lmoqda. Ushbu xonaning asosiy xususiyati immersiv effektni yaratuvchi ulkan yuqori sifatdagi LED displeydir.

📟 DigiTech
🔥45👍26154👏4💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ElevenLabs nutqni generatsiya qiluvchi o’zining eng kuchli modeli — Eleven V3 ni chiqardi. Unda yaratilgan ovozlar xuddi haqiqiy kabi eshitiladi, shuningdek, dialog funksiyasi paydo bo’ldi.

Endi matnli so’rovga qichqiriq, yo’talga o’tishni qo’shishingiz yoki suhbatning ohangini belgilashingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
1👏3715🤯9👍8🔥41😁1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Tom Kruz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmining so’nggi qismini suratga olish jarayonida yonayotgan parashyut bilan ketma-ket 16 marta sakradi — bu 62 yoshli aktyorning faoliyatidagi eng qiyin va xavfli tryuklaridan biri bo’ldi.

Parvoz paytida mato butunlay yonib ketdi va oxirida Tom Kruz zahiradagi parashyutni ochdi. Ideal kadrni suratga olish uchun u ketma-ket 16 marta sakradi, buning uchun uni hatto Ginnessning rekordlar kitobiga kiritishdi.

Aytgancha, kim filmni ko’rishga ulgurdi, fikringiz qanday?

📟 DigiTech
👏115🔥3928👍13🤯136😁4🤝2🎉1💯1
2025/07/12 22:07:29
Back to Top
HTML Embed Code: