Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3663 - Telegram Web
Telegram Web
⚡️SI yordamida bir necha soniyada jadvallar yaratamiz — bu neyrotarmoq Excel o’rnini bosa oladi.

• Istalgan hajmdagi jadvallarni, shuningdek, rasmlar, matnlar va havolalarni yaratadi.
• Endi formulalarni bilishingiz shart emas — neyrotarmoq har qanday ma’lumotlarni o’zi tahlil qiladi va kerakli amallarni bajaradi.
• Sun’iy intellekt barcha turdagi ma’lumotlarni, kompaniya nomlari, moliyaviy ko’rsatkichlar va hokazolarni internetdan qidira oladi. U barcha ma’lumotlarni darhol jadvalga to’playdi.

Juda tez ishlaydi va bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍64💯43🥰2👏2🤓2🤯1👨‍💻1😨1🫡1
🦷 Yuvilmagan tishlar yurakka zarar yetkazadi: olimlar milklarda yashovchi bakteriyalar aritmiya va hatto yurak xurujini keltirib chiqarishini aniqlashdi.

Bunga parodontitni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sababchidir. Ma’lum bo’lishicha, u qon oqimiga kirib, yurak fibrozini qo’zg’atishi mumkin — unda chandiq to’qimasi paydo bo’ladi, natijada bu aritmiya, yurak xuruji va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.

Buning yechimi — tishlarni muntazam ravishda yuvib yurish va vaqtida davolatish kerak.

📟 DigiTech
👍80👏98🔥7🫡7😨3😢2💯2🤓2🤝2🤯1
📱 Apple barcha iPhone 17 liniyasi narxlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu 2019-2020 yillardan keyingi birinchi yirik narx o’sishi bo’ladi.

Kompaniya narx o’zgarishini yangi funksiyalar va xususiyatlar bilan tushuntirishni o’ylamoqda. Lekin aslida sabab AQSh'ning savdo tariflarining oshishidir.

Narxlar qanchaga oshishi hozircha ma’lum emas. Joriy AQSh tariflariga asoslanib, bazaviy iPhone 799 dollardan 959 dollargacha ko’tarilishi mumkin.

📟 DigiTech
😡64😁40👍15🔥10👏75🤯4😢41😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kuchli SI agenti Manus endi barcha uchun mavjud — bu bitta vositada Cursor, Operator va Deep Research'dir.

— Manus tadqiqot olib borishi, hisobot tayyorlashi, dasturlashi va brauzerda qidirishi mumkin;
— U vazifalarni o’zi rejalashtiradi va bajaradi;
— Manus istalgan ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochib, uni faol boshqara oladi.

Undan bepul foydalanish mumkin, ro’yxatdan o’tilganda 1000 ta va harkuni qo’shimcha 300 ta token bepul beriladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍47🔥117👏52💯2👨‍💻1🤝1
⚡️Google 10 yilda birinchi bor, Amazon esa 20 yil deganda birinchi bor o’z logotipini o’zgartirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularni allaqachon «millionlab dollarlik eng bilinmas redizaynlar» deb atashmoqda.

Google'da G harfining ranglari gradientga o’zgartirildi. Amazon esa shriftni biroz yangilab «do’stona» va tabassumni «zamonaviyroq» qildi.

Amazon logotipini ushbu redizayni uchun taxminan 18 oy vaqt va 50 million dollar sarflagan.

📟 DigiTech
😁235👍36🔥9👏8🤔7😨7😡3🫡211💯1
📲 Google Android 16 ni namoyish etdi, bu so’nggi yillardagi eng katta redizayndir.

Dizayn yumaloqlashtirildi va kontrast ranglar, shuningdek, chiroyli animatsiyalar qo’shildi. Bundan tashqari, ko’plab elementlar kattalashtirildi, shu sabab «testerlar kerakli tugmalarni to’rt baravar tezroq topishgan».

Pixel'lar uchun reliz shu yilda bo’lishi va’da qilingan, ammo hozircha aniq sana yo’q.

📟 DigiTech
👍50🔥13👏5💯3🫡321👨‍💻1😨1
⚡️Steam katta xakerlik hujumiga uchradi — birdaniga 89 million akkaunt ma’lumotlari sizib chiqdi.

Machine1337 laqabli foydalanuvchi Darknet'da 89 mln akkauntlar ma’lumotlar bazasini atigi 5000 dollarga sotuvga qo’ygan. Valve allaqachon tekshiruvni boshlagan.

Ikki faktorli autentifikatorni yoqmagan akkaunt egalari xavf ostida bo’lishi mumkin. Agar siz uni yoqmagan bo’lsangiz, buni qilish vaqti keldi.

📟 DigiTech
👏57👍29🤯26😁9😢43🫡3💯21😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda butun tog’ tizmasi quyosh panellari bilan qoplandi — panellar kichik shaharchalik hududni egallaydi.

Guichjou provinsiyasidagi megastansiya taxminan 15 million kVt/soat energiya ishlab chiqaradi, bu deyarli 12 ming xonadonni elektr bilan ta’minlash uchun yetarli.

Butun vodiyni suratga olish uchun dronning hatto batareya quvvati yetmadi.

📟 DigiTech
👏102👍61🤯28🔥1253💯3😡3👨‍💻2🤝1
🖥️ LG ikkita alohida televizorga ajraladigan va umuman ramkalarsiz televizorni namoyish etdi.

U micro-LED matritsasiga ega, har bir panelning diagonali esa 22 dyuymdan. Chiqish sanasi yoki narxi haqida ma’lumot yo’q — bu hozircha faqat prototip.

📟 DigiTech
🔥58👍408👏5👨‍💻4💯2🤝21😨1
⚡️Olimlar insonni ko’rish qobiliyatini operatsiya va lazerlarsiz tiklashni o’rganishdi — Janubiy Koreyalik biologlar ko’z to’r pardasining nerv hujayralari regeneratsiyasini ishga tushiruvchi preparatni yaratishdi.

— Hamma gap ko’zning tiklanishiga to’sqinlik qiluvchi Prox1 oqsilida. Yangi preparat shu oqsilni bloklaydi va ko’zning regenerativ mexanizmlarini faollashtiradi.

— Preparat allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Prox1 bloklanishi ta’siri 6 oy yoki undan ko’proq vaqt saqlanib qoldi.
Odamlarda klinik sinovlar 2028-yilda boshlanadi.

Nimaga bu kashfiyot muhim? Dunyo bo’ylab taxminan 2,2 milliard odamning ko’rish bilan bog'liq muammolari mavjud. Ushbu preparat esa aksariyat odamlarning ko’rish qobiliyatini tiklashi mumkin.

📟 DigiTech
🔥85👍44👏265😇3🤝32😨1
🎵 Apple ish, dam olish va uyqu uchun 426 ta musiqalarni chiqardi. Musiqalar neyrobiologlar bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Har bir musiqaga miya ritmlari bilan sinxronlashadigan va kerakli faoliyatga moslashishga yordam beradigan maxsus chastotalar qo’shilgan.

Havola bo’yicha o’tib, ushbu musiqalarni bepul tinglashingiz mumkin. Apple Music obunasi talab etilmaydi.

📟 DigiTech
👍5518🤓8🔥6🤔6😡3🤝2🎄2👏1😢1
📱iPhone'ni smartfon 20 yilligi munosabati bilan katta redizayn kutmoqda. Apple butunlay ramkasiz qurilmani chiqarishi mumkin.

Insayderlarning yozishicha: iPhone'ning umumiy dizayni «butun shisha bo’lagi»ni eslatadigan bo’ladi. Old kamerani esa ekran ostiga yashirish rejalashtirilgan.

Bunday «iPhone 19» 2027-yilda namoyish etilishi mumkin. U bilan birga buklanadigan smartfonlarning ikkinchi avlodi ham chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍4437😁85🫡4🔥3👏2😢2💯2👨‍💻2🤝2
⚡️Saudiya Arabistonida dunyodagi birinchi shifokorlarsiz klinika ochildi. U yerdagi barcha shifokorlar SI bilan almashtirildi.

Bemorlar faqat planshetda «Doktor Hua» ga kelib, o’zlarining kasallik simptomlarini tasvirlashlari kerak. Chatbot bir nechta savol beradi va qanday davolanish kerakligini yozib beradi. Shuningdek, u yerda rentgen yoki EKG qilishlari va birinchi yordam ko’rsatishlari ham mumkin, lekin bu odamlar tomonidan amalga oshiriladi.

Doktor Hua ishining aniqligi 99,97% ni tashkil qiladi. Hozircha unga shamollash, tomoq og’rig’i va astma kabi oddiyroq 30 ta kasalliklar bilan ishlashga ruxsat berilgan.

📟 DigiTech
👍111😁30😡10🎉9🔥53👨‍💻3🫡32💯2😢1
🎥 Neo, Garri Potter va Betmen shampunlar va boshqa mahsulotlarni reklama qilishni boshlaydi: Warner Bros o’z film qahramonlari bilan reklama roliklarini suratga olish orqali pul ishlashga qaror qildi.

Ular faqat eng yaxshi brendlar bilan hamkorlik qilishga, shuningdek, haqiqiy aktyorlar bilan suratga olishga va’da berishmoqda. Bunday reklamalarni o’zlarining striming xizmatlari va telekanallarida — HBO, Discovery, Cartoon Network va boshqalarda namoyish etishmoqchi.

📟 DigiTech
😁100👍38🔥94👏4🤝3💯2🤯1🫡1😡1
2025/07/14 07:57:10
Back to Top
HTML Embed Code: