tgoop.com/DigiTechAI/3658
Last Update:
⚡️Olimlar insonni ko’rish qobiliyatini operatsiya va lazerlarsiz tiklashni o’rganishdi — Janubiy Koreyalik biologlar ko’z to’r pardasining nerv hujayralari regeneratsiyasini ishga tushiruvchi preparatni yaratishdi.
— Hamma gap ko’zning tiklanishiga to’sqinlik qiluvchi Prox1 oqsilida. Yangi preparat shu oqsilni bloklaydi va ko’zning regenerativ mexanizmlarini faollashtiradi.
— Preparat allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Prox1 bloklanishi ta’siri 6 oy yoki undan ko’proq vaqt saqlanib qoldi.
Odamlarda klinik sinovlar 2028-yilda boshlanadi.
Nimaga bu kashfiyot muhim? Dunyo bo’ylab taxminan 2,2 milliard odamning ko’rish bilan bog'liq muammolari mavjud. Ushbu preparat esa aksariyat odamlarning ko’rish qobiliyatini tiklashi mumkin.
📟 DigiTech
BY AI | DigiTech

Share with your friend now:
tgoop.com/DigiTechAI/3658