Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3788 - Telegram Web
Telegram Web
⚡️OpenAI o’zining eng aqlli SI modeli o3-pro'ni chiqardi. Yangi model barcha benchmark'larda raqobatchilardan ancha o’zib ketdi.

Barcha vazifalarda o3-pro oddiy o3 ga qaraganda 64% yaxshiroq natija ko’rsatdi. U matematikada, murakkab dasturlashda va yozuvchilikda juda kuchli. U internetdan ma’lumot izlaydi va fayllarni analiz qila oladi.

Hozircha ushbu model faqat pullik obunaga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.

📟 DigiTech
🔥4710👍10👏5🤯21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱iOS endi… Android — Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar yangi iOS 26'ni uning raqobatchisi Android operatsion tizimi bilan solishtirib ko’rishdi va juda ko’plab o’xshashliklarni topishdi.

📟 DigiTech
🔥80😁60👍126💯53🤯3👏1😡1
☕️ Starbucks dunyo bo’ylab sayohat qilib, qahva ichishga va bu haqda TikTok videolar olishga tayyor ikki kishini izlamoqda. Buning uchun yiliga 136 000 dollargacha maosh to’lashadi.

Kompaniya barcha parvozlar va o’z qahvaxonalariga tashriflarni to’lab beradi. «Ishchilar» Yaponiya, Italiya va Kosta-Rika'ga sayohat qilishadi.

Nomzodga qo’yiladigan minimal talablar: 18 yoshdan katta bo’lish, sayohat qilish uchun erkin grafikda bo’lish va trendlardan xabardor bo’lish.

📟 DigiTech
🫡70😡35👍24219😁5😢3🎄2🥰1😨1🤝1
⚡️HP va Google kompaniyalari videoqo‘ng’iroqlar uchun real suhbat effektini beruvchi «golografik 3D televizor»ni chiqardi.

Ko’plab datchiklar va kameralar tufayli uch o’lchamli tasvir yaratiladi va siz gaplashayotgan odam haqiqatan ham siz bilan bir xonada turgandek ko’rinadi: lekin buning uchun uning xonasida ham shunday qurilma bo’lishi kerak.

Narxi — 25 000 dollardan.

📟 DigiTech
53🔥19👍14😁9👏4👨‍💻42💯2🤝2
⚡️Odamlar filmlardagi kabi tez regeneratsiyaga ega bo’lishlari mumkin — olimlar allaqachon ilg’or texnologiya ustida ishlashmoqda va bunda aksolotllar yordam bermoqda.

• Aksolotllarda uzilgan oyoq-qo’llarning o‘sishiga mas'ul bo’lgan elementlar — retinoik kislota va Shox geni topildi. Retinoik kislota suyaklar, bo’g’imlar va mushaklarning qayta o’sishi uchun javobgardir.

• Ma'lum bo’lishicha, nazariy jihatdan bu genlarni odamlarga ham o’tkazish mumkin. Buning uchun bizda barcha kerakli hujayralar mavjud — bunday regeneratsiya ustida tadqiqotlar allaqachon boshlangan.

📟 DigiTech
🔥81👍2316😨11👏3🤔21
🚘 Xiaomi Porsche'dan yaxshiroq natija ko’rsatdi: SU7 Ultra elektrokari Nyurburgring trassasida jahon rekordini yangiladi.

SU7 Ultra aylanani 7:05. da bosib o’tdi. Avvalgi yetakchi Porsche Taycan Turbo GT natijasi 7:07 edi.

Trassaning eng uzun qismida SU7 Ultra 345 km/soat tezlikkacha chiqdi. Endi u rasman dunyodagi eng tezkor elektromobil hisoblanadi.

📟 DigiTech
👍90🔥2824👏145😁4🫡3💯2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Kun videosi: NASA astronavti Jonni Kim tomonidan XKS'dan olingan hayratlanarli taymlaps.

Juda go’zal manzara.

📟 DigiTech
8540🔥19👍13👏3💯3🎄2🤯1🎉1😇1🤝1
🚴‍♂️ Tadqiqot: Velosiped haydash demensiyani yo’q qiladi — kasalliklar xavfi 40% ga kamayadi. Oyoqlarda paydo bo’ladigan jismoniy kuchlanish miyaga qon oqimini oshiradi va kasalliklar xavfini kamaytiradi.

Velosiped haydash vaqtida odam xavflarni tushunib, miyasida marshrutni tuzadi shu sabab kognitiv qobiliyatlar bu vaqtda stimulyatsiyada bo’ladi, shuningdek, miyaning xotira va o’rganish uchun mas'ul bo’lgan qismi bo’lgan gippokamp ishlashi yaxshilanadi.

📟 DigiTech
🔥81👍1914👏4👨‍💻3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Dizaynerlar uchun topilma: deyarli 2000 ta bepul 3D-ikonkalar mavjud sayt.

Saytda har qanday loyiha uchun tayyor tasvirlar mavjud. Agar ularning hech biri mos kelmasa, ikonkalar generatsiya qilib beradigan neyrotarmoq ham mavjud.

👉 Sayt havolasi.

📟 DigiTech
👏4622👍13🔥124🫡2💯1🤝1
⚡️Mark Sukerberg 28 yoshli sun’iy intellektlar dahosi Aleksandr Vangni ishga olish uchun 15 milliard dollar sarfladi — Mark uning kompaniyasining yarmini faqat uni ishga olish uchun sotib oldi.

Endi u Meta'ning yangi laboratoriyasida super intellektni yaratish ustida ishlaydi.

Gigant korporatsiyalar orasida yangi trend: agar kerakli odamni ishga olisholmasa, uni kompaniyasi bilan sotib olish 😁

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁25640🔥19👍15👏118💯4🤯3👨‍💻2🫡2
📲 iOS 26'da notanish raqamlardan qo’ng’iroqlarga avtomatik javob berish funksiyasi qo’shildi: iPhone kim va nima uchun qo’ng'iroq qilayotganini so’raydi, so’ng ekranda sizga qo’ng’iroq mazmunini yozib beradi. Buning uchun qo’ng’iroqni ko’tarish shart emas.

📟 DigiTech
👏120👍32🤯2117🔥5😁5💯21🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Istalgan videoni deyarli sifatini buzmasdan hajmini 90% ga kichraytirib beradigan neyrotarmoq — Rotato.

— Undagi neyron tarmoq ideal hajmni kichraytirish parametrlarini avtomatik tarzda aniqlaydi;
— Bundan tashqari, u videolarni tezlashtirishi va kesishi mumkin;
— Bepul va ro’yxatdan oʻtmasdan foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍50225🤝5🔥4👏4😁2💯2
🧠 Tadqiqot: Uyqusizlik miyani tom ma'noda quritadi.

Olimlar muntazam uyqu buzilishi miyani tom ma'noda quritishini aniqlashdi: xotira, e'tibor va oriyentatsiya uchun mas'ul bo’lgan sohalar zarar ko’radi. Bu Altsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

Miyani bundan himoya qilishning yagona yo’li chuqur uyqudir. Ushbu bosqichda organizm tiklanish jarayonlarni boshlaydi, toksinlarni chiqarib tashlaydi va neyronlarni qayta ishga tushiradi.

📟 DigiTech
🔥62👍25😢1514💯1
2025/07/12 22:12:56
Back to Top
HTML Embed Code: