tgoop.com/CopyPaste/341
Last Update:
Charles Bukowskining shu filosofiyasini judayam ko’p muhokama qilaman va hurmat qilaman. Vaqtingiz bo’lganda mulohaza qilish uchun yaxshi fikr.
“The whole problem with the world is that fools and fanatics are always certain of themselves, but wiser people so full of doubts”
Shuning uchun inson doim adashadi hamma joyda. Xattoki sohasida 10 yillab tadqiqot o’tkizgan olimlar ham o’z fikrlarini inkor qiladi. Ammo qizig’i shundaki, ular (aqlli insonlar) hozirgi aytayotgan fikrlari vaqti kelib noto’g’ri bo’lishi mumkin ekanini ham tan oladi. Chunki bilganlarimiz doim chegaralangan. Demak hech qachon fikrlarida 100% to’liq ishonch bilan tura olmaydi. Lekin yoshligimizdan bizga o’z fikringda doim qat’iy tur, doim to’g’ri deb bil deb o’rgatishgan. To’g’ri, judayam keng va mavhum tushuncha. Ammo og’riqli haqiqat ham shunda.
P.S: Rasmda aroqxo’r Bukowski va baxtsizligi tasvirlangan
#mulohaza
BY Copy & Paste
Share with your friend now:
tgoop.com/CopyPaste/341