tgoop.com/CSS_bilan/328
Last Update:
No Code
6 yil oldin AQShda global trend vujudga keldi — «No Code», ya'ni, kodsiz dasturlash. No Code ma'lum bir platforma yoki bir nechta texnologiyalar yig'ilmasi ko'rinishida bo'lib, u dasturlashni bilmasdan turib, web-saytlar, mobil ilovalar, CRM tizimlar va internet do'konlar yaratishga yordam beradi.
No Code platformalar yordamida siz kod yozishni umuman bilmasdan turib, to'laqonli web-mahsulotlar yaratishingiz mumkin, va bu usul dasturlashga qaraganda 3-4 barobar tezroq hamda arzonroqdir.
No Code ning yaqqol namoyondasi sayt qurishga mo'ljallangan Bubble platformasi hisoblanadi. U Drag&Drop texnologiyasi yordamida sahifaga deyarli barcha elementlar: video, rasm, matn, ikonkalar, xarita va knopkalarni qo'shish va ularni xohlagan nuqtaga siljitish imkonini beradi.
Kodsiz web-ilovalar yaratish imkonini beradigan ko'proq servislar kerakmi? Unda The Home of No-Code — https://nocode.tech loyihasi bilan tanishing. Dizayn, dasturlash, avtomatlashtirish, marketing, PR, rezyume va portfolio konstruktorlari, video va foto muharrirlar va hokazo bo'limlarga ajratilgan 250 dan ortiq turli servislarni o'zida mujassamlashtirgan ushbu loyiha sizga albatta yordam beradi.
BY CSS bilan
Share with your friend now:
tgoop.com/CSS_bilan/328