tgoop.com/Buvaydaaxborotxizmati/17147
Last Update:
Beshterak MFYda gulchilik rivoj topmoqda
Buvayda tumani Beshterak MFYda yashovchi Muxtorov Mardonbek aka xonadonida gul yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Hozirda u yerda 35 xil gul ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.
Qizig‘i shundaki, xonadon tomida ham gul o‘stiriladi. Bir qarich bo‘sh joy ham yo‘q – hamma yerda rang-barang gullar barq urib o‘sib turibdi. Ushbu mehnatsevarlik natijasida bir mavsumda 150 million so‘m daromad olinmoqda.
Bu nafaqat oilaviy daromad manbai, balki go‘zallik va tabiatga bo‘lgan mehrning yorqin namunasi hamdir. Muxtorov Mardonbek akaning bu tajribasi tumandagi boshqa fuqarolar uchun ham o‘rnak bo‘lishi shubhasiz.
Buvayda tuman hokimligi
Axborot xizmati⬇️
https://www.tgoop.com/+KAbEvOZiupA5N2Yy
BY Buvayda tuman hokimligi| rasmiy kanali
Share with your friend now:
tgoop.com/Buvaydaaxborotxizmati/17147